O‘zbekiston va Rossiya alyuminiy ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi

© Assotsiatsiya "Uzeltexsanoat" Podpisan memorandum o vzaimoponimanii s Alyuminiyevoy Assotsiatsiyey Rossii
 Podpisan memorandum o vzaimoponimanii s Alyuminiyevoy Assotsiatsiyey Rossii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya alyuminiy assotsiatsiyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning sanoat birlashmalari alyuminiy loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi, deya xabar berdi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, Rossiya alyuminiy assotsiatsiyasi raisi Irina Kazovskaya, “RUSAL” kompaniyasining MDHdagi savdo bo‘limi boshlig‘i Yelisey Bludchiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va istiqbolli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashishdi.
“Muzokaralar natijasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Rossiya alyuminiy assotsiatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston bozori katta salohiyatga ega va Memorandumning imzolanishi ikki mamlakat alyuminiy korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik va keyinchalik energetika sohasida loyihalarni amalga oshirishdagi birinchi qadam bo‘ladi. So‘nggi yillarda Rossiya yangi qotishmalar va meyoriy-texnik hujjatlar sohasida muhim vakolatlarga ega bo‘ldi - uy-joy va tijorat mulklarini ishlab chiquvchilar tobora ko‘proq o‘z obyektlari uchun alyuminiy kabel va simli mahsulotlarni tanlamoqda. Ishonchimiz komilki, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorligimiz O‘zbekistonda yuqori texnologiyali mahsulotlardan foydalanish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ladi”, — dedi “Alyuminiy” uyushmasi raisi Irina Kazovskaya.

Memorandumga ko‘ra, tomonlar alyuminiy ishlab chiqaruvchi va iste’molchilari bo‘lgan ikki mamlakat tadbirkolari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashadi. Shuningdek, ilmiy-texnik jihatdan tajriba almashish, alyuminiy va kabel sanoati bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishadi.

“Memorandum Rossiyada joriy qilingan standartlashtirish va texnik tartibga solish sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish, shuningdek, innovatsion qotishmalarga asoslangan energetika sohasida yangi loyihalarni joriy etish imkonini beradi. Bu kelishuv O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari uchun rivojlanish drayveri bo‘lish imkonini beradi”, — dedi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov.

Ma’lumot uchun, Rossiya alyuminiy assotsiatsiyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u alyuminiy sanoatining yirik korxonalarini birlashtiradi. Bugungi kunda assotsiatsiyaga 140 ta kompaniya a’zo hisoblanadi. “RUSAL”kompaniyasi esa 2007-yilda tashkil etilgan. Ujahonda birinchilardan bo‘lib minimal uglerodli alyuminiyni ommaviy ishlab chiqarishni boshlagan. 19 ta mamlakatda alyuminiy eritish, qayta ishlash zavodlariga ega. 2023-yilda kompaniya daromadlari 12,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0