14:14 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Ekspert Mirziyoyev va Atambayevning tarixiy uchrashuvi haqida: Eyforiyaga berilish kerak emas

Ofitsialnыy sayt prezidenta KR
Analitika
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
413234

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari oʻzbek siyosatshunosi bilan suhbatda boʻldi. Ekspert Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifidan nimani kutish mumkinu, nimadan umid qilmaslik kerakligi borasida fikr yuritdi. Suhbatdoshga koʻra, Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifidan "eyforiyaga" berilmaslik kerak

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakunlandi. Ushbu tashrif yakuni aksariyat ekpertlar tomonidan turlicha baholandi. Ikki davlat rahbarlari esa ushbu uchrashuv — qoʻshnilar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni tubdan oʻzgartiradi, degan fikrni bildirdilar.

"Oʻzbek yetakchisining qoʻshni mamlakatga tashrifi yakunini baribir oʻta yuqori baholash kerak emas, eyforiyaga berilib, shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarmaslik lozim. Oʻtgan oʻn yilliklar mobaynida ikkiyoqlama munosabatlarda shu qadar koʻp muammolar yigʻilib qolgan-ki, ularning yechimi yetarlicha koʻp vaqt, kuch va vosita talab qiladi", — deb fikr bildirdi ekspert.

Siyosatshunos fikriga koʻra, erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyati eng avvalo Qirgʻizistondagi siyosiy rejim barqarorligi va mustahkamligiga bogʻliq.

"Tan olish kerak, imzolangan hujjatlar, shunindek, yetakchilarning, ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning dadil bayonotlari aksariyat olimlar, ekspertlar, mutaxassislarni qaysidir maʼnoda xushyor torttirdi, hattoki, "shok"ka soldi deyish mumkin. Ular orasida inqilobiy taʼkidlar koʻp boʻldi: deylik, rasmiy Toshkentning togʻoldi daryolarida gidroenergetika masalalari boʻyicha oʻz pozitsiyasini dadil oʻzgartirishi, ikki mamlakat oʻrtasidagi chegaralarni aniq belgilash boʻyicha ishlarni bunga misol keltirish mumkin", — deya izoh berdi suhbatdosh.

Shu oʻrinda ekspert oʻz-oʻziga savol berdi: "Xoʻsh, tashrif asnosida aslida nima yotibdi — ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalarining yaxshi tayyorgarligimi yoki yangi oʻzbek yetakchisining siyosiy irodasi? Siyosatshunos bu yerda ikkinchisi koʻproq mos tushadi, degan fikrda toʻxtadi. Va agar shunday ekan, mulohazani davom ettirdi u, u holda "barcha frontlar boʻyicha", ayniqsa, Oʻzbekistonning kuch tizimi biloki faoliyatida qoʻshimcha "nagruzka" yuzaga keladi. Axir oʻzbek siyosiy rejimi tashqi tarafdan boʻladigan tahdidlar, ayniqsa, terroristik xavf-xatarlarning oldini olish choralarini oʻzi uchun ustuvor vazifa sanab kelgan".

Suhbatdosh, shuningdek, "ochiqcha gapiradigan boʻlsak, demak boshqa qoʻshnilar, yirik ishtirokchi-davlatlar ham Toshkent va Bishkek oʻrtasidagi sentyabr diplomatiyasini "hazm" qilishga tayyor ekan" degan fikrni bildirdi.

"Axir bizlarning birgalikdagi dardimiz — Oʻshdagi fojiaviy hodisalar — oʻz-oʻzidan yuzaga kelgani yoʻq. Bunday hodisalarni tashkil qilish uchun oʻsha vaqtdagi qirgʻiz elitasi, mahallik kriminal vakillarining pullari shunchaki yetmas edi. Demakki, koʻp narsa Moskva, Pekin, Vashington, Bryussel va hatto Ostona va Ashxobodning oʻzbek-qirgʻiz munosabatlari normallashuvi jarayoniga hech boʻlmasa bilvosita boʻlsa ham qoʻshilishga tayyorligini anglatadi", — deya xotima qildi ekspert.

Ekspert shu bilan birga ikkala davlatda ham bir-biriga yaqin boʻlish istagi kuchli ekanligini, ikki xalq bir-biriga talpinayotganini, meʼdaga tegib ketgan bojxona toʻsiqlarini sindirib, chegaraning u tomonida boʻlgan qarindoshlarinikiga yugurish istagi hammada kuchli ekanini taʼkidladi… Ammo jahon tarixi shundan saboq beradi-ki, shu singari barchaga tushunarli psixologiyani hayotga tatbiq etish uchun ham "toʻlov" kerak. Busiz boʻlmaydi.

"Bularning barchasi, meni kechirasizu, pul turadi. Oʻz fuqarolari istaklarini amalga oshirish uchun ikki davlatda nafaqat siyosiy balki moliyaviy imkoniyatlari yetarlimi — buni vaqt koʻrsatadi", — deb suhbatga yakun yasadi ekspert.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular