Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDorojniy znak na meste avarii
Dorojniy znak na meste avarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Kecha, 3-aprel kuni soat 17:00 larda “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lida “Toyota-Alphard” rusumli avtomobil hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida “Toyota-Alphard” rusumli avtomobilda bo‘lgan jami 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Shuningdek, barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog‘istonning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlamoqda. Holat alohida nazoratga olingan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi raqam bo‘yicha murojaat qilish mumkin: +7 (729) 277-71-17.
Yangiliklar lentasi
0