14:11 24 Oktyabr 2017
Efir
Shavkat Mirziyoyev, Emomali Raxmon i Nursultan Nazarbayev na sammite v Er-Riyade

Faol Toshkent: Mirziyoyev nega Markaziy Osiyo boʻylab safar qilmoqda

© Ofitsialnaya stranitsa prezidenta Tadjikistana v Facebook
Analitika
Havola olish
243160

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari orasida eng faoli, Emomali Rahmon esa uchrashuvlarda deyarli qatnashmayapti - Sputnik Oʻzbekiston muxbiri buning sabablariga oydinlik kiritishga urinib koʻrdi

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik, Anton Kurilkin. Markaziy Osiyoda oliy darajadagi uchrashuvlar soni keskin oshdi — oʻtgan oylar davomida Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston prezidentlari xalqaro tashkilotlar maydonlarida hamda ikki tomonlama muzokaralar shaklida bir necha martalab uchrashdilar.

Munosabatlarning faollashuvi va bunday uchrashuvlarda Tojikiston rahbari Emomali Rahmon nima uchun deyarli qatnashmayotganligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri tahlilida.

Diplomatiya muvaffaqiyatlari

Oʻtgan yil davomida eng faol yetakchi Shavkat Mirziyoyev boʻldi — Oʻzbekiston prezidenti Qozogʻiston va Turkmanistonga ikki martadan bordi, dam olish kunlari esa Toshkentda Nursulton Nazarboyev bilan, soʻngra Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Oktyabrda Oʻzbekistonga Mirziyoyevning qirgʻizistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev tashrif buyuradi. Bu prezidentlarning keyingi yil ichidagi uchinchi uchrashuvlari boʻladi.

Bu rahbarlar soʻnggi vaqtda xalqaro tadbirlar maydonlarida — Shanxay hamkorlik tashkiloti, IHT va MDH sammitlarida ham uchrashdilar.

Muhokamalarning asosiy mavzusi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik hamda umumiy muammolarni hal qilish boʻyicha rejalar tuzish — masalan, chegara punktlari faoliyati, savdo-sotiq tizimini soddalashtirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish kabilar boʻladi.

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi davomida prezidentlar bir nechta investitsion shartnomalar: GES qurilishi va ikkita yoʻl — temir yoʻli va avtomobil yoʻli qurilishi boʻyicha hujjatlar imzoladilar.

Qozogʻistonga tashrif ham muvaffaqiyatli boʻldi: muzokaralar yakuniga koʻra qozoq-oʻzbek biznes forumlari turkumi boshlandi.

Ikki tomonlama muloqotlar mintaqa uchun gʻayrioddiy shartnomaga olib keldi — harbiy texnika yetkazib berish. Qozogʻistonning Kazakhstan Paramount Engineering kompaniyasi 15 sentyabr kuni Oʻzbekistonga minaga qarshi himoyaga ega zirhlangan avtomobillar yetkazib berishini eʼlon qildi.

Turkmanistonga tashriflar ham samarali yakunlandi: Mirziyoyevning ikki tashrifi natijalariga koʻra mamlakatlar hamkorlik borasida bir nechta shartnomalar imzoladi, alohida korxonalar esa transchegaraviy sheriklikni yoʻlga qoʻydi.

Toshkent oʻrnak boʻlmoqda

Keyingi bir yil davomida Markaziy Osiyodagi davlatlar munosabatlaridagi vaziyat keskin oʻzgarib ketdi va MDH mamlakatlari instituti Markaziy Osiyo boʻlimi mudiri Andrey Grozinning Sputnik Tojikistonga aytishicha, bunga Toshkentdagi rahbariyatning oʻzgarishi sabab boʻlgan.

"Vaziyat sezilarli ravishda sogʻlomlashmoqda. Agar bugungi holat bilan bundan ikki yil avvalgi holatni solishtiradigan boʻlsak, farq yer bilan osmoncha. Toshkentning qoʻshnilar bilan munosabatlaridagi keskinlik yumshadi va bu mening fikrimcha, Shavkat Miromonovichning faol pozitsiyasi tufayli yuz berdi", — dedi Grozin.

Ekspertning aytishicha, Oʻzbekistonning yangi prezidenti barcha bilan faol muloqot qilmoqda — koʻplab safarlarga chiqmoqda, koʻplab uchrashuvlar oʻtkazmoqda va hattoki koʻplab ziddiyatlar boʻlgan Qirgʻiziston va Tojikiston bilan ham muloqot qilmoqda hamda bahsli holatlarni yechishga harakat qilyapti.

Umuman olganda, Grozinning taʼkidlashicha, ayrim muammolar — suvdan foydalanish, aniqlanmagan chegaralar, anklavlar, tovar almashishdagi muammolarga qaramasdan, oldinga siljish boʻlmoqda, vaziyat esa yaxshi tomonga oʻzgara boshladi.

Umumiy trenddan esa faqatgina Dushanbe tushib qolmoqda: ekspertning aytishicha, bu birinchi navbatda Rahmonning tashqi siyosatdagi strategik hisob-kitoblari bilan izohlanadi.

"Nazarimda, Dushanbe oqilona tashkil etilmagan tashqi siyosati sababli umummintaqaviy jarayonlardan tashqarida qolib ketdi. Shuning ortidan tojik-oʻzbek munosabatlari qotib turibdi", — deb qoʻshimcha qildi Grozin.

Buning ustiga, tomonlar munosabatlarni tiklashda kim "birinchi qadam"ni tashlashi lozimligini aniqlay olishmayapti.

"Tashabbus kim tomonidan chiqishi soʻroq ostida. Toshkent "koptok" Dushanbe tomonida deb hisoblamoqda. Tojikiston poytaxtidagilar esa aksincha hisoblashmoqda — ayniqsa, Oʻzbekiston Bishkek bilan yaxshi munosabat oʻrnata olishini koʻrsatganidan keyin", — xulosa qildi ekspert.

Kuch birlikda

Mintaqada ikki tomonlama munosabatlarning faollashuvi iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik bilan bir qatorda xavfsizlikka tahdidning ortishi bilan ham izohlanadi, deb hisoblaydi Lomonosov nomidagi MDU professori, siyosatshunos Andrey Manoylo.

"Xavfsizlik sohasidagi vaziyat keskinlashmoqda… Davlatlar rahbarlari jiddiy tahdidlar mavjudligini sezib turishibdi", — deydi ekspert.

Manoyloning fikricha, hozirda Tojikistonda murakkab ichki vaziyat hukm surmoqda — masalan, yuqori martabali ofitserlarning jangarilar tomoniga oʻtib ketishlari yuz berdi. Boshqa tarafdan, mamlakat chegarasini tojik harbiylari bilan birga Rossiya Qurolli kuchlarining 201-bazasi shaxsiy tarkibi qoʻriqlamoqda.

Manoyloning taʼkidlashicha, umuman olganda, Markaziy Osiyo rahbarlari nishon ostida alohida davlatlar emas, balki butun mintaqa turganligini juda yaxshi tushunishadi va shuning uchun xavfsizlik masalalari faqatgina birgalikda hal etish mumkin.

Asosiy mavzular