ShHT MATT terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda o‘z samarasini ko‘rsatdi – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey planov po razvitiyu i povisheniyu kachestva shkolnogo obrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey planov po razvitiyu i povisheniyu kachestva shkolnogo obrazovaniya
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari MATTning huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
TOShKENT, 29-mart — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qo‘mitasi qisqa vaqt ichida terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda o‘z samarasini ko‘rsatdi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHT MATT Kengashining 41-majlisi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatnomasida.
“ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi qisqa vaqt ichida yovuzlikning uchta kuchiga qarshi kurashda ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishga ko‘maklashish va bir qator masalalarni hal etishda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi”, - deyiladi murojaatnomada.
Prezident murojaatnomasini O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov o‘qib eshittirdi.
Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekiston ko‘p tomonlama hamkorlik, terrorizm, ekstremizm, separatizm va terrorizmga qarshi kurashishning o‘ziga xos platformasi sifatida MATT rolini yanada oshirish va faoliyatini kengaytirishga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
O‘zbekiston rahbari "MATTning huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish”, shuningdek, uning barcha ishtirokchilari tomonidan “paydo bo‘layotgan xavf-xatarlarni oldindan ko‘rish va ularga tezkorlik bilan javob berish hamda farovon hayotni ta’minlash maqsadida umumiy tadbirlar o‘tkazishni” ustuvor yo‘nalish deb atadi”.
ShHT MATT Kengashi majlisida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning vakolatli organlari delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0