Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv qanday o‘tdi?

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyeyevim.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyeyevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozonga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi prakticheskoy realizatsii dogovorennostey na visshem urovne
Lideri Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi prakticheskoy realizatsii dogovorennostey na visshem urovne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Shuningdek, davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
"Tovar ayirboshlashning ijobiy sur’ati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan. Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
Toshkent va Jizzax viloyatlarida "Ximgrad" industrial texnoparklari muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0