Dubayda kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli aeroportda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

© IA "Dunyo"Grajdanam Uzbekistana, zastravshim v aeroportu Dubaya, okazana pomosh
Grajdanam Uzbekistana, zastravshim v aeroportu Dubaya, okazana pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2024
Obuna bo‘lish
Noqulay ob-havo sababli aeroportda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga Bosh konsulxona tomonidan oziq-ovqat va boshqa turdagi zarur mahsulotlar tarqatildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Joriy yilning 16-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli jala quyishi, suv toshqini yuz berishi oqibatida Dubay xalqaro aeroporti o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Ta’kidlanishicha, xalqaro aeroport hududi va uchish-qo‘nish yo‘laklari suv ostida qolgani tufayli ichki va xalqaro samolyotlar parvozi kechiktirildi yoki to‘xtatildi. Ayrim samolyotlar Amirliklarning boshqa aeroportlariga yo‘naltirilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Dubay xalqaro aeroportida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida aeroportda bo‘lishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 16-aprel kuni "Dubay – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirishi kerak bo‘lgan "Centrum Air" aviakompaniyasi samolyotining uchishi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan. Ushbu holat natijasida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari 1 kun davomida Dubay xalqaro aeroportining kutish zalida qolib ketgan.
Ularni O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq masalalarni o‘rnatilgan tartibda hal etish maqsadida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan Airways" va "Centrum Air" aviakompaniyalari vakillari Dubay xalqaro aeroporti mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida "Centrum Air" kompaniyasi yo‘lovchilari bo‘lgan o‘zbekistonliklarni "Uzbekistan Airways" kompaniyasi samolyotida O‘zbekistonga jo‘natish to‘g‘risida kelishib olindi. Shu tariqa, "Dubay-Toshkent" yo‘nalishidagi samolyot 17-aprel kuni soat 22:30 da O‘zbekistonga uchib ketdi.
Shuningdek, noqulay ob-havo sababli aeroportda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga Bosh konsulxona tomonidan oziq-ovqat va boshqa turdagi zarur mahsulotlar tarqatildi.
Yangiliklar lentasi
0