Misrlik sarmoyadorlar Samarqandda sayyohlik majmuasi quradi — tafsilotlar

© Sputnik / Aktan TemirkanovSobornaya mechet Bibi-Xanim musulmanskoe kultovoe soorujenie v Samarkande
Sobornaya mechet Bibi-Xanim musulmanskoe kultovoe soorujenie v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2024
Obuna bo‘lish
Sarmoyadorlar Urgut tumanida dor yo‘li, mehmonxona va sanatoriy qurmoqchi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Misrlik sarmoyador Samarqandda sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchixonasida "Arab Nihol Investors" qo‘shma korxonasi ta’sischisi, misrlik yirik tadbirkor Ahmad Zeydan bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati Urgut tumanining tog‘ oldi hududida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari haqida so‘z bordi.
© IA "Dunyo"Posolstve Uzbekistana sostoyalas vstrecha s osnovatelem uzbeksko-yegipetskogo sovmestnogo predpriyatiya "Arab Nihol Investors"
Posolstve Uzbekistana sostoyalas vstrecha s osnovatelem uzbeksko-yegipetskogo sovmestnogo predpriyatiya Arab Nihol Investors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2024
“Muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni O‘zbekistonning mutasaddi tashkilotlari bilan muhokama qilish maqsadida alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Sayyohlik majmuasini uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda sim yo‘li quriladi. Shundan so‘ng 100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona barpo etiladi. So‘nggi bosqichda esa 100 o‘rinli sanatoriy qurilishi mo‘ljallanmoqda. Majmua to‘liq ishga tushgach, 500 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
18 mln dollarlik dor yo‘li qurilishi;
32 mln dollarlik 100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona qurilishi;
50 mln dollarlik 100 o‘rinli sanatoriy qurilishi.
Qayd etilishicha, loyihani to‘liq amalga oshirish uchun yana 1000 gektar yer kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston va Misr bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2024
Misr kompaniyasi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0