14:12 24 Oktyabr 2017
Efir
Pisatel i publitsist Armen Gasparyan

Siyosatshunos Oʻzbekistonda Islom Karimovsiz oʻtgan bir yil haqida

© Sputnik/ Vadim Shekun
Analitika
Havola olish
278222

Islom Karimov davri - u rahbarlik qilgan chorak asr - koʻplab sinovlar davri boʻldi, u Oʻzbekiston davlatchiligiga asos soldi, deb hisoblaydi siyosatshunos Armen Gasparyan

Siyosatshunos Armen Gasparyan va Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Anton Kurilkin Islom Karimovsiz oʻtgan bir yil va respublikaning bugungi hukumati qaysi yoʻldan borishi mumkinligi haqida suhbat qurishdi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Oʻtgan yili aksariyat siyosatchilar Oʻzbekistonda hokimiyat almashinuvi tekis kechmasligi, ichki siyosiy kelishmovchiliklar oqibatida siyosiy inqiroz yuz berishidan xavotirlanishgan. Lekin respublikada bunday holatga yoʻl qoʻyilmadi, deydi siyosatshunos.

Gasparyanning fikricha, vaziyatni izdan chiqarishni istovchilar uchun Oʻzbekiston Buyuk ipak yoʻlida joylashgan eng "yogʻli oʻlja" hisoblanadi. Uning aytishicha, bu yerda vaziyat izdan chiqadigan boʻlsa, bu bir zumda qoʻshni respublikalarga, jumladan Xitoyga ham taʼsir qiladi.

U bundan bir necha yillar avval Qirgʻizistonda "baxmal inqilobi" orqali vaziyatni izdan chiqarishga urinishlar boʻlganligini eslab oʻtdi. Ekspertning fikricha, Oʻzbekiston ham ayrim okeanorti analitiklari tomonidan ana shunday holatni keltirib chiqarish mumkin boʻlgan ehtimoliy maqsadlardan biri sifatida baholangan.

Gasparyanning eʼtiroficha, Oʻzbekistonning yangi hukumati oʻzining ustuvor yoʻnalish va maqsadlarini qatʼiy tarzda bayon etish orqali kimdir biror "hunar" ishlatmoqchi boʻlsa, yaxshisi bunday qilmasligi kerakligini bildirib qoʻydi.

Siyosatshunos Oʻzbekistondagi bugungi oʻzgarishlar, mamlakat oldida turgan vazifa va muammolar, respublikaning ichki va tashqi siyosati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil suhbatni (rus tilida) ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Asosiy mavzular