Hamma halok bo‘ladi. AQShda Fransiya armiyasini Ukrainaga yuborish ssenariysi oshkor qilindi

© AP Photo / Vadim GhirdaFransuzskie voyennoslujashie vo vremya sovmestnix franko-amerikanskix ucheniy na poligone v Kapu Midiya, na beregu Chernogo morya, Ruminiya, 9-fevralya 2023 g.
Fransuzskie voyennoslujashie vo vremya sovmestnix franko-amerikanskix ucheniy na poligone v Kapu Midiya, na beregu Chernogo morya, Ruminiya, 9-fevralya 2023 g.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Beshinchi respublika Sharqiy Yevropa davlatida katta jangovar kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli tayyorgarlik va resurslarga ega emas.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Fransiya armiyasi Ukrainaga joylashishga urinayotganda kuchli zarbalarga duchor bo‘ladi, dedi amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritter Through the eyes of YouTube kanalidagi efirda.
“Agar bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa (Parij tomonidan intervensiya - muharrir eslatmasi), ular haqiqatan ham o‘z joniga qasd qiladilar, chunki bu ularning oxiri. Rossiya ularni yo‘q qiladi. U Ruminiya va Polshaga hujum qilmaydi, balki Ukrainada fransuz harbiylarini yo‘q qiladi”, - deya bashorat qildi mutaxassis.
Uning baholashiga ko‘ra, Beshinchi respublika Sharqiy Yevropa davlatida katta jangovar kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli tayyorgarlik va resurslarga ega emas.
Fevral oyi oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij Rossiyaning “bu urushda g‘alaba qozonmasligi” uchun hamma narsa qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishishning imkoni bo‘lmagan. Keyinchalik bu bayonotlari uchun keskin tanqidga uchragan siyosatchi o‘z so‘zlarini diqqat bilan o‘ylangan deb atadi. U, shuningdek, Parijning Kiyevga yordam berish masalasida "chegara va qizil chiziqlar"ga ega emasligini ta’kidladi.
Makronning bayonotlarini sharhlar ekan, Kreml bunday rivojlanish muqarrar ravishda Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishidan ogohlantirdi.
Fransuzskie voyennoslujashie vo vremya sovmestnix franko-amerikanskix ucheniy na poligone v Kapu Midiya, na beregu Chernogo morya, Ruminiya, 9-fevralya 2023 g.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada “Fransiya legioni”ni nima kutmoqda — ekspert taxmini
Yangiliklar lentasi
0