"Qirg‘iz - o‘zbek": ikki davlatning "yangi" munosabatlari haqida

Obuna bo‘lish
Sputnik Qirg‘iziston muxbiri Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashishi ikki respublika ahli uchun qanday ahamiyat kasb etgani haqida mulohaza yuritdi

Esen Shishkarayev

2016 yil oxirida Andijon va O‘shda bo‘lib o‘tgan rasmiy delegatsiyalar uchrashuvlaridan so‘ng joriy yil boshida ko‘plab ekspertlar o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanishini kutishgandi. Voqealar tezlik bilan rivojlanadigan tuyulgandi, ammo bir oz vaqt sukunat yuzaga keldi. Mamlakatlar bo‘lib o‘tgan jarayonlarni "hazm qilishi" va navbatdagi qadamlarni o‘ylab olishlari kerak edi.

So‘zdan amaliy ish sari

Yillar davomida shakllangan vaziyatni bir soat ichida o‘zgartirib yuborish oson emas. Zero ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, tegishli farmon va farmoyishlar berish — xullas, barcha burokratik "an’ana va udumlar"ga rioya qilish lozim.

V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Do‘stona javob tashrifi: O‘zbekiston delegatsiyasi O‘sh shahrida

Aslida ikki respublika hukumatlari eng asosiy muammo — chegaralar demarkatsiyasi va delimitatsiyasi borasida murakkab ishni amalga oshirdilar. Tomonlar o‘rtasidagi so‘nggi kelishuvlar bu masalada sezilarli ravishda olg‘a qadam tashlanganligidan guvohlik berib turibdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov aprel oyidayoq "Qirg‘iziston bilan hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha oldinga qadam tashladik. Xususan, chegaralar demarkatsiyasi va delimitatsiyasi kabi qiyin, nozik masalada ham. Bugunga kelib deyarli ming kilometr chegarani belgilab bo‘ldik", degandi.

Darhaqiqat, umumiy uzunligi 1370 kilometrni tashkil etuvchi o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 58 uchastkasidagi atigi 300 kilometr masofagina kelishilmadi. Toshkent ilgari kuzatilmagan ravishda ayrim yon berishlarga rozi bo‘lmoqda, Bishkek esa o‘z navbatida muammolarni hal qilishni ortga surmayapti. Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bahorda "Ular (hukumatlararo komissiya vakillari — tahr.) barcha chegaralar bo‘ylab piyoda yurib aniqlashmoqda" degandi.

Muz haqiqatan ham joyidan ko‘chgani oydinlashdi. Bo‘lib ham, nafaqat chegaralarni demarkatsiya qilish, balki fuqarolarning chegaralarni kesib o‘tishlari borasida ham. Yaqindagina chegaraoldi nizolari sabab tez-tez to‘qnash kelgan davlatlar uchun bu oldinga tashlangan katta qadamdir.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz aloqalarini mustahkamlovchi tadbirlarni taklif qildi

To‘rt oy o‘tib-o‘tmay Bishkekka O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan keldi. Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvda bir nechta kelishuvlarga erishildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon bu darajada yuqoriga ko‘tarilmagandi. Gap shundaki, sakkiz yil davomida ilk marta Bishkekda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha delegatsiyalar uchrashuvi ham 2009-yildan buyon ilk bor bo‘lib o‘tdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga hamda yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar almashuv hajmini ikki baravarga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirgan tomonlar so‘zdan amaliy ishga o‘tishdan cho‘chimasliklarini ko‘rsatishdi.

O‘zgarishlar sezilmoqda

Shu bilan birga har ikki tomon chegarachi va bojxonachilarining o‘zaro suhbatlarda yana bir oz vaqtdan so‘ng o‘zaro munosabatlardagi o‘zgarishlarni har bir fuqaro sezishi mumkinligi haqida aytishsa-da, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari orasida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Ikki respublika xalqlari orasidagi qalin munosabatlar 2010-yilda chegaradn o‘tish tartibining keskinlashgani bois uzilib qolgandi va odamlar bu muammo hal bo‘lishini kutishmoqda.

Qirg‘izistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi Farg‘onaga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona mahsulotlari Qirg‘iziston tadbirkorlarida havas uyg‘otdi

O‘sh va Jalol-Oboddagi bozorlar esa o‘zgarishlarni bahordayoq sezdi. Bu bozorlar "made in Uzbekistan" mahsulotlari: o‘yinchoqlar, plastmassa mahsulotlar va boshqa xalq iste’moli mollari bilan to‘la boshladi. Ammo bularning aksariyat qismi hozircha kontrabanda ko‘rinishida keltirilmoqda.

Chegaralarning ochilishi birinchi navbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo munosabatlari rivojlanishiga katta turtki beradi. 2010-yilga qadar ayrim o‘rinlarda iqtisodiyotlarimiz chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sir emas. Qirg‘iziston O‘zbekistondan arzon, lekin malakali ishchi kuchi kirib kelishiga tayyor turishi kerak. Bundan tashqari, qo‘shni respublikadan arzon qishloq xo‘jalik mahsulotlari kirib kelishi birinchi navbatda mahalliy fermerlarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Boshqa tarafdan, bizning tadbirkorlarimiz O‘zbekistonning yirik bozoriga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston o‘zbek avtomobillarini sotib olishga tayyor – Jeenbekov

"O‘zbekistondan mineral resurslar, paxta xomashosi, avtomobilsozlik mahsulotlari, tibbiy ashyo va dori-darmonlar sotib olishga tayyormiz. O‘z navbatida Qirg‘iziston ham O‘zbekistonga oziq-ovqat va qayta ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari, go‘sht-sut hamda to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qila oladi", — deya ta’kidlagandi Jeenbekov.

Xususiy tadbirkorlar va tijorat tuzilmalari ertagayoq munosabatlarni tiklashga tayyor. Ular bir-birlari bilan qo‘ng‘iroqlashishapti va qachonlardir uzilgan aloqalarni tiklashapti — demak, har ikki respublika aholisi o‘z hukumatlariga ishonishmoqda va ulardan aniq qadamlarni kutishapti.

Kelishuvlar shu yil oxiriga qadar amalga oshishiga umid qilib qolamiz. Qirg‘iziston janubida Toshkent chegaralarni ochish uchun Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tishini kutmoqda, degan mish-mishlar yuribdi…

Yangiliklar lentasi
0