Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin?

© Depositphotos.com / Photographee.euDve jenskie ruki radom s lekarstvami
Dve jenskie ruki radom s lekarstvami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2024
Obuna bo‘lish
Zararsizdek ko‘ringan ba’zi odatlar saraton rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, saraton dunyo bo‘ylab o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biri sanaladi.
Masalan, 2020-yilda saratondan 10 million nafarga yaqin inson olamdan o‘tgan yoki har olti o‘limning biri shu xastalikka to‘g‘ri kelgan. Saratonning eng keng tarqalgan turlari ko‘krak bezi, o‘pka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak va prostata bezi saratonidir.
Bir qarashdan zararsizdek ko‘ringan ba’zi odatlar saraton rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Masalan:
Surunkali kasalliklarga e’tiborsiz bo‘lish
Surunkali yallig‘lanish o‘choqlari (masalan, ichakdagi koliti) saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday kasalliklar hujayralarning g‘ayritabiiy o‘sishi va bo‘linishiga, shuningdek ularning mutatsiyasiga sabab bo‘lishi, bu esa saratonni paydo qilishi mumkin. Bundan tashqari, yallig‘lanish jarayonlari immunitet tizimini zaiflashtiradi, tanani o‘simtalarga nisbatan zaif qiladi.
Chekish
Tamaki tutuni bilan tanaga saraton rivojlanishiga hissa qo‘shadigan kanserogen moddalar kiradi. Chekish insonning nafas olish tizimiga eng katta xavf tug‘diradi. O‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarning 90% dan ortig‘i chekuvchilardir.
Yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish va shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish
Saraton hujayralari o‘sishi va rivojlanishi uchun ko‘p miqdorda glyukoza kerak. Shuningdek, ratsionda shakar miqdorining ko‘p bo‘lishi ortiqcha vazn va 2-tur qandli diabetga olib kelishi mumkin. Bu holatlar esa saraton xavfini oshiradi. Agar shirin mahsulotlar ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, mutatsiyaga uchragan hujayralar rivojlanishi uchun ideal muhit yaratiladi.
Ovqatni issiq holatda yeyish
Og‘izni kuydiruvchi issiq ovqat va ichimliklar og‘iz bo‘shlig‘i hamda qizilo‘ngachning kuyishiga olib kelishi mumkin. Bu kabi doimiy kuyish (travma)lar hujayra degeneratsiyasiga tahdid soladi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, ovqat va ichimliklar uchun eng yaxshi harorat 60 darajadan oshmagani afzal.
Kam uxlash
Muntazam kam uxlash erkaklarda prostata bezi saratoni va ayollarda esa ko‘krak bezi saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, uyqu vaqtida melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Tanada uning yetishmasligi esa hujayra mutatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Bu odatlar tanani zaiflashtiradi, ammo ular albatta saratonga olib keladi deyish ham noto‘g‘ri. Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish tavsiya etiladi. Bu saratonni erta bosqichda aniqlash va o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rishga yordam beradi.
Uxod za kojey litsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2022
Bu qiziq
Teridagi qanday o‘zgarishlar saraton belgisi bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0