04:47 24 Sentyabr 2017
Efir
Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy banki filiali valyuta ayriboshlash shoxobchasida banknotalarni sanayotgan ayol.

Valyuta erkinligining ilk natijalari yoxud qaydasan, dollar?

REUTERS / Mukhammadsharif Mamatkulov
Analitika
Havola olish
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)
169260

Valyutaga oid islohot oʻzbekistonliklarga qanday taʼsir koʻrsatdi? Yangi tizimda nimani mukammalashtirish darkor, shuningdek "qora bozor" valyuta liberalizatsiyasiga qay tariqa moslashmoqda - barchasi Sputnik materialida

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda erkin konvertatsiya kiritilganiga roppa-rosa bir hafta boʻldi. Oradan ancha yillar oʻtib, aholi mamlakat banklariga valyuta topshirish va, aksincha, uni sotib olish imkoniga ega boʻldi. Ammo keyingi vaqtlarda hammasi ham aslida biz kutganday oddiymasligi ayon boʻlmoqda. 

Bugungi kunda respublikada dollar eng keng tarqalgan va ehtiyoj eng katta boʻlgan valyuta maqomini saqlab kelmoqda. Talab bor joyda. tabiiyki, qora sxemalar ham boʻladi. Bunga shuncha yillardan beri eng katta korruptsiya mana shu amerika valyutasi atrofida charx urganini misol keltirish mumkin.

Shu vaqtgacha odamlar dollarni banklardan erkin sotib ololmasdilar, buning uchun "qora bozor"ga murojaat qilish talab etilardi. Tabiiyki, noqonuniy valyutachilar ham oʻz navbatida fuqarolarga dollarni davlat kursidan ikki barobar qimmat narxda pullar edi.

Bank tomonidan oʻrnatilgan pasaytirilgan kurs esa tepadagi maʼlum amaldorlar "choʻntagi" uchun xizmat qilib, ular bundan yaxshigina daromad koʻrishdi ham.

Joriy yil beshinchi sentyabr kuni erkin konvertatsiyaning kiritilishi mamlakatda haqiqiy shov-shuvli hodisaga aylandi.

Odamlar guruh-guruh boʻlib banklarda tashkil qilingan valyuta ayriboshlash shoxobchalari tomon shoshildilar va dollarni respublika Markaziy banki tomonidan rasman belgilangan kurs — bir dollar uchun 8100 soʻm qiymatida almashtirdilar. Banklarda dollar kursi qora bozorda oʻshanda oʻrnatilgan narxdan qimmatroq belgilanishi esa valyuta ayriboshlash shoxobchalari oldida navbatlar hosil boʻlishiga sabab boʻldi.

Taʼkidlash jozi, aholi umrida birinchi marta moliyaviy muassasada valyutani qora bozordan yuqori narxda, buning ustiga pasportsiz almashtirish imkoniyatiga ega boʻldi. Mablagʻning umumiy miqdori 10 ming dollarga yetsagina shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilar edi.

Bundan tashqari endilikda dollar sotib olish imkoni paydo boʻldi. Toʻgʻri, qoʻlingizga hech kim dollarni berib qoʻygan emas, bankdan valyutani xarid qilgan taqdiringizda u sizga konversion deb atalmish kartaga tushirib berilsada, ammo bankdan dollarni erkin xarid qilish imkoni yaratilishi ham oʻziga xos voqea boʻldi.

Bu yerda ham bitta "lekin"i bor, konverkartalardan mamlakat ichida emas, faqat chet elda foydalanish mumkin.

Ammo shu bilan birga aholi uchun dollar xarid qilishda barcha cheklovlar olib tashlangan, endilikda valyuta uchun toʻlovni nafaqat naqd pulda balki soʻm plastik kartalarda ham amalga oshirish mumkin. Ilgarilari bu haqda gap-soʻz boʻlishi mumkin emasdi.

Yana bir kachiligi endilikda fuqarolar bir kvartalda besh ming dollargacha valyutani xarid qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston milliy banki Toshkentdagi filialida faoliyat yurituvchi xodimning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda eski kompyuter tizimidagi ushbu kamchiliklar ustida ish olib borilmoqda. Xususan, yaqin kelajakda mamlakatda hayotga tatbiq etilayotgan valyuta islohotiga binoan jismoniy shaxslar xohlagan miqdorda valyuta xarid qilishlari mumkinligini taʼkidladi.

Aniqlik kiritilishicha, bu operatsiyani amalga oshirish uchun moliyaviy muassasa mijozlaridan pasport yoki INNni taqdim etish soʻraladi. Ushbu jarayon bir necha kundan tortib bir haftagacha choʻzilishi mumkin.

"Qora bozor"ga qaytadigan boʻlsak, shuni alohida qayd etish lozimki, noqonuniy valyutachilar valyuta liberalizatsiyasining ertasi kunidayoq oʻz pozitsiyalarini qaytarib olishdi. Oʻzbekiston prezidenti Bosh prokuratura va IIVga nolegal valyuta operatsiyalariga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha bergan topshirigʻi Oʻzbekiston OAVlari tomonidan keng miqyosda yoritilgan boʻlsada, ammo amalda bu hech qanday natija bermadi.

Bankdagi "ur-sur"larning ertasi kuni "qora bozor" yana jonlandi. Aniqrogʻi, endilikda valyutchiklaravvalgidek "dollar bormi" deya odamlarga bozorlarda tashlanishmasada, oʻz faoliyatlarini yangi sxemada yoʻlga qoʻyib oldilar. Endilikda ular oddiy savdogar koʻrinishida yoxud odam gavjum joyda hatto "taksi" ichida ish qilishga kirishgan.

Shu kechayu-kunduzda valyuta bozorid dollar kursi 8250 soʻmni tashkil qilmoqda.

"Qora bozor"ning yoʻqotish bilan bogʻliq muammolardan biri shundaki, xalq "jonli" dollarni olish imkoniga ega ekan, noqonuniy valyutachilarga qarshi kurash kutilgan samarani berishi dargumon.

Mavzu:
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)

Asosiy mavzular