Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon uchrashdi — qanday masalalar muhokama etildi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Dushanbedagi “Qasri Millat” davlat qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Qayd etilishicha, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
“Yetakchilar Markaziy Osiyoning manfaatlarini ilgari surish va uning barqaror taraqqiyotini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilishlarini tasdiqladilar”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish ekani ta’kidlandi.
Shu ma’noda, ittifoqchilik munosabatlarining salohiyatini ro‘yobga chiqarish barcha darajalardagi muloqotlar natijadorligini oshirishni taqozo etishi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
“Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi birodar xalqlarimizning tub manfaatlariga to‘liq mos keladi”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Aytilishicha, oxirgi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 40 barobar o‘sdi. Qo‘shma korxonalar soni 15 barobar ko‘paydi.
Savdo, energetika va do‘stlik: O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlariga nazar
Hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish, shu jumladan o‘zaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish, chegaraoldi savdo zonalarini tezkor ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Uning yakunida yangi kooperatsiya loyihalari va savdo shartnomalarining katta portfeli shakllantirildi. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlaridagi o‘zaro manfaatli loyihalar shular jumlasidan.
Tomonlar kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarni ham belgilab olishdi. Shu maqsadda qo‘shma Investitsiya kompaniyasining salohiyatidan foydalaniladi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. Kinotomoshalar, konsertlar, spektakllar, ko‘rgazmalar va yoshlar forumlari muntazam o‘tkazilishi ta’kidlandi. Ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, hamonbop turizm dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.
Davlat rahbari prezident Emomali Rahmonni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirishdi.
© Press-slujba Prezidenta TadjikistanaO‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
Peregovori prezidentov Tadjikistana i Uzbekistana v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
"Bugun imzolanayotgan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani amalga oshirish uchun barcha darajalarda – parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy idoralar, vazirlik va hududlar o‘rtasidagi muloqotlar samaradorligini oshirish lozim”, — dedi davlat rahbari.
Suvdan foydalanish masalalarida konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Mirziyoyev hududlararo hamkorlik uchun katta salohiyatdan samarali foydalanish, tashrif doirasida erishilgan bitim va kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Peregovori prezidentov Tadjikistana i Uzbekistana v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev
“Transport va tranzit tashishlar sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Prezidentlar bu borada o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish hamda havo va temir yo‘llari orqali tashishlarni rivojlantirish, tranzit yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishni qo‘llab-quvvatladilar”,— deyiladi xabarda.
Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga ahdlashib olishdi.
“Zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishda yaqin aloqalarni davom ettirish, Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. Mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorlik bildirildi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash hamda erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga topshiriq berishdi.
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda
Yangiliklar lentasi
0