21:57 17 Oktyabr 2017
Efir
Prezidentы Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran

Ekspert: Vashington AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi gʻoyaga muhtoj

© Flickr / Xadamoti matbuot
Analitika
Havola olish
116040

Prezident Shavkat Mirziyoyev "ochiq, doʻstona va pragmatik" pozitsiyaga sodiq ekanligini maʼlum qildi va qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni meʼyorlashtirish jarayonini boshladi

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. Vashington kun tartibida boʻlgan AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi gʻoyalarga muhtoj, deb hisoblaydi Amerika tashqi siyosat boʻyicha kengashi vitse prezidenti Ilan Berman. Podrobno.uz uning Foreign Affairs jurnalida eʼlon qilingan maqolasini chop etdi.

"Sobiq sovet makoniga alohida geosiyosiy markaz sifatida qarash vaqti keldi. Bunda Amerika strategiyasi xavfsizlik va iqtisodiyot boʻyicha alohida va mustaqil mintaqaviy hamkorlik tuzilmalarini yaratish jarayoniga yoʻnaltirilishi lozim", – deb yozadi Berman maqolasida.

Davlat rahbarlarining amaliy saʼy-harakatlari va siyosiy irodalari tufayli mintaqada yanada chuqur hamkorlik qilish uchun yangi sharoitlar yuzaga keldi. Ekspertning aytishicha, shu paytga qadar tashqi olam mazkur mintaqaga hududiy nizolar hamda energetika va suv resurslari ustidan nazorat oʻrnatish istagida bir-biri bilan raqobatlashuvchi davlatlar makoni sifatida qarab kelgandi. "Biroq oʻtgan yildan boshlab bu mamlakatlar hukumatlari investitsion muhitni yaxshilash, savdo va turizmni rivojlantirish boʻyicha jiddiy islohotlarni boshladi", – deb yozadi u.

"Hukumat tepasiga kelganidan soʻng qoʻshnilari bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan Oʻzbekistonning yangi rahbari bu borada ayniqsa ajralib turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev "ochiq, doʻstona va pragmatik" pozitsiyaga sodiq ekanligini maʼlum qildi va qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni meʼyorlashtirish jarayonini boshladi. U oʻzining ilk rasmiy tashriflarini Turkmaniston va Qozogʻistonga amalga oshirdi, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan aloqalarni sezilarli darajada yaxshiladi", – deya qayd etadi Berman.

Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshnilar Toshkentning mintaqada yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini oʻrnatish siyosatini ijobiy qabul qilishdi va qoʻllab-quvvatlashdi.

"Shu bois Vashington kun tartibida boʻlgan AQShning Markaziy Osiyodagi ishtiroki borasida yangi gʻoyalarga muhtoj. Mintaqadagi davlatlarda yuz berayotgan izchil oʻzgarishlar ularga Moskva va Pekinga raqobat nuqtai nazari orqali qarashni bas qilish kerakligini koʻrsatmoqda", – deb taʼkidlaydi ekspert.

Asosiy mavzular