Mirziyoyev, Tramp va milliy manfaatlar

© FacebookIgor Nikolaychuk
Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va O‘zbekistonda deyarli bir vaqtda prezidentlar almashdi, ular oldidagi vazifalar turlicha, lekin ular siyosatida o‘xshash jihatlar ham mavjud

Igor Nikolaychuk, RSTI eksperti —Sputnik O‘zbekiston uchun

Mamlakatlar rahbarlari milliy manfaatlarni himoya qilish siyosati — bu murakkab, ko‘p o‘lchovli va rivojlanib boradigan tizim ekanligini yodda tutishlari lozim.

AQShning 45-prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga bag‘ishlangan dabdabali marosim jahon OAV tomonidan ilk marta rasmiylik qoidalari emas, shou-biznes qonunlariga asosan yoritildi. Bu xuddi "Barcha Oskarlarning Oskari"ni topshirish marosimiga o‘xshadi.

Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp prezident bo‘lgani sharafiga Melaniya bilan raqs tushdi

Mazkur tantanalar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning davlat rahbari sifatidagi ilk siyosiy qadamidan keskin farq qilishi bilan birga ekspertlarga ularning siyosiy vazifalari parallel ekanligi haqida fikr yuritish imkoniyatini ham beradi…

AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi farq, shubhasiz, juda katta. Buning sof obyektiv sabablari bor. Bu sabablar maydon, geografiya, tarixdan boshlanib etnik-konfessial va sivilizatsion omillarda tugaydi. Ayni holatda esa avvalo bu davlatlar rahbarlarining boshlang‘ich nuqtalarini belgilab beradigan ayrim tafovutlarni ta’kidlash o‘rinli.

Mamlakatni "so‘ligan" holda olgan Donald Trampga havas qilib bo‘lmaydi. Buni hamma biladi. Buning ustiga, amerikaliklarning o‘zlari (balki bunda yashirin injiqlik bordir) o‘z millatlarini bo‘linib ketgan deb atashadi. Gap shundaki, bu darzlar (mayda bo‘lsayam) shunchalik ko‘pki, ularni yopish juda qiyin, ular dunyodagi anglosakson hukmronligining susayishiga sababchi bo‘ldi. Harholda, parchalab tashlamadi ham.

Sovetlardan keyingi O‘zbekistonga nisbatan "nodo‘stona sovuq" munosabatda turuvchi xorijiy analitiklar Karimov chorak asr rahbarlik qilgan o‘zbek xalqi hali ham sovetcha fikr yuritadigan — "boshqa mafkura yo‘qligi" uchun otalarga bo‘ysunuvchi xalqligicha qolgan deb ta’kidlashdan charchashmayapti. Ularning fikricha, "qudratli davlat mashinasi" davlat rahbariga sadoqatli fuqarolarni tarbiyalagan.

Shunday qilib, Tramp yana "Amerikani buyuk qilish" uchun ishlashi lozim — birinchi navbatda davlatga sadoqatli fuqarolarni tarbiyalash orqali. Shaxsiy maqsadlarni qondirishga bo‘lgan "telbalarcha cheksizlik"ka e’tibor susayadi. Sobiq sovetlarning (aslida esa milliy-davlatchilik) "Avval Vatan haqida o‘yla, keyin o‘zingni o‘yla" shioriga amal qilish ko‘zda tutilmoqda. Istaganingizcha kinoya qilishingiz mumkin! Lekin tubi ko‘rinmaydigan amerikacha xudbinlikning tubini yaratish boshlandi.

Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp O‘zbekiston va boshqa davlatlar bilan adolatli munosabat o‘rnatishini aytdi

Inauguratsiyadan bir necha daqiqa o‘tganidan so‘ng Oq uy saytidan LGBT-jamiyatlar (lesbiyankalar, geylar, biseksuallar, transgenderlar)ni qo‘llab-quvvatlash haqidagi bo‘lim o‘chirib tashlandi. Noan’anaviy jinsiy yo‘nalishdagi shaxslarga bag‘ishlangan mazkur sahifa ozchilikning huquqini himoya qilishga chaqiradigan qonunchilik tashabbuslarini chop etishga mo‘ljallangandi. Bundan buyon boshqalarni, masalan, yaxshi hayot kechirish umidida Trampni qo‘llab-quvvatlagan "o‘rta va keksa yoshdagi ishchilar" huquqlarini himoya qilishadi. Ehtimol, Meksika bilan chegarada devor qurishadi — ish o‘rinlarini tortib olayotgan migrantlarga qarshi.

Geylar va boshqa ijtimoiy qatlamlar bilan o‘yin olib borish saylovlarda foyda keltirmasligi ayon bo‘lib qoldi. Xalqqa suyanish (har qanday holatda) manfaatli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mirziyoyev uchun esa amalga oshiradigan vazifalar boshqacha — azaliy ahillik asosida milliy davlatchilikni rivojlantirish va jamiyatni takomillashtirish.

Yo‘nalish va shakli esa hukumat tepasidagi O‘zbekiston rahbarlarining suveren tanlovidir. 2016-yilning 7-dekabrida Konstitutsiya kunini nishonlash marosimida Mirziyoyev kelayotgan yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb atashni taklif qildi. Mazkur yildagi asosiy tamoyillardan biri "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyildir. Mirziyoyev amaldorlarni fuqarolardan ajralib o‘z kabinetlarida o‘tirmaslikka, balki odamlar bilan muloqot qilish va ularni tinglashga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi

Iboralarda aytilganidek, kim qarshilik qiladi! Lekin negadir "Gorbachev uslubidagi qayta qurish" zarurati haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Kimlardir darhol "Mirziyoyev ham Gorbachev singari davlat tizimini isloh qilishda uzoq siyosiy uyqudan endigina uyg‘ongan odamlar bilan muammolarga duch keladi" deb yozib tashladi. Bunday deyishdan maqsad ozmi-ko‘pmi — millatni siyosiy jihatdan uyg‘otish. Geosiyosiy qo‘shnilar borasida nima gap?

Bu yerda esa mavzuni o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘zgartirish bu bir qarashda xolos.

Demak, Tramp Xitoy bilan munosabatlarga ustuvor o‘rin ajratmoqda. Boshqacha ko‘rinishdagi tahdidlar haqidagi barcha gap-so‘zlar go‘yoki to‘xtatiladi. Tramp geosiyosatining maqsadi XXRni zaiflashtirishdir. Odatda bunday hollarda "rejimni qayta shakllantirish" vazifasi ham rejalashtiriladi, lekin bu Trampning qo‘lidan keladigan ish emas.

Agarda Chubaysning Davosdan bergan "telefon orqali intervyu"siga ishonadigan bo‘lsak, Xitoy kommunistlari rahbari Si Szinpin jahon iqtisodiy minbarida chiqish qilib, globalizmni qo‘llab-quvvatlash va liberal (Chikagocha taqriz bo‘yicha) iqtisodiyot borasidagi yetakchilikka nisbatan Xitoyning e’tirozlarini bildirdi. Bu haqda sharhlovchilar bahslashishsin, lekin Xitoy Trampning iqtisodiy siyosatiga mutlaqo qarshi chiqayotganligini barcha e’tirof etmoqda. AQShning Xitoy bilan kurashi shubhasiz, "Rossiya qartasi"ni ishga solish hisobiga amalga oshiriladi, garchi Rossiya va AQSh munosabatlarida "gullar ochilayotgan" bo‘lsa-da.
"Rossiya qartasi"ning o‘ynalishi avvalo XXR va Rossiyani Markaziy Osiyo hududidan chiqarib yuborishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo hududida mustaqil o‘yin olib borish uchun yetarlicha qudratga ega. Hatto qo‘shnilarning siyosiy va harbiy-siyosiy yaqinlashuviga nisbatan ham.

Mirziyoyev uchun Trampning inauguratsiyasidan keyin Rossiya-Xitoy tanlovi paydo bo‘lmoqda. Obama davrida AQShdan uzoqda joylashgan Osiyoning bu qismi taqdir hukmiga tashlab qo‘yilgandi. Endi unday emas.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Xitoy bilan strategik sherikchilik O‘zbekistonda yuqori baholanadi

2017 yil yanvari boshida XXR davlat kengashi Xitoyning Osiyo-Tinch okeani hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik sohasidagi siyosatiga bag‘ishlangan "Oq kitob"ni chop etdi. "Xitoyning Osiyo-Tinch okeani hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik sohasidagi siyosati" deb nomlangan hujjatda SSSR tarqalganidan buyon ilk marta xalqaro ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirishga e’tibor qaratiladi. Shu paytgacha u yoki bu masalada ikki tomonlama hamkorlik shakli XXR hukumati uchun ma’qul bo‘lardi. Endilikda Xitoy "jahonning mas’ul davlati"ga aylanmoqda.

Hujjatda ShHTning ko‘p tomonlama mexanizmlariga ro‘yxatning oxirrog‘ida, to‘qqiz o‘rindan sakkizinchisida joy ajratilgan. Bundan Xitoyning ShHTdagi faoliyatida xavfsizlikka emas, iqtisodiyotga ustuvorlik berilgan deb taxmin qilish mumkin. Analitiklarning fikricha, Pekin ShHTning hududiy antiterror tuzilmasining samaradorligiga shubha bilan qaramoqda.

Darvoqe, "Oq kitob"da Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston va Tojikiston qurolli kuchlari o‘rtasida tuzilgan hamkorlikning yangi mexanizmi alohida tilga olinadi. Bunday shakldagi faoliyat asosida operativ ma’lumot almashish va tahlil qilish, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari va terrorizmga qarshi kurashda o‘zaro yordam ko‘rsatish yotadi.

Li Ketsan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy bosh vaziri ikki yoqlama standartlardan voz kechishga chorladi

Rossiyalik ekspertlarning fikricha, bunday tuzilmaning paydo bo‘lishi sabablaridan biri Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining muhim qismini tashkil etuvchi Pokiston-Xitoy iqtisodiy yo‘lagi xavfsizligini ta’minlash ehtiyojidir. Mazkur to‘rt mamlakatning bu shakldagi hamkorligi mustahkamlanishidan kelib chiqib, kelajakda hududda KXShTni eslatuvchi, lekin XXR yetakchilik vazifasini bajaruvchi yangi tuzilma paydo bo‘lishi mumkin degan fikrni istisno qilib bo‘lmaydi.

Yuqorida aytilganlardan va yangi yilda Rossiya Yevrosiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonlarini faollashtirishni rejalashtirganini hisobga olib aytish mumkinki, O‘zbekistonning ahamiyati va "mintaqadagi mas’ul davlat"ga aylanishi imkoniyati oshib bormoqda. Moskvada 19-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarga ana shu nuqtayi nazardan qarash lozim.

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida shov-shuvli voqealar yuz bermagan bo‘lsa-da, "Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratil"ganligini e’tirof etish joiz. MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi 7-aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Nima ham derdik! Gapni Trampning lavozimga kirishishidan boshlab, O‘zbekistonning MDHdagi faoliyati kuchayishida tugatdik. Hammasi oddiy. Mamlakat yetakchilari: Mirziyoyev ham, Putin ham, Si Szinpin va Tramp ham siyosat tizimli ekanligini tushunishadi (tushunishlari shart). Aniq vazifani esa milliy manfaatlar belgilab beradi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0