18:32 23 Oktyabr 2017
Efir
Kalkulyator i yevro

Ekspert: biznesdagi yangi imtiyozlar Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb etadi

© Flickr/ TaxRebate.org.uk
Analitika
Havola olish
60500

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar taqdim etdi: ular valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etiladi

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Anton Kurilkin. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar taqdim etdi: ular valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston va Xorazmda roʻyxatdan oʻtgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar mulk soligʻi, yer soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etildi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri mazkur chora tadbirlarning valyuta islohotlariga taʼsiri borasida mustaqil ekspert Yuliy Yusupov bilan suhbatlashdi.

- Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun berilgan imtiyozlar qanday samaraga ega?

— Valyuta imtiyozlari eksport hamda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishning oshishiga xizmat qiladi.

Farmatsevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga berilgan imtiyozlar esa tadbirkorlarning koʻproq investitsiya kiritishlari, yangi ish oʻrinlari yaratishlari maqsadini koʻzda tutadi. Mazkur imtiyozlar Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatiga xorij davlatlari va Oʻzbekistonning boshqa viloyatlaridan investitsiyalarni jalb etadi.

- Yuqoridagi choralarni valyuta islohotlarining boshlanishi deb aytish mumkinmi?

— Yoʻq, bu Orol dengizi halokatidan zarar koʻrgan hududlar uchun imtiyozlar, ularga yordam berishdir.

Valyuta islohotini esa boshlandi deb aytish mumkin. Soʻm rasmiy kursining tezlashtirilgan muntazam devalvatsiyasi olib borilmoqda. Dollar narxi hozirda ancha tez surʼatlarda oshmoqda. Aftidan, bu rasmiy va "qora" kurslar orasidagi tafovutni kamaytirishga urinishdir.

- Yaʼni qora bozordagi tebranishlar Markaziy bank siyosatiga nisbatan oʻziga xos javobmi?

— Tebranishlar — bozorning tezlashtirilgan devalvatsiyaga nisbatan javobi.

Soʻmning rasmiy kursi ilgari haftasiga 25 soʻmga tushgan boʻlsa, hozirda 50 soʻmga pasaymoqda. Qora bozordagi tebranishlar esa — bozor qatnashchilarining bunga munosabati. Ular kurs qanday boʻlishini bilishmaydi va dollar yanada oshib ketadi deya uni sotib olishga kirishib ketishdi.

Lekin hozirda dollarning qora bozordagi kursi pasaydi.

Tebranishlar birinchi navbatda noaniqlik bilan bogʻliq boʻlib, odamlar oʻz nazarlarida ishonchli deb bilgan aktivlarga pul tikishmoqda.

Asosiy mavzular