14:41 24 May 2017
Efir
Linar Yakupov

Ekspert: islomiy banklar omonatchilarni jalb etadi

© Sputnik/ Anton Denisov
Analitika
Havola olish
1301141

Xalqaro valyuta fondining yaqinda oʻtkazgan tadqiqotida islomiy banklar moliyaviy inqirozga anʼanaviy banklarga nisbatan chidamliroq boʻlishi maʼlum boʻldi

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Oʻtgan haftada Tojikiston milliy banki raisi Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasi delegatsiyasi bilan respublikada islomiy banklarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Islom biznesi va moliyasini rivojlantirish fondi prezidenti Linar Yakupov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida islomiy banklar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Agarda MDH mamlakatlariga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu borada eng ilgʻor davlat Qozogʻistondir, bu yerda prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Bu mamlakatda islomiy moliya tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan bir xorijiy va bir nechta milliy banklar faoliyat koʻrsatadi.

Yana bir misol, bu Qirgʻiziston. Bu yerda 2006 yildan buyon EkoIslamikBank ishlab kelmoqda, bugungi kunga kelib 60-70 ming bank operatsiyalarini amalga oshirdi", — dedi Linar Yakupov.

Uning aytishicha, islomiy banklar salohiyatiga yetarlicha baho berilmaydi, ayniqsa, musulmonlar ozchilikni tashkil etadigan islomiy boʻlmagan davlatlarda bu yaqqol koʻzga tashlanadi.

"Aholining katta qismi pulini uyida saqlaydi. Bankka qoʻyishga esa diniy taʼlimot sababli, yaʼni sudxoʻrlik nuqtai nazaridan xohish bildirishmaydi. Rossii koʻpchilik islomiy bank islom mamlakatlarining sarmoyasini jalb etish uchun kerak deb xato oʻylaydi, u birinchi navbatda aholining mablagʻini jalb etish vositasidir", — dedi Yakupov.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro valyuta fondining yaqinda oʻtkazgan tadqiqotida islomiy banklar moliyaviy inqirozga anʼanaviy banklarga nisbatan chidamliroq boʻlishi maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular