O‘zbekistonda Bollivud filmlarini suratga olish kutilmoqda

© Depositphotos.com / PakhayOperator s kameroy vo vremya syemki
Operator s kameroy vo vremya syemki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Obuna bo‘lish
Hindistonlik ijodkorlar O‘zbekistonda suratga olish mumkin bo‘lgan joylarni o‘rganadi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonda hind filmlarini suratga olishni boshlash rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Osiyo kino va televidenie akademiyasi huzuridagi Media va san’at universiteti asoschisi va rektori Sandip Marva bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlarni birgalikdagi o‘quv dasturlari doirasida qamrab olish, taniqli o‘zbek va hind san’at va kino ustalari ishtirokida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish manfaatli ekani aytildi.
“Ikki xalqning yaqin urf-odatlari, qadriyatlari va an’analaridan kelib chiqib, birgalikda badiiy filmlar suratga olish, televizion ko‘rsatuvlar tayyorlash, qo‘shma musiqiy kliplar suratga olish o‘zaro anglashuv va madaniyatlararo almashinuvga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Sandip Marva "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tgan muzokara va muloqotlar chog‘ida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilingani va hozir ularni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
“Uchrashuvda joriy yil hindistonlik taniqli kino produserlari va ssenariynavislarining O‘zbekistonga ijodiy safarlarini tashkil qilish, yangi kinoasarlar loyihalarini tayyorlash va ularni suratga olish mumkin bo‘lgan maskanlarni o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deya qo‘shimcha qilindi xabarda.
Men o‘zbek filmida rol ijro etishga tayyorman - Mithun Chakraborti bilan intervyu
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston, Rossiya va Hindiston birgalikda “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmining zamonaviy talqinini yaratishi haqida ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0