14:36 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassambleye OON

Oʻhoʻ: Mirziyoyevning AQShdagi zafarlari, yosh vazirdan oltinga teng maslahat va fidoyilar haqida

© REUTERS/ /Eduardo Munoz
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)
183223

Haftaning eng muhim xabarlari roʻyxatidan Oʻzbekiston prezidentining Nyu-Yorkka safari, Alisher Saʼdullayevning yoshlarga oʻgiti va Amerikadan Oʻzbekistonga qaytib, shu yurt uchun yonib yashashga tayyor olimlar oʻrin oldi

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Hafta oxirlab borayotgan bir vaqtda Sputnik Oʻzbekiston tahririyati shu 7 kun ichida oʻzbekistonliklarni hayratga solgan eng muhim xabarlar beshligini eʼtiboringizga havola qiladi.

Mirziyoyevning BMTdagi ilk chiqishi

Dushanba kuni Nyu-Yorkka joʻnab ketgan Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi chiqishini diplomatlardan tortib jurnalistlargacha katta qiziqish bilan kutishgan edi.

BMT minbarida soʻzlagan nutqida Mirziyoyev butun jahonga Oʻzbekiston oʻz ajdodlarining donishmandlik anʼanalariga amal qilgan holda qatʼiy islohotlarni amalga oshirayotganini va mamlakatning yangicha qiyofasini shakllantirish yoʻlidan borayotganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston rahbari oʻz nutqida asosiy eʼtiborni Markaziy Osiyoga qaratdi. "Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo — biz intilayotgan eng muhim maqsad", — deb taʼkidladi prezident.

Natijada, Oʻzbekistondagi valyuta islohotlari, biznesning soliq yukini qisqartirish, iqtisodiy zonalar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay muhit singari yangicha oʻzgarishlarni yuqori baholagan amerikalik biznesmenlar Oʻzbekiston bilan 2,6 milliard dollarlik hujjatlar toʻplamini imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev dunyo sahnasida barchaga xush keldi.

Vatanparvarlarning Oʻzbekistonga qaytishi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda vaqtidaligida Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashdi va Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish istagida boʻlgan barcha chet eldagi yurtdoshlarni Oʻzbekistonga taklif etdi.

Aytish joizki, ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamaga sabab boʻldi. Fikr bildirganlar orasida Amerikadagi oʻzbeklar vatanga qaytishiga shubha bildirganlar ham boʻldi.

Ammo prezident bilan uchrashgan va suhbatlashganlarning barchasi Oʻzbekistonga qaytib vatan uchun yashab, Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshishga tayyor ekanliklarini aytishmoqda.

Xususan, Mirziyoyev bilan uchrashgan oʻzbekistonliklardan biri, ancha vaqtdan buyon Texas shtatida ishlab kelayotgan kimyogar olim Behzod Dolimbek rak immunoterapiyasi boʻyicha Oʻzbekistonda ishlash nuqtai nazaridan Xayriddin Sultonov bilan muzokaralar olib borishini maʼlum qildi va yaqin oylar ichida Oʻzbekistonga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi. Vatan uchun yashash vaqti kelganini taʼkidlagan Dolimbek "Bu ketishda Oʻzbekiston 5-10 yil ichida juda boshqacha mamlakatga aylanadi, bunga ishonchim komil", — dedi. 

Oʻzbekistonning buyuk qalbli farzandlari bor!

Tinib-tinchimaydigan yosh vazir

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev viloyatlar boʻylab safarga chiqqan. Saʼdullayev yoshlar yetakchilari orasidan namunaviy maktab yetakchilarini saralash bilan shugʻullanmoqda.

Samarqand shahrida viloyat maktablaridagi yoshlar yetakchilari bilan oʻtkazgan seminar-trening davomida vazir oʻrinbosari uchrashuvga kelganlarning muammo va takliflarini tinglabgina qolmay, haqiqiy yetakchi qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida ham tushuntirish berdi.

Alisher Saʼdullayev uchrashuv davomida hozir zamon oʻzgarganini aytib, yoshlar yetakchilariga bolalarni qoʻrqitib, choʻchitish emas balki ular bilan suhbat qilib, uning ichki dunyosiga kirib borishni maslahat berdi.

"Biz bugun oʻylaydigan darajada boʻlishimiz kerak", — dedi vazir oʻrinbosari. 

Saʼdullayevning targʻibot-tashviqot ishlari oʻz samarasini beradi va yangicha dunyoqarashga ega yetakchilar Oʻzbekiston taʼlim tizimi rivojiga munosib hissa qoʻshadilar, degan umiddamiz.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)

Asosiy mavzular