14:41 24 May 2017
Efir
Tatyana Sinitsыna, arxiv surat

Mirzo Ulugʻbek yulduzi ostida

Sputnik
Analitika
Havola olish
46040

Jurnalist Tatyana Sinitsыna oʻz oʻqish joyi - Toshkent davlat universitetini esga olib, taqdir uni turli yillarda uchrashtirgan ToshDUning buyuk bitiruvchilari haqida eslamoqda

Tatyana Sinitsыna, InfoSHOS bosh muharriri — Sputnik Oʻzbekiston uchun

"Nima uchun sizni eslolmayman? Siz APN(siyosiy xabarlar agentligi, demoqchi. Tahr.)da ishlaysizmi va siz bizni bitiruvchimiz boʻlsangiz kerak…", — deb soʻradi intervyu paytida mendan Moskva davlat universiteti jurnalistika boʻlimining afsonaviy dekani Yasen Zasurskiy. U oʻzining barcha talabalarini yodda tutishi — bu fakt. Men tabassum qildim: "Chunki men Moskva universitetini emas, Toshkent universitetiti bitirganman".

Moskva — Toshkent

Professor toʻsatdan jonlandi, oʻrnidan turib, qoʻlimni iliq siqib: "Tabriklayman, axir u ajoyib universitet! Uni rus maorif-fidoyilari yaratga; "bilim poyezdlari" Moskvadan Toshkentga toʻlib borgan: professor-oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv anjomlari, kitoblar, xaritalar kollektsiyasi, gerbariylar, asbob-uskunalar. Bilasizmi, tarkibni qizil armiyachilar kuzatib borishgan: oʻsha vaqtlarda, yaʼni 20 yillarda bosmachilar xavfi mavjud boʻlib, ular hamon poyezd tarkiblariga hujum qilishgan…" Shundan soʻng birdan hijolat chekdi: "Nima uchun men bularni sizga aytib beryapman, axir siz buni oʻzingiz ham yaxshi bilasiz".

Men, albatta, bularni barchasini bilardim, faqat hurmatli keksa kishining gapini boʻlgim kelmagandi. Sharq oʻrgatgan.

Kutilmaganda suxbatimiz lirik tus oldi: "Toshkent — ajoyib shahar, — dedi Zasurskiy. — Yer sharining ushbu noyob qismida tongda osmonda bir yoʻla uchta yoritqichni koʻrish mumkin: koʻtarilayotgan Quyosh, xiralashayotgan Oy va hali soʻnishga ulgurmagan muhabbat yulduzi deb ataladigan Venerani. Aytgancha, oʻzbeklar uni oʻzgacha nom bilan — "Zuxra" deb atashadi", — deya eslatib qoʻydim. "Rivoyatga koʻra, Samarqand amiri, temuriylar sulolasi sarkardasi, buyuk "munajjim" Mirzo Ulugʻbek shunday ismli ayolni sevgan va oʻz sevgilisi ismini samoda muhrlagan"

Biz yana bir oz vaqt Ulugʻbek haqida toʻlqinlanib suhbatlashdik. Qay tariqa birgina zehn kuchi bilan u Samarqand meridiani oʻtishi va Yulduzlar jadvali tuzganini hayrat bilan tilga oldik…

Men qay tariqa maktab yoshimda ilk bor Samarqandga kelganimni, otam bilan muhtasham Registon maydonida boʻlganimiz, soʻngra rasadxona qoldiqlarini aylanganimiz, va qanday qilib jajjigina qoʻllarim bilan rangi oʻchgan marmarni silab, Ulugʻbekka rahmim kelgani haqida soʻzlab berdim.

Toshkent — Samarqand

Olti asr muqaddam temuriylar poytaxti Mirzo Ulugʻbek topshirigʻiga asosan Madrasa qurilishi boshlangan, uning peshtoqida shunday soʻzlar bitilgan: "Bilimga intilish har bir musulmon va muslimaning vazifasidir". Ushbu hadis buyuk olimning oʻz xalqiga atalgan bebaho nasihati sifatida jaranglamoqda.

Bu buyuk inson haqida faqat yorugʻ yuksak izzat-ikrom bilan esga olish mumkin.

Tarixda kam uchraydigan ajoyib holat: qudratli temuriylar davlati hukmdori, amiri taxtini ilm dahosi egallagan… Samarqand yaqinida, meridian aniqlangan joyda Ulugʻbek rasadxona barpo etib, Sharqning taklif etilgan yetakchi astronomlari bilan birgalikda astronomik kuzatuvlar olib borgan.

Ulugʻbek rasadxonasining bosh asbobi — 40 metrli sekstant boʻlgan. Unda Quyosh, Oy holati oʻzgarishi va boshqa sayyorlarning meridian orqali oʻtishi oʻlchangan. Dunyoda bu inshootga teng boʻlgan inshoot mavjud emas.

1437 yilda Ulugʻbek rasadxonasida yulduzlar toʻplami tuzilgan. Unda 1018 ta yulduzning toʻliq tavsifi berilgan. Shu bilan birga, yulduzli yilning uzunligi: 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniya (noaniqlik +58 daqiqa) ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari Yerning egilgan oʻqi 23,52 darajaligi maksimal aniqlik bilan oʻlchangan.

Ulugʻbekning asosiy mehnati — "Ziji Koʻragoniy" astronomik jadvallari 1444 yilda yakunlangan. Olim bu jadvalga 30 yil davomida sinchkovlik bilan olib borgan kuzatuv natijalarini kiritgan. Ulugʻbek tegishli oʻzgartishlarni umrining oxiriga qadar kiritib borgan. Ushbu jadvallar aniqligi boʻyicha Sharqda na Gʻarbda tengi boʻlmagan. Bu aql bovar qilmaydigan ishdir!

Samarqand — Krakov

Oradan yillar oʻtdi, va kasb yoʻllari meni Krakov shahriga olib bordi. Men Mirzo Ulugʻbekdan keyin 80 yil oʻtib dunyoga kelgan buyuk olim — Kopernik tahsil olgan Yagellon universitetiga keldim. Esimda, polyaklarga samarqand rasadxonasining interyerini bezab turgan (uning markazida Xudo, oʻng tomonida Ulugʻbek va chap tomonida Kopernik va boshqa koʻplab buyuk taniqli olimlar tasvirlangan) Ovropaliklar qalamiga mansub boʻlgan qadimiy suratlar haqida hikoya qilganimda ular meni tinglab hayratlanishgan. 

Polyaklar Ulugʻbek haqida juda kam bilishgan. Men ularga, pani Barbara Kopernik oʻz oʻgʻli Kopernikni Mirzo Ulugʻbekdan keyin 80 yildan soʻng dunyoga keltirganini eslatib qoʻydim. Ulugʻbek, Samarqand, Toshkent haqidagi shu materiallarim uchun men Krakovda polshaning jurnalistlarga beriladigan "Pshekruy oʻquvchisi diplomi" bilan taqdirlandim. Ulugʻbek ilxomlantirdi!

Mirzo Ulugʻbek yuragida sir bilan yashagan. Xudo (Olloh)ni tashvishlantirib, nima uchun yulduzlar sanab, osmoni kuzatganligini Mirzo Ulugʻbek atrofida boʻlgan sulola vakillari anglamagan. Taxt vorislari shiddat bilan boʻshayotgan amir gʻaznasi uchun jiddiy qaygʻurganlar — rasadxona, tadqiqotlar uchun koʻp pul kerak edi.

Oqibatda bularning barchasi ogʻir fojiya — padarkushlik gunohi bilan tugadi. Ulugʻbek atigi 55 yoshda boʻlgan. Buyuk olimning eng noyob ilmiy mehnatlari asrab avaylab saqlashga erishildi. Rasadxona esa buzilib, yer bilan tekislandi. Lekin 1908 yilda rus arxelogi Vasiliy Vyatkin ushbu noyob inshootning qoldiqlarini aniqlab, tadqiqot olib borildi.

Yana Toshkent

Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti, sobiq Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Oʻtgan yil dekabr oyida poytaxtga prezidentlik saylovlari oʻtkazilishi munosabati bilan Rossiyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida kelib, Milliy universitetda tashkil qilgan saylov uchastkalariga tashrif buyurdim. Nigohimda butun universitet korpuslari va kuzgi chiroyli koʻkalamzorlashtirilgan arxitekturasi paydo boʻldi.

2000 yillarning boshida menga Rossiya Fanlar akademiyasi Iqlimshunoslik instituti direktori Yuriy Izraeldan intervyu olish haqida topshiriq berildi. Bu ish oddiy boʻlmadi. Koʻp marotaba telefon orqali bogʻlanmoqchi edim, lekin uning referentlari har gal ish bilan bandligi haqida bahona qilishar edi. Internetda tarjimai holini oʻqisam, biz bir oʻqish joyini — Toshkent universitetini bitirgan ekanmiz. Izrael universitetning fizika-matematika fakultetini bitirgan ekan, uning ota-onasi fanlar doktori Anatoliy Ivanovich va Antonina Stepanovna odam va xayvon fiziologiyasi kaferasida ishlashgan.

Tahririyat topshirigʻini bajarish kerak va men akademikka xat yozishga qaror qildim: bu qanaqasi, biz bir joydanmiz, toshkentliklarmiz, qolaversa bitta universitetni tamomlaganmiz, siz esa menga intervyu berishni istamayapsiz! Bir soatdan soʻng, ular oʻzlari menga qoʻngʻiroq qilib, kelishimni soʻradi. Kabinetda anʼanaviy tarzda paxta rasmi tasvirlangan oʻzbek choynagi va piyolalar, quritilgan mevalar, novvot turardi. Biz koʻk choy ichib, Toshkent va universitet davrlarini esga oldik.

Yuriy Antoniyevich, buyuk iqlimshunos, jahonga mashhur olim, 2007 yilda ekologiya nominatsiyasida Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Izrael oʻshanda laureat unvonini AQShning sobiq vitse-prezidenti Albert Gor bilan boʻlishgan.

Toshkent universitetining mana shunday bitiruvchilari boʻlgan.

Toshkent davlat universiteti hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti hozirgi kunda sobiq sovet hududidagi davlatlar oʻrtasida yetakchi bilim yurti hisoblanadi. Kadrlarni tayyorlash 12 ta fakultetda amalga oshirilib, 46 ta yoʻnalishda bakalavriat, 116 ta mutaxassislik magistraturalar mavjud. Universitet dunyoning 30 ta davlatlarining oliy bilim yurtlari bilan akademik aloqalar yoʻlga qoʻyilgan, Ovrupa va Osiyo davlatlaridan talabalar oʻqishga qabul qilinmoqda.

Axir uning ustida Ulugʻbekning charogʻon yulduzi porlamayaptimi? Axir uni Sharqning buyuk faylasufi ruhi qoʻllab-quvvatlamayaptimi?

Asosiy mavzular