Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

© Posolstvo Uzbekistana v RossiiIvanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2024
Obuna bo‘lish
Savdo uyi “Made in Uzbekistan” belgili yuqori sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Ivanovo viloyatida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.

"O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 23-aprel kuni Ivanovo shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.

© Posolstvo Uzbekistana v RossiiIvanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
V Ivanovskoy oblasti otkrili Torgoviy dom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2024
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ochilish marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati va tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirok etdi.
© Posolstvo Uzbekistana v RossiiIvanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
V Ivanovskoy oblasti otkrili Torgoviy dom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2024
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ushbu loyihani amalga oshirish ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va tomonlarning mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish, ikki davlat, tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, eksport-import bozorini diversifikatsiya qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati Rossiya bozori O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi va Ivanovoda Savdo uyining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi.
© Posolstvo Uzbekistana v RossiiIvanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
V Ivanovskoy oblasti otkrili Torgoviy dom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2024
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Yangiliklar lentasi
0