14:36 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezidentы Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev

Nazarboyev Toshkentda: harbiy birodarlik va kosmik istiqbollar

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Respubliki Kazaxstan
Analitika
Havola olish
Anton Kurilkin
90930

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Toshkentga amalga oshirilgan davlat tashrifini juda ahamiyatli deb hisoblash mumkin: dolzarb va dunyo miqyosidagi masalalar boʻyicha kelishuvlar hamda aniq shartnomalar ikki davlat munosabatlarni sezilarli mustahkamladi

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik, Anton Kurilkin. Harbiy hamkorlik, oʻzaro mahsulot aylanuvi va sayyohlar oqimini kengaytirish — Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Oʻzbekistonga birinchi tashrifi Toshkent va Ostona oʻrtasida munosabatlarining mustahkamlashga qaratilgan bosqichning mantiqiy yakuni boʻldi.

Qurol-yarogʻ, neft va savdo-sotiq ishlari

Oxirgi yillarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlar murakkab shaxmat partiyasini eslatar edi. Munosabatlar goh keskin, goh iliq boʻlar, bir tomonning ayrim qadamlari ikkinchi tmon uchun ogʻriqli kechar edi.

2017 yilda tomonlar oʻzaro murosa qilishga oʻtishdi. Bunday yondashishda, shaxmat oʻyinidan farqli oʻlaroq, barcha oʻz yutugʻiga erishadi.

Oʻtgan yil davomida prezidentlarning beshta uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ularning uchtasi ikki tomonlama tashriflar davomida, ikkitasi — xalqaro sammit doirasida oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvlarda, ikki mamlakat orasida birinchi bor, harbiy hamkorlik bitimi va harbiy sohada hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. 

Hamkorlikning dastlabki, sinov qadami sifatida Oʻzbekiston tomonidan Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan "Arlan" minadan himoyalangan, zirhli avtomobillarining xarid qilinishi boʻlishi mumkin.

Qozogʻistonning harbiy sanoat kompleksining mahsulotlari bilan Toshkentda oʻtkazilgan koʻrgazmada yaqindan tanishish mumkin. U yerda "Arlan" avtomobillaridan tashqari, oʻqotar quroldan himoyalangan nimchalar, optik pritsellarni koʻrish mumkin. Shuningdek, ishtisoslashgan harbiy avtomobillar — qoʻmondon shtab va aloqa va radioelektr kurashish avtomobillari namoyish qilingan.

Shuningdek, Qozogʻiston Oʻzbekistonga oʻzida ishlab chiqarilgan aloqa kosmik yoʻldoshlarini ham taklif qildi.

"Qozogʻiston va Oʻzbekiston koinot sanoati sohasida faol hamkorlik qilmoqda. Biz ushbu sohada oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻymoqdamiz. Qozogʻistonning yoʻldoshlari Oʻzbekiston uchun yer hududlarini oʻrganish boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, bular OAVlar uchun hozirgi narxlardan koʻra koʻproq arzon boʻladi", — deb taʼkidladi Qozogʻiston prezidenti.

Tomonlar farmatsevtika va mashinasozlik sohalarda mahsulot aylanuvini yanada oshirish rejalashtirilgan. Nazarboyev va Mirziyoyev yana ikkita savdo vakolatxonalarini ochish masalasini ham muhokama qildilar.

Oʻzbekiston prezidenti soʻzlariga koʻra, hozir hamkorlik sezilarli natijalarni bermoqda. Sakkiz oy ichida oʻzaro tashqi savdoning hajmi 35 foizga ortib, 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

"Biz oʻzimizga maqsad qoʻydik, ushbu raqamni yil yakuniga qadar 2 milliard dollargacha yetkazish, istiqbollda esa 5 millardga yetkazish. Shu bilan birga biz amin boʻldikki, ikki milliardlik koʻrsatkich bizning ushbu sohadagi munosabatlarining samarali imkoniyatlariga toʻliq javob bermayapti" — dedi Mirziyoyev.

Neftgaz sohasida ham rivojlanish bor. Qozogʻiston Oʻzbekistonning mahalliy neftni qayta ishlovchi zavodlariga 1 million tonna neft mahsulotlarini yetkazib berishga tayyor.

Suv va sayyohlar

Mamlakat rahbarlari iqtisodiy masalalardan yanada murakkab boʻlgan ekologik va gumanitar muammolarga oʻtishdi. Eng dolzarb va dunyo miqyosidagi masala bu suv resurslaridir. Nazarboyevga koʻra, tomonlar printsipial kelishuvga erishdilar.

"Biz barcha uchun dolzarb boʻlgan suv muammosini har tomonlama mahokama qildik. Biz barchamiz ikki katta daryo oraligʻida yashaymiz, har doim shunday yashaganmiz, keyinchalik ham shunday boʻladi. Biz, men uylayman, bu masalada muvaffaqiyatga erishdik. Bu butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir", — deb taʼkidladi Qozogʻiston prezidenti.

Prezidentlar Orol dengizi muammosini esga oldilar. Nazarboyevning soʻzlariga koʻra, ushbu tabiiy obʼyektni qutqarish faoliyati boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan xalqaro jamgʻarma ekologik inqirozni hal qilish yagona mexanizmi boʻlib qoladi. Kelgusi yilda ushbu masala boʻyicha yuqori darajada uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yana bir umumiy qiziqish boʻlgan soha bu turizmdir. Ikki davlat oʻrtasidagi mehmonlarning oqimi bir yarim baravarga ortdi. Bunga sabab nafaqat madaniy hamkorlik jadallashuvi, balkim transport qatnovining yaxshilanishi hamdir. Soʻngi 8 oyda ichida ikki davlat shaharlari oʻrtasida yangi temir yoʻl, avtomobil va aviaqatnov marshrutlari yoʻlga qoʻyildi.

Minnatdorchilik va doʻstlik belgisi

Albatta, sharqona anʼanalarga koʻra Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi mehmonni sovgʻasiz qoldirmadi. Muzokaralar yakuniga koʻra Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz hamkasabasini ikki davlat orasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli "El-yurt Xurmati" ordeni bilan mukofotladi.

Nazarboyev oʻz minnatdorchilik soʻzida ushbu mukofot kelgusi uchun katta avans boʻlishi, ikki davlat munosabatlarining yanada yuqori darajalarga koʻtarish boʻyicha istiqbolli vazifalari borligini aytib oʻtdi.

Toshkentdagi uchrashuvdan soʻng prezidentlar Gurbanguli Berdimuxammedovning taklifiga koʻra Osiyo oʻyinlari ochilishida qatnashish uchun Turkmanistonga yoʻl oldilar. Ashxaboddan Mirziyoyev Nyu-Yorkka yoʻl oldi. U yerda BMTning Bosh Assambleyasida soʻzga chiqadi.

Asosiy mavzular