20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Shvetsiyadagi TeliaSonera ofisi, arxiv surat

Gulnoraga berilgan pora, yoxud nega TeliaSonera Oʻzbekistondan ketmayapti

© Kārlis Dambrāns
Analitika
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
265112

TeliaSonera kompaniyasi oʻzbek bozoriga kirib kelgach yirik korruptsiya bilan bogʻliq mojaro ishtirokchisiga aylandi. Yevropa va Amerika OAVlari operatorni oʻzbek mansabdorlariga, xususan mamlakatning birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga pora berganlikda aybladi

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. TeliaSonera shved-fin telekommunikatsiya guruhi oʻzining Oʻzbekistondagi aktivi — Ucell brendi ostida faoliyat yuritayotgan Coscom kompaniyasini sotishga harakatini qoʻygani yoʻq, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Skandinavlar oʻtgan yilning yanvar oyidan boshlab Oʻzbekiston bilan xayrlashishga harakat qilib kelmoqda. Oʻshanda kompaniya — tarkibida Oʻzbekiston ham boʻlgan rivojlanayotgan bozorlarni tark etishi toʻgʻrisida xabar qilgan edi. TeliaSonera — Oʻzbekistondagi aktivini toʻliq sotishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Kompaniya nega bu qarorga kelgani haqida turli sabablar aytilgan boʻlsa-da, asosiy vaj sifatida TeliaSonera respublika bozoriga kirib kelishi bilan bogʻliq yirik korruptsion janjal koʻrsatilgan edi. Yevropa va Amerika OAVlari operatorni oʻzbek mansabdorlariga, xususan, birinchi prezidentning qizi — Gulnora Karimovaga pora berganlikda ayblashdi.

Misol uchun, shved televideniyesi TeliaSonera 2007 yilda Oʻzbekistonda litsenziya olayotgan vaqtda Gibraltarning oshfor Takilant kompaniyasiga 330 million dollar miqdorda porani toʻlagani haqida syujet namoyish etdi. Hammasi ham mayli, ammo ushbu kompaniya rasman — Gayane Avakyan, Gulnora Karimovaning yaqin dugonasi va ishonchli vakiliga tegishli boʻlgani bois, oqibatda, oʻtkazilgan pullar kimning choʻntagiga borib tushgani aniq va ravshan edi…

OAVlarda ushbu maʼlumotlar chop etilgach, AQSH va Yevropa davlatlarining qator tergov organlari korruptsiya faktlari boʻyicha oʻz tekshiruvlarini boshlashdi. Yuzaga kelayotgan janjal arafasida TeliaSonera ichki tekshiruv oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi va soʻngra toʻrt nafar top-menejerlarning ishdan boʻshatilgani haqida maʼlumot berdi. Sal oʻtmay TeliaSonera oʻz nomini Telia Company etib oʻzgartirdi. Ekspertlarning aksariyati oʻshanda bu rebrending koʻproq oʻz nomini yuqoridagi mojarodan "tozalash" uchun amalga oshirilganini aytishgan edi.

Gayane Avakyanga toʻxtaladigan boʻlsak, 2014-yilning fevralida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi unga va Gulnora Karimovaning yana bir nechta yaqin yordamchilariga chet elda soxta kompaniyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, chet el valyutasini yashirish va respublika sarhadidan tashqariga olib chiqib ketish boʻyicha ayblovlar eʼlon qilgan edi. May oyi oxirida Oʻzbekiston Harbiy sudi Gayane Avakyan va yana 14 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov eʼlon qildi. Sud ushbu ish boʻyicha barcha figurantlarni kriminallashgan jinoyatlarda aybdor deb topdi va barchasiga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Shved-fin guruhiga toʻxtaladigan boʻlsak, u bir yarim yildan buyon Oʻzbekistondagi aktivini sotishi haqida gapirib keladi, ammo arava hamon joyida. Kuni kecha oʻtkazilgan Xalqaro press-klub yigʻilishi ham hech narsaga oydinlik kiritgani yoʻq. Yigʻilish davomida Ucell bosh direktori Tonu Gryunberg sotuv jarayoniga quyidagicha izoh berdi:

"Bu jarayon ikki yildan beri davom etmoqda. Kompaniya hali sotilgani yoʻq, balki sotilib qolar. Bu ish bilan Stokgolmdagi taʼsischilar shugʻullanishmoqda. Ehtimol yangi sohiblar paydo boʻlar, ammo kim va qachon degan savollarga izoh bera olmayman. Men shunchaki bexabarman", — degan Gryunberg.

Oʻzbek va chet el analitiklarining aksariyati esa soʻnggi vaqtlarda aktivlar savdosi jarayoni ikkinchi planga oʻtganini gapirishmoqda. Islom Karimovning vafotidan soʻng iqtisod hamda boshqa sohadagi liberalizatsiya jarayonlari boshlangach, ehtimol kompaniya Oʻzbekistonda biznes uchun sharoitlar qanchalik oʻzgarishini kutishga qaror qilgandir.

"Bugun Oʻzbekiston bozori shiddat bilan oʻzgarmoqda. Ilgarilari skandinavlar konvertatsiyasi yoʻqligidan nolishardi, endilikda bu muammo deyarli oʻz yechimini topdi. Bundan tashqari, kompaniya 9 million abonentlari bilan respublika mobil operatorlar bozorida ikkinchi oʻrinni egallab turgan kelajagi istiqbolli aktivlarga ega. Kompaniya bosh raqibi — "Bilayn" — respublika hukumati va kuch tizimlarida qator amaldorlarning qoʻllab-quvvatlashi evaziga eng qulay shart-sharoitlarga ega edi. Endilikda u shaxslar qaror qabul qilish dastaklaridan chetlashtirilgan. Shu bois operatorlar bozori endilikda yanada raqobatbardosh boʻladi", — deb tushuntirdi vaziyatni Sputnik Oʻzbekistonga ekspertlardan biri.

Boshqa mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, TeliaSonera boʻlib oʻtgan yirik korruptsiyaga oid janjaldan soʻng oʻzbek operatoriga mos mijozlarni topa olmayapti, xolos. Shu bois ham u shoshilmayapti, arzon sotib qoʻymaslik uchun.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular