“Lazgi – Muhabbat va qalb raqsi” spektakli Ozarbayjonda namoyish etildi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevBalet Lazgi na ssene Bolshogo teatra v Moskve.
Balet Lazgi na ssene Bolshogo teatra v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Obuna bo‘lish
Boku shahrida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochiladi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. “Lazgi – Muhabbat va qalb raqsi” spektakli Ozarbayjonda namoyish etildi deb yozmoqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, bugun Boku shahrida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochiladi.
Lekin O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishuv kecha, Ozarbayjonda birinchi marta namoyish etilayotgan “Lazgi – Muhabbat va qalb raqsi” spektaklidan boshlangan edi.
“San’at insonlarni yanada yaqinlashtirish, ularni hamfikr qilish hamda go‘zallikning yangi qirralarini kashf etish qudratiga ega va bu meni doim hayratga soladi. Lazgi raqsi insonlarni birlashtiruvchi, ilhom bag‘ishlovchi, vaqt va makon chegaralarini tan olmaydigan ana shunday kuchga yaqqol misoldir”, — deb yozadi Mirziyoyev o‘zining Telegram-kanalida.
Milliy “Lazgi” baleti Moskvani zabt etmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Milliy "Lazgi" baletining Moskva premyerasi qanday o‘tdi — video
Yangiliklar lentasi
0