14:13 24 Oktyabr 2017
Efir
Igor Nikolaychuk

Siyosiy ekspert: Shavkat Miromonovich barchaga xush keldi

© RISI
Analitika
Havola olish
Igor Nikolaychuk
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)
2589130

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida soʻzga chiqishi uning yuqori siyosiy salohiyatga ega ekanligini koʻrsatdi

Igor Nikolaychuk, maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi yetakchi tahlilchisi

Nyu-Yorkdagi Ist-River koʻchasida joylashgan BMT qarorgohining hashamatli binosida Shavkat Mirziyoyevning chiqishini diplomatlar, xalqaro siyosiy ekspertlar, jurnalistlar katta qiziqish bilan kutishgan edi. Axir bu Mirziyoyevning, katta mamlakat prezidenti sifatida, bunday yuqori darajali forumlarda birinchi chiqishidir. Mutaxassislar uchun esa, bu yangi siyosiy yetakchini birinchi koʻrish, u bilan tanishish, va bir qarashda boʻlsada, uning salohiyati, rejalari va maqsadlari bilan tanishish imkoniyati edi.

Ushbu chiqishdan oʻzimning "tezkor taassurotlarim" bilan oʻrtoqlashmoqchiman, garchi ular biroz noxolis koʻrinsa-da. Kerak boʻlsa hayotning oʻzi ushbu subʼyektiv baholarimni toʻgʻrilaydi. Asosiy tomonlarni aytib oʻtaman.

Toʻldirilgan qoʻlyozma

Oʻtgan yili, Oʻzbekistonda hukumat almashish vaqtida, Bosh assambleyada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov nutq soʻzlagan edi. Uning maʼruzasini prezidentning bugungi nutqining qoʻlyozmasi, deb hisoblash mumkin. Bu albatta ijobiy holatdir. Siyosatda u tomondan bu tomonga ogʻish hech kimga kerak emas. Oʻtgan yili eshittirilgan koʻplab tezislarni, Mirziyoyev takroran aytdi. Masalan, mamlakatning iqtisodiy yutuqlari haqidagi fikrlar. Lekin maʼruzaning diplomatik qismidagi farqlar darrov koʻzga tashlandi.

Oʻzbekiston TIV rahbarining maʼruzasida asosiy eʼtibor Afgʻoniston mojarosini hal qilishga qartilgan boʻlsa, Mirziyoyev bu mavzuni ehtiyotkorlik bilan aylanib oʻtdi. Oʻzbekiston prezidenti butun eʼtiborni Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratdi. Mirziyoyev rus tilida soʻzladi. Eslatib oʻtamiz, rus tili — BMTning rasmiy ish yuritish tillardan biri hisoblanadi. Bu prezidentning tadbir egasiga boʻlgan hurmat belgisidir, xolos. Tarjimonlar uchun ham muammo kamroq boʻladi.

Lekin Oʻzbekiston prezidenti bizga yaqin boʻlgan "Oʻrta Osiyo" iborasini emas, xalqaro diplomatiyada qabul qilingan "Markaziy Osiyo mintaqasi" iborasidan foydalandi. Aslida esa, gap Gʻarb diplomatiyasida qabul qilingan Markaziy Osiyo haqida emas, aynan biz yaxshi bilgan Oʻrta Osiyo (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston) haqida ketdi.

Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, "beshlik" orasida strategik hamkorlikni kuchaytirish va gullab yashnayotgan barqaror hudud yaratish istagi, Rossiya manfaatlariga zid emas, aksincha bu faqat olqishlanishi mumkin.

Men Mirziyoyevning maʼruzasining asosiy mavzusi sifatida demokratiya va xalq hokimiyati gʻoyasiga qilingan murojaatni taʼkidlamoqchiman. Respublika oʻz iqtisodiga sarmoyalar izlayotgani hammaga maʼlum. Afsuski, bugungi kunda ichki siyosatni demokratiyaning liberal standartlariga moslashtirmasdan, globalistlardan pul olishning imkoni yoʻq. Oʻzbekiston yetakchisi ushbu masalani nozik yoʻl bilan hal qildi. Bir tomondan Oʻzbekistonda inson huquqlari va umuman "gumanitar korzina" boʻyicha jiddiy siljishlar boʻlmoqda (chiqish vizalarni bekor qilinishi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalar kengayishi va boshqalar). Ikkinchi tomondan esa, Mirziyoyev uchun xalq hokimiyati degani Amerika demokratiyasidan yoki boshqa "dongʻi ketgan" liberal demokratiyadan oʻrnak olish kerak degani emas. 

Mamlakatni oʻzgartirayotgan islohotlar

"Bizning maqsadimiz — yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat", — deb taʼkidladi prezident.

Prezident umumxalq muhokamasidan soʻng besh yilga moʻljallangan Oʻzbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi va barcha hududlarda prezidentning virtual va xalq qabulxonalari tashkil etiligini aytib oʻtdi. Shuningdek, hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarning bu qabulxonalar orqali dolzarb muammolarini hal qilganligi taʼkidladi.

Albatta, "demokratiyaning oʻzbekcha uslubi qurishning" barcha tafsilotlari yoritilmadi, lekin ushbu jarayonlarni kuzatib borayotganlar buni tasdiqlashi mumkin, Oʻzbekistondagi jarayonlar qalbaki emas. Ular milliy qadriyatlarga va qisman Ittifoq davri urf-odatlariga ham asoslangan. Bunday uslub Gʻarb printsiplariga zid emas va murosalidir.

Agar "gʻarbga zid" yetakchilar Kaddafi yoki Niyozov yaratmoqchi boʻlgan xalq hukumatiga nazar solsak, ular Gʻarb elitasi tomonidan "totalitar" deb nomlandi va biz buning asoratlarning guvohi boʻldik. Bu holatda unday boʻlmaydi.

Yoshlar va islom dini

Mirziyoyevning maʼruzasida yoshlarga qaratilgan yondoshuv juda qiziqarli. Albatta, BMTda hech kim ushbu taklifga qarshi boʻlmaydi, lekin tashkilot byurokratlari va turli darjadagi mulozimlari buni imi-jimida "eslaridan chiqarib" yuborishlari mumkin. Chunki rivojlangan mamlakatlar uchun bu — muhim emas. Lekin amaliy jihatdan ushbu tashabbus — oʻzini oqlaydi.  

Haqiqatdan ham, bugungi kunda xalqaro terrorchilarning asosiy qismi, 30 yoshdan yosh boʻlgan va oʻzlarining ijtimoiy holatidan norozi boʻlganlar tashkil qiladi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlardagi teraktlarni deyarli oʻsmirlar amalga oshirgan. Shuning uchun ham, yoshlar huquqlari bilan bogʻliq muammolarni, oxir oqibatda, baribir hal qilish kerak boʻladi.

Islom dini va uning dunyo hamjamiyati bilan boʻlgan munosabatlari mavzusini prezident nutqining eng soʻngida yorqin, lekin andishali ravishda  yoritildi. Bundan hech kim hukumat dunyoviy boshqaruvdan diniy boshqaruvga oʻtdi degan fikrga bormaydi.

Soʻnggi soʻz oʻrnida shuni aytish mumkin: "Mirziyoyev bilan "tanishish" nafaqat muvaffaqiyatli oʻtdi, balkim Shavkat Miromonovich barchaga xush kelishga ham muvaffaq boʻldi".

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)

Asosiy mavzular