Armanistonda mahalliy aholi yangi chegara o‘rnatilishiga qarshilik qilmoqda

© Foto : Social media of Nikol PashinyanPerviy pogranichniy stolb na gosudarstvennoy granitse Armeniya-Azerbaydjan
Perviy pogranichniy stolb na gosudarstvennoy granitse Armeniya-Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2024
Obuna bo‘lish
Armaniston bilan chegaradosh qishloqlar aholisi ularning Ozarbayjonga ko‘chirilishiga qarshi norozilik bildirmoqda
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Armanistonning Tavush viloyatida Ozarbayjonga yaqin Kirans qishlog‘ida aholi chegarani delimitatsiya qilishga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa viloyatlardan ham odamlar kelgan.

Namoyishchilar sovet davrida Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan to‘rtta qishloqning Ozarbayjonga qaytib berilishiga norozilik bildirishmoqda. Odamlar saporlarning hududni minalardan tozalashiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Minalar tozalanganidan so‘ng Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari u yerga kirishi kerak.

Kiransda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Chegaradagi arman qishloqlari aholisi hududlar Ozarbayjonga o‘tkazib, bu hududda demarkatsiya o‘tkazilgandan so‘ng chegara ularning uylariga juda yaqin (bir necha o‘n metr) bo‘lishidan xavotirda.
Namoyishlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan. Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik mitingidan so‘ng hududda bir necha portlash ovozlari eshitilgan va bir nechta shinalar yondirilgan, namoyishchilar politsiyaga tosh otgan. To‘polonda ishtirok etgan ikki politsiyachi va uch nafar tinch aholi vakillari jarohatlangan. Armaniston Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston va Ozarbayjon rahbariyati bir necha oy oldin ikki respublika orasida bahsli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ hududini to‘liq Ozarbayjonga qaytarish haqida kelishib olgan edi.

19 aprel kuni Ozarbayjon va Armaniston orasida chegarani delimitatsiya qilish boshlangan. Buning uchun oldin u yerad o‘rnatilgan minalar tozalanishi kerak. Shundan so‘ng Yerevanda va Tavush viloyatida norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar avtomagistrallarni, jumladan, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarni to‘sib qo‘yishga urinib ko‘rdilar, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi, ayrim namoyish ishtirokchilari hibsga olindi.
Yangiliklar lentasi
0