14:39 24 May 2017
Efir
Su-27 samolyoti

Oʻzbekistonning eski qiruvchi-samolyotlari qay tomon uchmoqda?

© Facebook Redfish Trading Company
Analitika
Havola olish
227981

Amerika kompaniyasi Oʻzbekiston Harbiy Havo Kuchlariga tegishli 35 dona harbiy jangovar samolyotlarini sotib olishni taklif qilmoqda. Xaridorga tovar zudlik bilan yetkazilishi vaʼda qilingan

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik, Anton Kurilkin. Oʻzbekistondagi qator ommaviy axborot vositalarida shu hafta Oʻzbekiston sovet davrining oʻnlab eski samolyotlarini sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Savdo kompaniyalari orasida amerikaning Red Fish Trading kompaniyasi tilga olingan edi. Ammo Oʻzbekiston harbiy muassasasi tenderlar natijasi hozircha eʼlon qilinmagani, va barcha texnika oʻz joyida ekanligini xabar qilishdi.

Oʻzbekiston tomonning tenderlar natijasi haqidagi xabariga qaramay, yuqorida nomi tilga olingan kompaniya xaridorlarga xilma-xil ishlatilgan harbiy texnika bilan birgalikda 1300 dona tanklarga qarshi granotomyotlar, oʻn minglab avtomatlar, patronlar, bronetexnika va hatto tanklarni taklif qilgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri amerikalik "qurol-aslaha baronlari" tarixi qayerdan ildiz otayotganiga qiziqib koʻrdi.

30 ming dona "Kalashnikov"

Red Fish Trading kompaniyasi rasmiy saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u Qoʻshma Shtatlarda, San-Antonio shahrida, Texas shtatida joylashgan. Kompaniyaning butun dunyo boʻyicha vakolatxonalari borligi qayd etilgan: Yaqin Sharqda, Afrikada, Sharqiy Yevropada, Hindistonda va Bangladeshda.

Kompaniyada amerikaliklardan tashqari, yevropaliklar, arablar va hatto Hindistonlik brigada generali faoliyat yuritar ekan. Kompaniya oʻziga kerakli xodimlarni butun dunyodan izlaydi — misol uchun hozir Iordaniya va Bolgariyadan xodimlar izlamoqda.

Red Fish Trading kompaniyadagi tovarlar assortimentini sir tutmaydi — rasmiy saytida taklif etilayotgan tovarlar katalogi mavjud. Oddiy foydalanuvchilar uchun yer ustida harakatlanadigan texnika boʻlimi ham bor. Texaslik "qurol baronlari" bronetransportyorlar, zirhlangan jangovar mashinalar, tanklar, yuk mashinalari va jiplarni xarid qilishni taklif qilishgan.

Mejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum ARMIYA-2015. Den vtoroy
© Sputnik/ Aleksandr Vilf
Mejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum "ARMIYA-2015". Den vtoroy

Ayrim takliflar savollarni yuzaga keltirmay qoʻymaydi, albatta — misol uchun kompaniya Rossiyada ishlab chiqarilgan AK-104 avtomatlarini sotuvga qoʻygan, ammo shu bilan birga AQSH Davlat departamenti tomonidan kiritilgan sanktsiyalar tufayli Rossiya bilan hamkorlik qilmasligini aytib oʻtgan. Bu yerda muammo shundaki, bu oʻqotar qurol boshqa davlatlarga eksport qilinmagan va u faqatgina Rossiyada ishlab chiqariladi.

Pensiyadagi harbiy texnika

Rossiya Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi rahbari Konstantin Makiyenkoning Sputnik Oʻzbekistonga bergan izohiga koʻra, Oʻzbekiston tomonidan sotuvga qoʻyilayotgan Harbiy jangovar samolyotlar jiddiy taʼmirlash ishlarini talab etadi.

"Tushunishimcha, texnika juda abgor ahvolda. Texnikani normal holatga keltirish uchun unga yuz minglab, kerak boʻlsa millionlab dollar sarmoya kiritish kerak. Ular uchishi mumkin va ucha oladi ham, ammo jang qilishiga kelsak, — yoʻq, degan fikrdaman", — deb taʼkidlagan ekspert.

Bunday biznesning mohiyatiga keladigan boʻlsak, Makiyenkoning soʻzlariga koʻra, bunday kompaniyalar bor va ularning mijozlari davlat tuzilmalari bilan bir qatorda alohida shaxslar, misol uchun kollektsionerlar boʻlishi mumkin.

"Qoʻshma Shtatlar — juda boy davlat va u yerda texnika ishqibozlari talaygina. Yoxud ularni kollektsiya uchun xususiy muzeylar ham xarid qilishi mumkin", — deb qoʻshimcha qildi u.

Asosiy mavzular