11:08 23 Avgust 2017
Efir
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xanif Shadaminov

Xanif Shadaminov: qanday qilib urushda xalqlar otasi Stalin bilan uchrashganim haqida

Sputnik
Analitika
Havola olish
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)
225980

"1945 yil edi. Stalin biz bilan suratga tushdi va men bu suratni saqlab qoʻydim. Surat orqasiga - Berlinga safar, deb yozib qoʻyganman. Bu hayotimdagi eng katta voqealardan biri boʻlgan. Axir Stalinni koʻrish, qolaversa u bilan birga suratga tushish katta ish sanalardi", - deya hikoya qildi suhbatdosh

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Bugun 93 yoshni qarshi olgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, toshkentlik Xanif Shadaminov ogʻir urush yillarini eslashni yoqtirmaydi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda, u frontga 1943 yilda ketgani va Gʻalaba kuniga qadar kontrrazvedkada aloqachi boʻlib xizmat qilgani haqida gapirdi. Veteran oʻz hikoyasi davomida, kamtarinlik bilan, hech qachon ilgʻor boʻlmaganman, shu bois urush zahmatlarini boshdan kechirmaganman, deya taʼkidladi. Biroq Xanif aka dushman bilan yuzma-yuz jang qilgan askarlar qatorida boʻlmagan esa-da, veteranning otasi Damin Shadaminov urushda mardlarcha halok boʻlgan soldatlardan biri boʻlgan.

"Urushning dastlabki kunlarida otam halok boʻldi. Komandiri otamni oʻrmonzorda katta qaragʻay ostida dafn qilgan va qabr ustiga taxtachada "bu yerda jasur jangchi Damin Shadaminov dafn qilingan" deb yozib qoldirgan ekan. Sal keyin qoraxat olganmiz", — deya esga oldi Xanif Daminovich.

Veteranning soʻzlariga koʻra, vaqt oʻtib, tinchlik oʻrnatilgach, u Leningrad yaqinidagi ota qabrini ziyorat qilgan. Xanif Shadaminov suhbat davomida hayotida roʻy bergan bir afsonaviy uchrashuvni hech qachon unutmasligini aytdi. Veteran Brestda kutilmaganda proletariylar yetakchisi Stalinni uchratib qolgan ekan.

Xalqlar otasi oʻsha vaqtda amerikaliklar bilan kelishuv imzolagani Berlin anjumaniga yoʻl olayotgan boʻlgan.

"1945 yil edi. Stalin biz bilan suratga tushdi va men bu suratni saqlab qoʻydim. Surat orqasiga — Berlinga safar, deb yozib qoʻyganman. Bu hayotimdagi eng katta voqealardan biri boʻlgan. Axir Stalinni koʻrish, qolaversa u bilan birga suratga tushish katta ish sanalardi", — deya hikoya qildi suhbatdosh.

Veteranning aytishicha, u Oʻzbekistonga tinchlik zamonlarida kelib qolgan. Bu yerda uning akasi yashagan.

"Toshkentga kelgach, Hasanboy posyolkasida gʻisht zavodini qurdim. Keyin boshqa obʼyektlarni, menga bu yer juda yoqadi va shu tariqa Toshkentda yashab qolganman. Urushda birga xizmat qilgan safdoshlarim ham shu yerga koʻchib kelishgan edi, biz keng koʻcha yoqalab xuddi bir oiladek yashaganmiz. Hozir koʻpchiligi oramizda yoʻq", — dedi Xanif Daminovich.

Veteran oʻzining koʻpsonli ordenlari va ularni qaysi xizmatlari uchun olgani haqida gapirishni xohlamadi. Kamtarinlik bilan munosib pensiya olayotgani va koʻrsatilayotgan hurmat va gʻamxoʻrlik uchun davlat rahbaridan minnatdorligini aytib oʻtdi.

Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Xanif Shadaminov iz Tashkenta
Sputnik
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Xanif Shadaminov iz Tashkenta

"9 may bayramiga prezidentdan sovgʻa tariqasida ikki million soʻm oldim, juda minnatdorman. Yigirmadan ortiq nevara, evaralarim bor, ularga shirinlik olib berib siyladim. Menga mashina sovgʻa qilishga vaʼda berishgan edi, ammo men unamadim, endi keragi yoʻq, axir baribir haydolmayman. Shavkat Miromonovichga bunday gʻamxoʻrlik uchun minnatdorman", — deb taʼkidladi veteran.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)

Asosiy mavzular