Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

© Press-slujba prezidenta AzerbaydjanaPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev pribil v Moskvu
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev pribil v Moskvu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Aliyev Moskvada Putin bilan muzokaralar o‘tkazada hamda Baykal-Amur magistrali qurilishiga bag‘ishlangan xotira tadbirida ishtirok etadi.
TOShKENT, 22 apr —Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi, deya xabar bermoqda Ozarbayjon prezidenti rasmiy sahifasi. Ozarbayjon rahbarining samolyoti Moskvaning Vnukovo-2 aeroportiga qo‘ndi.
Dushanba kuni Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
“Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy muammolar bo‘yicha atroflicha fikr almashish rejalashtirilgan”, - deyilgan edi biroz oldin Kreml matbuot xizmati xabarida.
Baykal-Amur magistrali qurilishi boshlanganining 50-yilligi munosabati bilan Vladimir Putin va Ilhom Aliyev BAM faxriylari va temir yo‘l sanoati xodimlari bilan uchrashadi. Ma’lumki, Ozarbayjon prezidentining otasi Haydar Aliyev SSSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida avtomobil yo‘li qurilishi bilan bog‘liq masalalarga bevosita rahbarlik qilgan.
© Press-slujba prezidenta AzerbaydjanaPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev pribil v Moskvu
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev pribil v Moskvu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev pribil v Moskvu
Yangiliklar lentasi
0