07:35 28 Mart 2017
Efir
Igor Nikolaychuk

Bahorgi yoʻnalish: Rossiya va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi siyosiy Navroʻz

© RISI
Analitika
Havola olish
67220

Markaziy Osiyo mamlakatlari Navroʻzni koʻtarinkilik bilan nishonlashmoqda, deb hisoblaydi siyosiy ekspert Igor Nikolaychuk

Navroʻz ajoyib bayram. U nafaqat fors va turkiy xalqlarda Yangi yilning rasman kirib kelishi tufayli (aslida bu ham muhim), balki tabiytning uygʻonishi, yangi umidlar va kelajakka yorqin munosabat paydo boʻlishi tufayli ham ajoyib.

Yangi umidlar esa, asossiz joyda paydo boʻlmaydi. Ular voqelik, mavjud vaziyatga muvofiq holda paydo boʻladi. "Beshlik" davlatlarining siyosiy yetakchilari va rahbarlari xalqaro maydondagi mavjud kuchlar va ularning joylashuvini inobatga olgan holda faqat olgʻa qadam tashlash yoʻnalishini tanlashga toʻgʻri keladi.

Bugungi kunda mazkur mintaqa mamlakatlari uchun bu joylashuv keskin oʻzgardi.

Birlashuv AQShga tahdid sifatida

Eslatib oʻtamiz, SSSRning barcha nuqtai nazarlarga koʻra sunʼiy va yomon tashkillashtirilgan parchalanishidan soʻng (na Qozogʻiston, na Qirgʻiziston, na Tojikiston, na Turkmaniston va na Oʻzbekiston bu jarayonning tashabbuskori boʻlgan) sobiq sovet makonidagi har qanday birlashuv jarayonlari Amerika Qoʻshma Shtatlariga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid sifatida koʻrilishi shart boʻlgan "Bjezinskiy doktrinasi" vujudga keldi. Amerikalik siyosatshunosning fikricha, bunday jarayonlar SSSRni qayta tiklashga olib keladi. Bu fikrda ulkan ayyorlik mujassam.

Igor Nikolaychuk
© Sputnik/ Aleksey Tixomirov

Maʼlumki, Sovet ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar bir-biriga qarshi sovuq urush olib borishgan. AQSH strategik rejalashtirishining oʻta-oʻta maxfiy va oʻta rasmiy hujjatlariga koʻra, sovuq urushdan maqsad "bor-yoʻgʻi" SSSRni zaiflashtirish va uning rejimini oʻzgartirish boʻlgan. Qayta qurishning uch yili ichida bu maqsadga erishildi: harbiy jihatdan Soveti ittifoqi "oʻtirdi", sovetlar Yevropani tark etishdi, ortodoksal kommunizm oʻrnini tushunarsiz yevrokommunizim, aniqrogʻi — maʼnosiz sotsial-demokratiya mafkurasi egalladi.

1988 yilda sovuq urush tugagani eʼlon qilindi, Gʻarb esa asosli ravishda oʻzini gʻoliblar safiga tirkadi. Shu xolos. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida SSSrning tarqalib ketishi bu endi ichki improvizatsiya, sovetlar partiyasining oʻyini. Jahon yetakchilari va ularga xizmat koʻrsatuvchi ekspertlar (Ukrainada oʻz manfaatlariga ega boʻlgan Bjezinskiy guruhini hisobga olmaganda) "20 asrning yirik geosiyosiy halokati"dan unchalik ham quvonishmagan. Jahondagi barqarorlikka putur yetdi, Amerika esa yagona kuch markazi boʻla olmadi (menimcha, boʻlishni xohlamadi). Koʻp qutblilik qimmat turadi, u ulkan miqyosdagi urinishlar va millat qurbonlarini talab qiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida prezidentlik instituti vujudga keldi, AQSH Davlat departamenti esa mintaqaning yetakchi mamlakatlariga quvur yoʻllari va boshqa "mazali" infrastruktura loyihalari haqida bulbuldek sayrab Rossiya bilan yaqinlashishga yoʻl qoʻymaslikka uringan tajribali xodimlarini (masalan, xalqaro munosabatlarda boshqariluvchi tartibsizliklar tamoyilining "otasi" boʻlgan Stiv Mann bir muddat Turkmanistonda elchi boʻlgan) joʻnatdi.

Biroq AQSH maʼmuriyati Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida ishtirok etmaslik, Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqib ketganidan soʻng mintaqada harbiylarini qoldirmaslik haqida yakuniy qarorga kelgach, hammasi keskin oʻzgarib ketdi. Albatta, bu Trampning gʻalabasidan ancha oldin yuz bergandi.

Markaziy Osiyo minimalizmi

Vashingtonning Markaziy Osiyo boʻyicha tashqi siyosatini tahlil qilib chiqqan analitiklar uni strategik minimalizm tamoyili deb atashadi. Xorijlik tadqiqotchilarning fikricha, bu tamoyil nafaqat AQShning Markaziy Osiyodagi infrastrukturaviy loyihalarga, jumladan strategik ahamiyatga ega neft va gaz quvurlariga bir dollar ham kiritmagani va foydali qazilmalarni izlash boʻyicha investitsiya kiritishga mutlaqo qiziqmaganida, balki bir paytlar oʻzlarining bong urilgan "Yagona ipak yoʻli" tashabbuslariga qarshi chiqishlarida ham koʻrinadi.

Ularning tamoyillariga (hozirda ichki siyosiy maqsadlarda keng foydalanilmoqda) koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari faqat Rossiya va Xitoyga koʻz tikkan nobarqaror avtoritar rejimli davlatlar ekan. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻz tashqi va ichki xafvsizligini taʼminlash uchun terrorchi guruhlar yoki diniy ekstremistik guruhlardan keladigan xatarlarni bartaraf etishda birga hamkorlik qiladigan Rossiya va XXR bilan yetarlicha aloqa oʻrnatsa bas.

Bu tamoyilda taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy savdoda oʻz oʻrnini mustahkamlash, mintaqada taʼsir koʻrsatish uchun bir-birlari bilan raqobat qilar ekan. Ushbu davlatlar hukumatlari oʻz manfaatlari uchun qoʻshnilar bilan munosabatda "rossiya" yoki "xitoy" kartasini ishga solarmish. Markaziy Osiyoning hech bir davlati umummintaqaviy masalalarga eʼtibor qaratmoqchi emas ekan.

Amerikalik analitiklarning aytishlaricha, ularning strategik minimalizm tamoyili mintaqadan ketish yoki "demokratiyani rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash"dan voz kechishni anglatmaydi. Ular inson huquqlari, davlat qurilishining demokratik asoslari borasida oʻzlari chizgan chegaradan chiqmaslikni tavsiya qilib, bu qoidani buzish Amerika diplomatiyasining keskin salbiy javobiga yoki hatto harbiy arashlauvga olib kelishi mumkinligini aytishadi.

Ularning fikricha, "strategik yuk"ning katta qismini Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo yirik davlatlar — mintaqadagi geosiyosiy oʻyinchilar yelkasiga yuklash orqali AQSH manfaatlarini himoya qilish yaxshiroq.

Yuqorida aytilganlarni oddiy tilga shunday deb oʻgirish mumkin: "Sizlar (Markaziy Osiyo mamlakatlari) istagan joyingizga borishingiz mumkin va Rossiya bilan chuqurroq hamkorlik qilishingizga ham qarshimasmiz. Faqat, Xudo haqqi, sizlarga qarshi chiquvchilar va demokratiya himoyachilarini qattiq qiynamang, aks holda epchil huquqni himoya qiluvchi tashkilotlari bizni, Amerika prezidentlarining oʻzini qiynab yuborishadi, "zoʻravonlarga eʼtiborsizlik"da ayblashadi".

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonga nisbatan Bjezinskiy doktrinasining tamom boʻlishi Amerikaga nisbatan geosiyosiy laʼnat bilan qarashni yoʻq qildi. Rossiyaga eʼtibor bilan boqish esa mintaqadagi rahbarlarning erkin tanlovi boʻlib, mening fikrimcha, bu tanlov mustaqil, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, hech qanday bosimlarsiz boʻladi.

Asosiy mavzular