Putindan qo‘rqishdi. Kiyevda G‘arb Zelenskiy taqdiri bo‘yicha nima qarorga kelgani oshkor etildi

© OZAN KOSEPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
"Strana.ua": G‘arb Zelenskiyning Ukrainadagi qonuniyligini muhokama qilishni taqiqlashi mumkin edi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. G‘arb may oyida prezident Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati tugaganidan keyin ukrainalik siyosatchilarga uning qonuniyligini muhokama qilishni taqiqlashi mumkin edi. Bu haqda Ukrainaning "Strana.ua" nashriga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.

"Ehtimol, hamkorlarimizdan hozir "qayiqni silkitish" istalmaganligi haqida signal kelgandir. Bu voqea (Rossiya prezidenti Vladimir – Tahr.) Putin Ukrainaga harbiy bosimni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan bir paytda siyosiy beqarorlik xavfini tug‘diradi”, - deb tushuntirdi kiyevlik siyosatshunos Andrey Zolotarov nashrga.

Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiyning qonuniyligi haqidagi munozaralarning susayishi nafaqat G‘arbning qarori bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, balki, Ukraina Qurolli kuchlarining iste’fodagi bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning siyosiy passivligi bilan ham, u hozirgi prezidentga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlamadi.
Nashrning Kiyevdagi siyosiy doiralardagi manbasi siyosatshunosning ikkala versiyasini tasdiqladi, biroq Zelenskiy atrofidagi xotirjamlik uzoq davom etmaydi, degan fikrni bildirdi.
“Ko‘pchilik hozirgi holat va prezidentdan qoniqmayapti, mamlakatdagi va frontdagi vaziyat yaxshilanmayapti. Shu bois hozir biz ichki siyosiy hayotning vaqtinchalik barqarorlashuvini kuzatmoqdamiz”, — dedi u.
Yangiliklar lentasi
0