YeOII va Xitoy temiryo‘l tashuvlari sohasida kelishib oldi

© YeEKYeAES i Kitay dogovorilis razvivat j/d perevozki
YeAES i Kitay dogovorilis razvivat j/d perevozki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2024
Obuna bo‘lish
YeOII va XXR o‘zaro savdoda temiryl tashuvlarining samaradorligini oshirishga, sohada hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. YeOII va XXR orasida tovar ayirboshlash ildam rivojlanmoqda, dedi YeIK Savdo vaziri Andrey Slepnev XXRning Tijorat vaziri o‘rinbosari Li Fey bilan 19-aprel kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
“Hozirgi kunda ittifoqimiz mamlakatlari bilan XXR o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajada bo‘lib turibdi, buni tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb chorakga oshdi”, — dedi Slepnev.
Uchrashuvda shuningdek, temiryo‘l tashuvlarini qog‘ozsiz texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarni imzolashni tezlashtirishga kelishib olishdi.
Undan tashqari texnik tartibga solish, bojxona va sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini YeOIIdan Xitoyga temir yo‘l orqali jadal tashish, Agroekspress loyihasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tashrif doirasida YeIV vaziri “Xitoy temir yo‘llari” davlat kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi, u yerda uning bosh direktori Guo Chjuse bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0