18:29 23 Oktyabr 2017
Efir
Tsentralnыy bank Kitaya

Xitoyning Markaziy Osiyo infratuzilmasiga sarmoya kiritishdan maqsadi nima

© REUTERS/ Kim Kyung-Hoon
Analitika
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
113031

Xitoy poytaxtida Osiyo, Yevropa va Afrikani bogʻlaydigan va jahon savdosining rivojlanishiga sabab boʻluvchi ulkan Ipak yoʻli loyihasiga bagʻishlangan "Bir kamar - bir yoʻl" forumi boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 13 may — Sputnik, Aleksey Stefanov. Pekinda 14-15 may kunlari Osiyo, Yevropa va Afrikani bogʻlaydigan va jahon savdosining rivojlanishiga sabab boʻluvchi ulkan Ipak yoʻli loyihasiga bagʻishlangan "Bir kamar — bir yoʻl" forumi boʻlib oʻtadi.

Oʻsha kunlari Xitoyda 28 mamlakat rahbarlari, jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi. Forumda 60dan ortiq davlat vakillari qatnashishadi, deyishdi ekspertlar "Rossiya segodnya" axborot agentligi matbuot markazida boʻlib oʻtgan Moskva – Pekin videokoʻprigida.

Xitoy Xalq universiteti xalqaro ishlar instituti direktori, professor Van Iveyning aytishicha, "Bir kamar — bir yoʻl" loyihasi allaqachon dastlab oʻylangan miqyosdan oshib ketdi. Loyiha jahon miqyosiga koʻtarildi va butun sayyora miqyosidagi platformaga aylanmoqda.

RFA Uzoq Sharq instituti direktori oʻrinbosari Andrey Ostrovskiyning fikricha, Xitoyga jahon miqyosiga chiqish ushbu mamlakat iqtisodiyoti imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo hajmini kengaytirish uchun kerak.

Xitoy bir necha yil avval jahon moliyaviy inqirozi bilan toʻqnash keldi, tashqi savdo hajmi muntazam ravishda pasaya boshladi va Ipak yoʻli loyihasi inqirozdan chiqishning deyarli yagona yoʻlidir. Xitoy aynan shu sababli Markaziy Osiyo mamlakatlariga anchadan buyon yirik mablagʻ kiritmoqda. Ostrovskiyning aytishicha, xorijga kiritilayotgan investitsiyalar umumiy miqdorining 20%ga yaqini ushbu mamlakatlarga toʻgʻri keladi.

Ekspertning fikricha, geografik joylashuv hisobiga Xitoy investitsiyalarining katta qismi Qozogʻistonga toʻgʻri keladi.

"Xitoy bejizga Qozogʻiston infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratmadi, bu yerda "Nurli jol" loyihasi yaratilgan. U alohida, lekin Ipak yoʻli loyihasi bilan bogʻliq boʻladi. Buning ustiga, bu yerda Kaspiy dengizidagi portlar, avtomobil va temir yoʻllari, chegara oʻtkazuv maskanlari rivojlanmoqda. Bu esa Qozogʻiston iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi", — deydi Ostrovskiy.

"Oʻzbekiston haqida gapiradigan boʻlsak, u Markaziy Osiyo uchun yirik bogʻlovchi tugun, Toshkent va Samarqand esa tayanch shaharlardir. Bu nimani anglatadi? Bu birinchi navbatda, mazkur hududning rivojlanishini anglatadi. Yirik shahar yaratish uchun ishni infratuzilmani rivojlantirishdan boshlash kerak. Bu yerda Osiyoni Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl tarmogʻi quriladi, iqtisodiyot rivojlanadi. Masalan, Xiva shahrini olaylik — u qudratli Xiva xonligining poytaxti boʻlgan. Bugun esa koʻzga unchalik tashlanmaydi, chunki u orqali hech qanday yirik transport yoʻnalishi oʻtmagan. Buxoro va Samarqand ham barcha transport yoʻllari markazida joylashgan Toshkentdan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, ushbu kamar qaysi shahar orqali oʻtsa, ular tayanch shaharga aylanadi, iqtisodiy rivojlanishda ustunlikka ega boʻladi, bu yerga odamlar oqib kela boshlaydi", — deydi Andrey Ostrovskiy.

U Markaziy Osiyo ikki loyiha — YEOIK va "Ipak yoʻli iqtisodiy kamari"ni birlashtirish uchun muhim hudud hisoblanishini bildirdi.

"Infratuzilma yaratish masalasi Tojikistonga ham tegishli, lekin bu yerdagi vaziyat Oʻzbekistondagiga nisbatan ancha murakkab. Chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan zaif. Xitoy tamoyiliga koʻra, bu yerda faqat Dushanbe tayanch shahar boʻlishi mumkin. Eng katta muammo esa togʻli hududlar bois avtomobil va temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishdir. Tojik-xitoy chegarasini olaylik — u katta, lekin chegara oʻtkazuv maskanlari bor yoʻgʻi bir-ikkita. Yoʻllarsiz esa ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish qiyin kechadi", — izohlaydi Ostrovskiy.

Ekspertning aytishicha, Qirgʻiziston bilan ham vaziyat shunday — chegara katta, chegara oʻtkazuv maskanlari esa kam va oʻtkazuvchanlik salohiyati juda past. Temir yoʻl esa umuman yoʻq.

"Bu savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga toʻsiq boʻladi. Xitoy shu sababli Qirgʻizistonda avtomobil yoʻllarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqda", — deya qayd etdi Ostrovskiy.

Ekspertning eʼtiroficha, Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga kamida oʻn besh yildan buyon mablagʻ kiritmoqda, chunki ulkan loyihalarni nimadan boshlashni biladi, deb yozadi  Sputnik Qozogʻiston.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular