Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlari strategik sohada ilmiy-texnikaviy hamkorlikni chuqurlashtiradi

© Foto : YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2024
Obuna bo‘lish
“Mis 2024” sanoat konferensiyasining asosiy materiallari Armaniston, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonda mis sanoatini rivojlantirish xususiyatlari, shuningdek, yashil texnologiyalarda misdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’ruzalar bo‘ldi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat bloki vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan “Noyob va nodir yer metallari 2024” III sanoat konferensiyasi va “Mis 2024” sanoat konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hamda uchinchi davlatlar, jumladan, Afrika va Osiyo mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘istonda ushbu metallar konlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari, jumladan, respublikadagi sanoat loyihalariga sarmoya kiritishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’ruza anjuman ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.
Mamlakatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun Qozog‘istonda noyob va nodir yer metallari sanoat assotsiatsiyasini yaratish taklif etildi.
“Mis 2024” sanoat konferensiyasining asosiy materiallari Armaniston, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonda mis sanoatini rivojlantirish xususiyatlari, shuningdek, yashil texnologiyalarda misdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’ruzalar bo‘ldi.
Tadbirlar yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar YeOII kooperatsiya salohiyatini hisobga olgan holda sohada ilmiy-texnikaviy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0