"Bu katta yutuq" — Falkov O‘zbekistondagi Rossiya OTMlarini yuqori baholadi

© Minobrnauki RFRossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi
Rossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya ta’lim vaziri o‘zbekistonlik talabalarning Rossiya OTMlari filialida tayyorlash jarayonini yuqori baholadi va talabalarni kirib kelayotgan G‘alaba kuni bilan tabrikladi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Rossiya ta’lim vaziri Valeriy Falkov O‘zbekistonga tashrifining ikkinchi kunida MISIS*ning Olmaliq shahridagi filialiga tashrif buyurdi.
2018 yildan buyon filial O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Bu yerda 850 nafardan ortiq kishi tahsil oladi. Oliygoh “Olmaliq KMK”, “Navoiy KMK”, "O‘zmetkombinat", "O‘zvtortsvetmet" va boshqalar uchun kadrlar tayyorlab beradi.
Vazir bu yerda ta’lim yuqori darajada tashkil etilganini qayd etdi.

“Bu mening O‘zbekistonga birinchi tashrifim va shuni aytishim mumkinki, bu yerda ko‘rgan Rossiya OTMlari filiallari mukammal jihozlangan, kadrlar tayyorlash jarayoni mutaxassislar kim va nima uchun tayyorlanayotganini yaxshi tushungan holda tashkil qilingan. Va eng asosiysi, bu ushbu OTMlarda men o‘quvchilarning yonib turgan ko‘zlarini ko‘rdim. Aziz do‘stlar, bu katta yutuq, biz bundan buyon ham faol ishlashimiz, mamlakatlarimizni yanada rivojlantirish yo‘lida bilim va ko‘nikmalarni oshirishimiz kerak”, — dedi Rossiya ta’lim va fan vaziri.

“Filial faol va uyg‘un rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. – Bu yerda yuqori sifatli oliy ta’lim olish, yoshlarni Rossiya va O‘zbekiston madaniyati va tarixi rang-barangligi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikning barcha dinamikasini chuqur anglagan holda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan", – dedi u.
© Minobrnauki RFRossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi
Ministr obrazovaniya i nauki Rossii Valeriy Falkov posetil Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Rossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi
Valeriy Falkov talabalarini yaqinlashib kelayotgan G‘alaba bayrami bilan tabrikladi.

“Bugun, ushbu ulug‘ bayram – Buyuk G‘alaba kuni arafasida biz nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaymiz, balki janglarda qatnashganlar, jon fido qilganlar, o‘z ona shahar va qishloqlariga qaytganlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. Biz bilamizki, ruslar, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, ukrainlar va boshqa ko‘plab Sovet Ittifoqi xalqlari yelkama-yelka birgalikda G‘alabaga erishdilar. Ajdodlarimizning jasoratini yodga olish, bu xotirani kelajak avlodlarga yetkazish muhim. Hozir oldimizda ulkan, misli ko‘rilmagan muammolar turibdi, biroq mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan do‘stlikka tayanib, biz, albatta, har qanday qiyinchiliklarni birgalikda yengishga qodirmiz”, — dedi vazir.

Tashrif yakunida vazir Olmaliq filiali hududida o‘tkazilgan ko‘chat o‘tqazish marosimida ishtirok etdi.
© Minobrnauki RFRossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi
Ministr obrazovaniya i nauki Rossii Valeriy Falkov posetil Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Rossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi
*MISIS - Moskva po‘lat va qotishmalar instituti
Yangiliklar lentasi
0