Jang maydonida g‘alaba qozona olmagan Ukraina terrorchilik yo‘liga o‘tdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishTablichka na zdanii Slujbi bezopasnosti Ukraini
Tablichka na zdanii Slujbi bezopasnosti Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2024
Obuna bo‘lish
Buni Ukraina Xavfsizlik organlari vakillari yetakchi G‘arb OAVlariga bergan intervyusida tan olgan.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ukraina jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini tan oldi va shu sababli Rossiya ichida teraktlar uyushtirishga kirishdi, dedi Ukraina Harbiy ravedka vakili "The Guardian" nashriga bergan intervyusida.

“Bosh razvedka boshqarmasi Ukraina jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini tan oldi, shuning uchun maxsus xizmatlar Rossiyada teraktlar uyushtirish uchun diversantlarni jalb qilmoqda”, - dedi Ukraina harbiy razvedkasi vakili Vadim Skibiskiy Britaniya nashriga.

Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina qurolli kuchlarida o‘q-dorilar, ishchi kuchi va taktik aviatsiya yetishmaydi.

"Kiyevning dushman chizig‘i orqasida joylashgan nishonlarni nishonga olishdan boshqa iloji yo‘q", - dedi u.

Skibiskiy shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasida Rossiya neft zavodlariga hujum qilishda yordam bergan agentlarning to‘liq ro‘yxati borligini aytdi. Ular orasida kelib chiqishi Ukrainadan bo‘lgan ruslar, shuningdek, pul evaziga jinoyat qilishga rozi bo‘lganlar ham bor.

Bir kun avval Ukraina Xavfsizlik kengashi Britaniyaning "The Times" nashriga ular turli etnik guruh vakillari niqobi ostida Rossiya Telegram chatlariga kirib, ularni bir-biriga va Rossiya jamiyatiga qarshi qayraganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olgan edi.

Bugun esa Ukrainaning Tojikistondagi elchixonasi Rossiyada yaqinda boshlanishi kutilayotgan ommaviy migrantlarga qarshi reydlar haqida ma’lumot tarqatdi.
Elchixona bu xabarni Qirg‘iziston OAViga asosan joylashtirgan. Vaholanki, ushbu OAV Qirg‘izistonda yaqinda “jamoat fikrini manipulyatsiya qilishga urinish”da ayblanib bloklangan edi.
Gossekretar SShA Entoni Blinken - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2024
Birorta ham amerikalik askar Ukraina tuprog‘ida bo‘lmaydi — Blinken
Yangiliklar lentasi
0