14:50 23 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Tinchlik va doʻstlik: Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi qanday yakunlandi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzstana
Analitika
Havola olish
74920

Oddiy qirgʻizistonlik va oʻzbekistonliklar nimani istashadi va bu haqda prezidentlar qanday fikrda, Sputnik Qirgʻiziston Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi toʻgʻrisida tahliliy maqola chop etdi

Bakыt Tolkanov

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Bir oy ilgari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga davlat tashrifi bilan kelgandi. Bir oydan soʻng Almazbek Atambayev Oʻzbekistonga katta delegatsiya qurshovida javob tashrifi bilan keldi.

Qadrli mehmonlar

Qoʻshni mamlakatdan nafaqat yuqori lavozimli amaldorlar, balki tadbirkorlar ham kelishi kutilayotgandi: 200 nafar tadbirkordan iborat "qoʻshin" tashrif buyurdi. Toshkentda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasi ochildi hamda biznes forum oʻtkazildi. Qirgʻiziston savdo-sanoat palatasi boshligʻi KR Marat Sharshekeyev ilgariroq 60-70 million dollarlik shartnoma imzolash rejalashtirilganini maʼlum qilgandi, lekin biznes delegatsiyasining muvaffaqiyati bundan koʻra ancha salmoqli boʻldi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

"200 million dollarlik kelishuvlar imzolandi va bu chegara emas", — dedi Mirziyoyev.

Buning uchun barcha asoslar mavjud edi, zero keyingi yarim yil ichida mamlakatlar oʻrtasida mahsulot ayirboshlash 10 baravarga oshdi. Oʻzbekiston yetakchisi tadbirkorlar faol munosabatlar oʻrnatishayotganini va ularga xalaqit bermaslik kerakligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

Muvaffaqiyatlar faqatgina biznes sohasidagina emas. Ayni kunlarda Oʻzbekistonning eng yaxshi artist va ijodkorlari Qirgʻizistonda Oʻzbekiston madaniyat kunlarida ishtirok etishmoqda.

"Tasodifni qarang, sizlar bizga mehmon boʻlib keldingiz, biznikilar esa sizlarga", — dedi Mirziyoyev tabassum bilan.

Zambarakdan oʻq otilishi haqida

Prezidentlar ikki davrada — tor va keng tarkibda uchrashuvlar oʻtkazishdi, soʻngra ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berishdi.

Tor doiradagi uchrashuv boshlanar ekan Mirziyoyev Atambayevning tashrifi Oʻzbekiston prezidentining Qirgʻizistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning ramziy davomi ekanligini qayd etdi.

"Muhim jihatlardan biri — chegaralardagi nazorat-oʻtkazuv punktlarining ochilishidir. Odamlar bundan xursand va prezidentlardan minnatdor boʻlishmoqda", — dedi davlat rahbari.

Mirziyoyev hamkasbining tashrifi bir necha sohalar, xususan harbiy-texnika sohasida hamkorlikning yangi ufqlarini ochishiga umid bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, qirgʻiz delegatsiyasi tarkibida koʻplab kuch ishlatish tizimlari vakillari borligi buning tasdigʻidir.

Oʻz navbatida Atambayev tarixiy qarorlar qabul qilinishiga shaxsan Shavkat Mirziyoyev sababchi ekanligini, u "qirgʻiz xalqining birodari va doʻsti" ekanligini aytdi.

"Bir paytlar Qirgʻiziston va Oʻzbekiston bir davlat — Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. Biz birgalikda kuchlimiz", — taʼkidladi u.

Qirgʻiziston prezidenti mashhur iborani keltirib oʻtdi: "Tarixga tosh otsang, tarix seni zambarakdan oʻqqa tutadi".

Diplomatiya oqsoqollari nimalarni eslay olishmaydi

Soʻngra dasturga muvofiq, prezidentlar kengaytirilgan shaklda uchrashuv oʻtkazishdi. Ishtirokchilar soni oshishi bilan muhokama qilinadigan masalalar doirasi ham kengaydi.

Atambayev eʼtiborni 85 foizi demarkatsiya va delimitatsiya qilib boʻlingan qirgʻiz-oʻzbek chegarasi muammolarini hal qilishga qaratdi. U prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar qolgan 217 kilometr chegarani ham belgilash ishlari nihoyasiga yetishiga umid bildirdi.

"Biz minalashgan va qaygʻuli chegaralarni doʻstlik va ahillik maskaniga aylantirgan prezidentlar sifatida tarixda qolishimizni istayman. Sizlar buni qoʻllab-quvvatlayotganingizni koʻrib turibman", — dedi Qirgʻiziston rahbari.

U hal boʻlmagan chegaraoldi muammolari tashqi va ichki kuchlar tomonidan avj oldiriladigan etnik nizolarga olib kelishi bilan xavfli ekanligini tushuntirdi.

Xususan, chegaralardagi bahsli uchastkalarni kuch bilan tortib olish haqida bir necha marta chaqiriqlar yangragan.

"Belgilanmagan chegara populist va demagoglarni dahshatli narsalarga undaydi. Suv va yer sababli urush kelib chiqishi haqida gap-soʻzlar paydo boʻlgandi. Biz Qambarota GESini birgalikda qurish orqali barcha muammolarga barham beramiz", — maʼlum qildi Atambayev.

Mirziyoyev ham iliq munosabatlar haqida gapirib oʻtdi.

"Diplomatiya oqsoqollari keyingi 25 yil davomida bunday iliq, ishonchli munosabatlarni eslay olishmasa kerak. Bugun biz barcha mavjud toʻsiqlarni olib tashlashga koʻrsatma berdik", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

U millatchilarni tag-tomiri bilan sugʻurib tashlash va ikki mamlakat amaldorlarini hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi. "Birgalikda ishlash yodingizdan chiqib qolgani koʻrinib turibdi, endi hamkorlikda ishlashga koʻnikish kerak", dedi Mirziyoyev.

Mamlakat rahbari "Manas" eposining ahamiyatini yuqori baholadi.

"Epos Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan. Uni oʻqib qirgʻizlar tarixini bilish mumkin. U bizning xalqimiz uchun ham foydali, yaqinda "Manas" oʻzbek tilida nashr etildi", — dedi Mirziyoyev.

Mirziyoyev podaril Atambayevu pervuyu knigu Manas na uzbekskom yazыke
Press-slujba prezidenta Kыrgыzstana
Mirziyov Atambayevga "Manas"ning oʻzbek tilidagi nusxasini sovgʻa qildi

Oʻzbekiston rahbari ushbu kitobning birinchi nusxasini Almazbek Atambayevga sovgʻa qildi. Qirgʻiziston prezidenti ham eposning ahamiyati haqida gapirdi.

"2010 yilgi fojiali voqealardan soʻng millatchilar bosh koʻtarishdi. Hozir ular baynalmilalchiga aylanishgan, chunki millatchilarga qarshimiz. Men doim bunga qarshi qanday kurashish haqida oʻylardim", — dedi u.

Atambayev bu borada toʻgʻri qaror chiqarishga "Manas" eposidagi qahramonning "oʻz xalqini turli xalq va elatlardan yiqqanligi" haqidagi soʻzlari yordam berganligini aytdi.

"Homiylar topdim va biz hamma "Manasga yana bitta haykal oʻrnatishning nima keragi bor" deb qichqirishiga qaramasdan Manasga yodgorlik oʻrnatdik. U qirgʻizlar bizning koʻpmillatli xalq, qirq oʻgʻiz ekanligimizni yodda tutishlari uchun kerak", — qoʻshimcha qildi Qirgʻiziston prezidenti.

Mustahkam va ahil munosabatlar

Oʻzbekiston rahbari Qirgʻizistondagi muhim voqea — boʻlajak prezidentlik saylovlari haqida ham eslab oʻtdi.

"Dono qirgʻiz xalqi munosib yetakchini tanlashiga ishonchim komil, lekin Almazbek Sharshenovich rahbarligi ostida oʻtgan yillarda koʻplab ishlar amalga oshirildi. Eng asosiysi, mamlakatda tinchlik-xotirjamlik hukm surmoqda, xalqning ertangi kunga ishonchi bor", — dedi Mirziyoyev.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Press-sluba prezidenta Uzbekistana

U soʻnggi davrda respublikalar oʻrtasida bir nechta muhim kelishuvlar imzolanganini qoʻshimcha qildi.

Birinchi kun yakunlariga koʻra 13ta, ikkinchi kuni esa toʻrtta hujjat imzolandi. Ular hamkorlikning barcha yoʻnalishlari: transport, savdo, iqtisodiy jinoyatlar, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi.

"Biz harbiy hamkorlik istiqbollarini aniqlab oldik. Umuman olganda, bu haqda ilk bor gaplashdik va koʻrib turibsiz, kelishuv imzolandi", — dedi Mirziyoyev.
Oʻzbekiston rahbari Atambayevning tashrifini ikki birodar xalq va mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar mustahkamlanib borayotganligining yorqin dalili deb biladi. Bunday uchrashuvlarni oʻtkazib turish oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishning yangi yoʻllarini topishga yordam beradi, dedi u.

Mirziyoyev muammolar mavjudligini, ammo ularni hal qilish uchun siyosiy iroda yetarli ekanligini qoʻshimcha qildi va qator nozik masalalar boʻyicha kelishuvlar imzolashga koʻrsatma berdi. Atambayev hamkasbini qoʻllab-quvvatladi.

Qirgʻiziston prezidenti soʻzi oxirida prezidentlarning asosiy vazifasi oʻz mamlakatlaridagi tinchlik va barqarorlikni saqlash ekanligini eslatib oʻtdi.

Asosiy mavzular