Mirziyoyev “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.
Qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Davlat chegarasini kesib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:
quruqlikda, chegara darolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida;
samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida.
Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:
belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;
transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qo‘shimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;
xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;
suzish vositalarining chegara darolariga, ko‘llariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.
Xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga o‘tkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar Chegara qo‘shinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0