Yangi yil tadbirlarida taxminan 300 ming nafar fuqaro qatnashishga ulgurdi — IIV

© Sputnik/Abdubakir YunusovNovogodnee nastroyenie v Tashkente
Novogodnee nastroyenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2023
Obuna bo‘lish
Bugunga qadar respublikaning 248 ta joylarida yangi yil bayram tadbirlari o‘tkazildi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tayotgan Yangi yil tadbirlarida taxminan 300 ming nafar fuqaro qatnashdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.
“Asosiy tadbirlar 28-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, bugunga qadar respublikaning 248 ta joylarida yangi yil bayram tadbirlari o‘tkazildi va unda taxminan 300 ming nafar fuqarolar qatnashdi”, — deya qayd etdi Muzifa Sultonova.
Bayram tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun jami 17 573 nafar kuch-vositasi safarbar etildi.
“11 474 nafari IIV, 3 925 nafari Milliy gvardiya va 2 174 nafari FVV xodimi va harbiy xizmatchilaridir. Ularga 5 878 ta aloqa vositalari va 1 677 ta avtotransport, 2 903 ta metallodetektor hamda 280 bosh xizmat itlari ajratildi”, — dedi u.
Quyidagilar amalga oshirildi:
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar atrofiga videokameralar o‘rnatildi. Ular monitoring markazlariga integratsiya qilindi.
Bayram tadbiri o‘tkaziladigan joylarda adashib qolgan yosh bolalarni vaqtincha saqlash uchun xonalar tashkil etildi. Ularga inspektor-psixologlar biriktirildi.
Muayayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning 425 nafari Reabilitatsiya markazlariga, 5 nafari esa Mehr-sahovat uylariga joylashtirildi.
Bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda elektr-energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlarning tunu-kun navbatchiligi tashkil etilgan.
Shuningdek, “Prezident archasi” hamda “Yangi yil bayrami” tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini ta’minlashga 2 325 nafar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari safarbar etilgan.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 282 ta avtoturargoh tashkil etildi.
Novogodnie yolki Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Toshkentda Yangi yil archa bayramlari qayerda o‘tkaziladi — sana, vaqt va manzillar
Yangiliklar lentasi
0