15:17 25 Iyun 2017
Efir
Moskva

Rossiya migrantlar uchun "zapret"ni ikki martaga qisqartirdi

© Sputnik/ Yekaterina Chesnokova
Analitika
Havola olish
176420

Shu bilan birga Rossiyada fuqarolikni olganlar soni qisqargan, oʻtgan yilda bu koʻrsatkich 62 mingga yaqinni tashkil qilgan boʻlsa, 2017 yilda 59 mingga yaqin qayd etilgan

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Rossiyaga kirishni taʼqiqlash 2017 yilning birinchi kvartalida oʻtgan yildagiga nisbatan 2,4 martaga qisqargan. 2016 yilda bu koʻrsatkich 92 004ni tashkil qilgan boʻlsa, bu yil 38 092 qayd etildi, deb xabar qildi 24 aprel kuni Rossiya IIV.

Patentlarni rasmiylashtirish esa aksincha, oshgan: 313 145 (2017 yilning birinchi kvartali), 291 579 (2016 yilning birinchi kvartali).

2 million sakki yuz qirq toʻrt ming olti yuz oʻn toʻrt nafar chet el fuqarosi migratsiya roʻyxatiga qoʻyilgan, bu esa oʻtgan yilgiga nisbatan 87 170 nafar insonga koʻp demakdir.

Shu bilan birga Rossiyada fuqarolikni olganlar soni kamaygan: 58862 kishi (oʻtgan yilning birinchi kvartalida esa – 61 911).

Qozogʻistonning 10032 fuqarosi, Tojikistonning 5917, Oʻzbekistonning 5146, Qirgʻizistonning 2315 va Turkmanistonning 183 nafar fuqarosiga Rossiya fuqaroligi berilgan.

RVP 64657 kishiga berilgan (2016 yilda — 77.647).

Yana 43363 kishiga vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma (vid na jitelstvo) berilgan.

2017 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 775 692 nafar oʻzbekistonlik migratsiya roʻyxatidan oʻtkazilgan (2016 yilgi koʻrsatkich – 36 188).
Boshqa davlatlardagi koʻrsatkich: Tojikistonda 407 963 fuqaro, Qirgʻizistonda 192 750 fuqaro,  Qozogʻistonda 127 810 fuqaro va Turkmanistonda 10 537 fuqaro birinchi kvartalda Rossiyada migratsiya roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular