14:12 24 Oktyabr 2017
Efir
Rekonstruktsiya Sadovogo koltsa Moskvы

Moskvadagi ulkan qurilish ishlarini kim bajardi?

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Analitika
Havola olish
Lev Rыjkov
207541

Sputnik Moskvadagi "Sadovoye koltso" halqa yoʻlini qayta qurish ishlarini bajargan ishchilar bilan suhbatlashdi. Ular koʻpchiligi Armaniston va ozarbayjonliklar ekan.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik, Lev Rыjkov. Ushbu yilning 9 sentyabr kuni "Moskvada kuni" bayrami nishonlandi. Ushbu kun Moskva markazida bir necha yil davom etgan yirik qurilish ishlarining nihoyasiga yetgani ham tantana qilindi.

Ulkan qurilish ishlari haqida

Haqiqatdan Moskvada misli koʻrilmagan taʼmirlash ishlari bajarildi. Maqolaning muallifi hech qachon bunday hashamatli qurilish ishlarini koʻrmagan ekan. Eng chekka qishloqlardagi yirik vayrongarchiliklarni koʻrganu, lekin shaharning oʻrtasida bunday ulkan qurilish ishlarni hech qachon koʻrmagan.

Shu yil yoz faslida Moskva markazida qurilish ishlari bilan deyarli hamma joyda toʻqnashish mumkin edi. Qurilish ishlari har bir koʻchada, tor koʻchalarda, bogʻlarda olib borildi. Hisob-kitoblarga koʻra, Moskva rekonstruktsiya ishlarida 300 ming ishchi jalb qilingan.

Ushbu qurilishi jarayonini qadimgi Mirsdagi piramidalar qurilishi bilan taqqoslash mumkin. Moskvadagi marmar plitalar piramidalar xarsang toshlariga nisbatan yengilroq boʻlsada, lekin qurilish umumiy jarayonning hajmi jihatidan bir xil boʻlgan.

Rekonstruktsiya davomida qulay sharoitda yashashga oʻrganib qolgan moskvaliklar yogʻoch koʻpriklardan, ayniqsa tuproqdan, chagdan va balchiqdan oshib oʻtishni,  shovqin-suroniga ostida yashashni oʻrganishdi. "Sadovoye koltso" halqa yoʻli ichida tunu kun tosh kesuvchi arralarning tovushi eshilib turdi.

Baʼzan shahar aholisiga ushbu taʼmirlash ishlari hech qachon tugamaydgan oʻxshasa-da, lekin har qanday katta ishning ham oʻz chegarasi va meʼyori boʻladi.

Maqola muallifiga ushbu qurilish ishlari Sovet Ittifoqi davri qurilishlari aks etgan kinolentani eslatdi. Masalan, Spitak shahrida sodir boʻlgan zil-zilziladan keyingi yoki undan yigirma yil oldin Toshkentdagi qurilish ishlarini yaslatdi. Oʻsha vaqtlarda yonma-yon moldovanlar va belaruslar, oʻzbeklar va ruslar birgalashib mehnat qilishgan. Huddi shu qurilish jarayoni tantanali shiorlarsiz hozir ham koʻz oʻngimizda namoyon boʻldi.

Jaziramada, yomgʻirda va desantchilar bayrami kunida ham…

Taʼmirlash ishlarining soʻngi kunlaridan birida biz fotosuratchi bilan ishchilar bilan suhbatlash uchun bordik. "Sadovoye koltso" halqa yoʻlidagi  asosiy taʼmirlash ishlari yakuniga yetgan edi, ishchilar faqat soʻnggi "pardozlarni" berishmoqda.

Qurilish maydonchasida ish avjida. Baʼzi ishchilar toshli plitalarni belgilangan oʻlchamda arralab, yerga joylashtirmoqda. Ayrimlar rezina bolgʻachalar bilan urib toʻgʻrilashmoqda. Boshqalar zambilda qum tashimoqda. Yana kimdir yerni xaskash bilan tekishlashmoqda. Kimdir dam olib ovqatlashmoqda.

Qurilish maydoni yaqinida piyodalar tinimsiz oʻtib qaytib turishibdi. Ularning koʻpchiligi Moskva koʻchalarida keti uzilmaydigan qurilish ishlariga koʻnikib qolgan.

Muallif oldin ham turli joylarda ishchilar bilan suhbatlashgan. Odatda ishchilar savollarda qisqacha "ha" yoki "yoʻq" deb javob berishar, boshqalar boshliqlari gaplashishga ruxsat bermaganini aytishar edi. Hozir esa, biz suratga olishni boshlagandan gaplashishni istaydiganlar topilib qoldi. Hech kim jim turgani yoʻq, hech kim hech narsadan qoʻrqmayapti.

Bizga oʻzini Mixail deb tanishtirgan ishchi, gruziyalik armani boʻlib chiqdi. Anchadan beri Moskva viloyatida yashar ekan.

"Bizda shunday: bugun bu yerda ishlaymiz, ertaga u yerda. Bugun ish bor, ertaga yoʻq… Bu ishga juda koʻp odam toʻplandi. Ish boʻlmaganda hammamiz uyda aroq ichib oʻtirar edik. Moskva meri yaxshi odam ekan — hammani yigʻib ish berdi" — dedi Mixail.

Ish boshqaruvchi Levon Abayan bilan tanishdik. "Yarim yil davomida shu yerda ishlaymiz, shu koʻcha oʻzmizniki boʻlib ketdi"- deb taʼkidladi Abayan.
Qurilish ishlari bir kunga ham toʻxtagani yoʻq.

"Shanba-yakshanba kunlari ham odamlar ishlashdi. Yomgʻirda ham ustimizga kiyim kiyib ishladik. Aks holda belgilangan muddatga ulgurmas edik"- dedi Abayan.
Aytishlariga qaraganda, Gorkiy nomidagi istirohat bogʻi yaqinida 2 avgust kuni havo harbiy desant kuchlari kuni bayramida toʻqnashuvlar oldini olish maqsadida qurilish ishlari toʻxtatilgan ekan. Lekin ish boshqaruvchi buni tasdiqlamadi.

"Biz har doimdek ishladik. Shu kuni hech qanday dam olish kuni boʻlgani yoʻq" — deb taʼkidladi Abayan.

"Moskva aholisi bilan muomala qildingizlarmi? Hech tugamaydigan qurilish ishlari boʻyicha gʻazablanishmadimi? Yoki ular aksincha, "baraka topinglar!" deb qoʻllab-quvvatlashganmi?" degan savollarga quydagicha javob berishdi.

"Hamma narsa boʻldi, har kuni moskvaliklar bilan muomala qildik. Hammaga birdek yoqib boʻlmaydi. Kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi" — deb javob berdi ish boshqaruvchi.

Mixail oʻz soʻzida, ikki uch kun avval qurilish koʻprikchasian yiqilib tushgan bir ayolga taksi chaqirib bergan ekan.

"Yoʻlgacha uni kuzatib qoʻydim, taksi toʻxtatib berdim. Axir odamga yordam berish kerak-ku", — deb javob berdi Mixail.

Shundan soʻng, Mixail bizga murakkab dastgohlarni koʻrsatib berdi.

"Mana. Arra uchun noyob motorlar. Bular yordamida tosh plitalarni arralaymiz. Bunday arralar boshqa hech qanday joyda ishlatishmaydi", — dedi Mixail.

Bir dona toshli plitaning ogʻirligi taxminan 45 kilo. Ishchilar toshning aniq ogʻirligini aytay olmadi, lekin uning oʻlchamini yaxshi bilishar ekan.

"Ha, biz koʻnikib ketganmiz. Oʻlchamini tunda uygʻotib soʻrasangiz ham javob bera olamiz. Lekin ogʻirligiga kelsa, 40 kilo, yoki undan sal koʻproq boʻlishi mumkin".

Gruziyalik armanlar juda koʻp

Suhbatdoshlarmizning aytishlaricha, "Sadovoye koltso" halqa yoʻli qurilishida koʻproq armanlar ishlaydi. Mixail iftixor bilan "Gruziyalik armanlar juda koʻp. Ulardan koʻpchiligi anchadan beri Moskvada. Moskva yoki Moskva viloyati propiskasi bor", — deb taʼkidladi u.

Ikkichi oʻrinda — ozarbayjonliklar. Ular ham koʻplari propiskasi boʻyicha Moskvaliklar.

Men ularga savol berdim. "Armaniston va Ozarbayjon bir bir bilan toʻqnashuvlar boʻladiku! Qurilishda janjal qilmaysizlarmi?".

"Hukumatlar oʻrtasida pul sababli kelishmovchiliklar boʻladi. Qurilishda nimani talashamiz? Ular ishlaydilar, biz ham ishlaymiz. Hammasi yaxshi bizda"- deb javob berdi Abayan.

Uchinchi oʻrinda — ruslar. Moskvaliklar emas, balki koʻpchiligi Moskva viloyatidan va Rossiyaning boshqa viloyatlaridan kelganlar. Asosan professional quruvchilardir. Shuningdek, Qirgʻizistondan, Tojikistondan, Oʻzbekistondan va Moldovadan kelgan ishchilar ham ishlamoqda. Suhbatdoshimizning soʻzlariga koʻra, qurilishda belaruslar yoʻq.

"Ularni hech kim bilmaydi. Axir ularni ruslardan ajratib boʻlmaydiku. Lekin bu yerda belaruslar ham boʻlishi mumkin", — deb javob berdi.

Uylaymanki, Moskva shahrida istiqomat qiluvchilar va uning mehmonlari shahar tubdan yaxshilanganligini eʼtirof etishmoqda.

Ayrimlarga shaharning yangi qiyofasi — koʻchalar keng va toza boʻlganligi yoqqan boʻlsa. Boshqalar esa oldingi holati yaxshiroq boʻlganligi, yangi plitka qiyshiq va hunuk ekanligini aytishlari mumkin.

Lekin shaxsan men uchun ushbu qurilish noyob kashfiyot boʻldi: odamlar birga qurilish qilsa — urush qilishmas ekan. Ular talashadigan narsaning oʻzi qolmas ekan.

Qurilish sohasining allaqayerida, Rossiyaning milliy gʻoyasi yashiringan boʻlsa ajab emas, lekin negadir uni oʻnlab yillar davomida eng yetakchi olimlar ham topa olmayaptilar…

Asosiy mavzular