O‘zbekistonda baliqchilik sanoati: 2023-yil yakuni va 2024-yil uchun istiqbolli rejalar

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishOtlov ribi v ribnom xozaystve "Volma"
Otlov ribi v ribnom xozaystve Volma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
2024 yilda baliq ovlash hajmini 900 ming tonnaga, intensiv usulda baliq yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar sonini 9 ming taga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda 5775 ta baliqchilik xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ulardan 5600 tasi sun’iy suv havzalarida (63 ming gektar) va 175 tasi tabiiy suv havzalarida (537 ming gektar) joylashgan. Bu haqda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Uyushmada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishni tartibga soluvchi qator muhim qarorlar qabul qilingani, soha vakillari har tomonlama qo‘llab-quvvatilayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, Rossiya, Xitoy, Vyetnam, Eron, Vengriya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda imtiyozlar berilmoqda, innovatsion va intensiv texnologiyalar joriy etilmoqda.
Sovuq suv balig‘i turlarini (gulmohi, bakra, losos) yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni 24 taga yetdi. Bu borada 5 ta loyiha amalga oshirilib, 1,2 ming tonna yangi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi uyushma.
O‘tgan yili mazkur sohadagi inkubatsiya sexlarining umumiy soni 113 taga yetdi. 270 gektar maydonda naslchilik hovuzlari ishga tushirildi.
1 gektarga intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmi 3-4 barobar oshdi (jami 8 ming gektardan ortiq maydon faollashtirildi).
Umumiy qiymati 712 milliard so‘mlik 241 ta hududiy loyihaning ishga tushirilishi 2500 yangi ish o‘rnini yaratish imkonini berdi.
Sohada ilm-fanni rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Namangan davlat universiteti qoshida baliq kasalliklari va suvning biokimoviy tarkibini tahlil qilish uchun "Ixtiopatologiya" laboratoriyalari ochildi. Vengriya va Niderlandiyadan zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirildi.
Bugungi kunga qadar mamlakatdagi baliqchilik korxonalarining 240 nafardan ortiq rahbar va xodimlari malaka oshirish kurslarini tamomladi.
Prezident qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida baliq yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun aholi va tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratilishi belgilab berildi.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yilda baliq ovlash hajmini 900 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Aholi tomonidan baliq yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar soni esa 9 ming taga yetkazilib, ular tomonidanintensiv usulda
10 ming 900 tonnagacha baliq yetishtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2023-2024 yillarda chorvachilik va baliqchilik, shuningdek, qirg‘oq turizmini tashkil etish rejalashtirilgan suv omborlari ro‘yxati tuzildi.
“Suv omborlari, darolar va boshqa turdagi suv havzalari yaqinida O‘zbekiston aholisi va xorijliklarga 40 ga yaqin turistik xizmat tashkil qilingan. Shuningdek, respublikadagi naslchilik qiymati past va doimiy ixtiofauna mavjud bo‘lmagan 264 ta tabiiy suv omboridan 186 tasi samarali foydalanish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi”, — dedi "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi matbuot kotibi Zilola Ro‘ziyeva.
Shuningdek, uyushmada ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan o‘tgan yilning 1-oktabridan boshlab davlat sektoriga qarashli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) davlat mulki bo‘lgan suv obyektlarini E-Auksion – onlayn elektron savdo platformasi orqali tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berishni boshlagan.
2024 yilda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar qatorida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan:
yangi turdagi baliqlarni ko‘paytirish sohasida ilmiy yondashuv;
sanoatga investitsiyalarni jalb qilish;
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sohani raqamlashtirish
Jumladan, Vengriyaning baliqchilik ilmiy-tadqiqot markazi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida “Naslchilik markazi” tashkil etish ko‘zda tutilgan. Loyiha Vengriya sazanini O‘zbekiston sharoitiga iqlimlashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, loyiha doirasida hozirda Vengriya genofondining naslchilik markazida parvarishlanayotgan 10 dan ortiq turdagi karpbaliqlari bosqichma-bosqich olib kelinadi. Bu nasldan tabiiy-iqlim sharoitlariga yuqori moslashuvchan turlarni tanlab olish va naslchilik ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Ayni paytda janubiy koreyalik mutaxassislar bilan O‘zbekistonda sanoat miqyosida krevetka yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Barcha tadqiqot ishlari yakunlangach, ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi tashkil etish rejalashtirilgan.
Riba, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Yetishtirilayotgan baliq turlari 15-20 taga yetkaziladi
Yangiliklar lentasi
0