23:39 18 Dekabr 2017
Efir
Sovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone Forish

Togʻda toʻplar gumburladi: Moskva va Toshkent harbiy hamkorlikni tiklamoqda

Press-slujba TSVO MO RF
Analitika
Havola olish
43110

"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi sharhlovchisi Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorlik istiqbollari haqida oʻz fikrlarini bayon etdi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Sobiq Ittifoq maydonidagi xavfsizlik va barqarorlik Rossiya bilan integatsiyasiga obʼyektiv ravishda bogʻliqdir, buni Moskva va Toshkent harbiy hamkorligining rivojlanishi ham isbotlamoqda. Bu haqda "Rossiya segodnya" axborot agentligi sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko oʻz fikrlarini bayon etdi.

Oʻzbekistondagi "Forish" togʻli harbiy poligonda 3 — 7 oktyabr kunlari Oʻzbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bu juda ahamiyatli voqea hisoblanadi. Soʻngi bor bu kabi mashgʻulotlar 12 yil avval oʻtkazilgan edi.

Oʻquv jangovar topshiriqlarini Oʻzbekiston tomonidan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi togʻ-oʻqchi boʻlinmalari bajardi.

Rossiya Markaziy harbiy okrugining togʻ-oʻqchi boʻlinmasi "Podnos" 82 millimetrli minometlar va "Taxion" uchuvchisiz uchar apparatlari bilan ishtirok etdi.

Harbiy boʻlinmalar dengiz sathidan 2 ming metrdan ortiq balandlikda oʻtish murakkab boʻlgan togʻli hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yoʻq qilish boʻyicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

Rossiya harbiylari zamonaviy "Ratnik" harbiy kiyim boshi va "Azart" otlinchi avlod radiostantsiyalari bilan taʼminlangan. Qoʻshma harbiy mashgʻulotlarni tashkil etishga yondoshuv eng yuqori daraja boʻldi.

Ushbu mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuv joriy yilning iyul oyida Toshkentda ikki mamlakat harbiy idoralar delegatsiya ishchi uchrashuvi chogʻida erishilgan. Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni muhokama qilib, harbiy hamkorlikni rivojlantirish borasid oʻzaro manfaatdorlikni tasdiqlashgan edi. 2017 yil yakuniga qadar mintaqaviy xavfsizlik masalalari boʻyicha shtab muzokaralari oʻtkaziladi.

Tarixiy oʻziga tortish

Rossiya va Oʻzbekistonning yangicha yaqinlashuvi bu shak-shubhasiz faktdir. Oʻzbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev 2016 yil noyabr oyida Moskvada tashrifi chogʻida oʻzining rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan 2017 yil uchun harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma imzolangan edi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston amerikaning qurol-yarogʻlarini emas, balki Rossiyaning qurol-yaroqlari sotib olishida manfaatdorligidan dalolat bermoqda. Shu oʻrinda aytish kerakki, respublika harbiy harajatlarga YAIMning 3,5 foizga yaqin mablagʻni safrlashmoqchi. Shu yilda bu harajatlar qariyb 67,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida Oʻzbekiston delegatsiya avgust oyida Samara viloyatiga tashrif buyurgan edi. U yerda Rossiyaning Markaziy harbiy okrugi maxsus harbiy boʻlinmalar tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Rossiya maxsus boʻlinmalari "Novaya Binaradka" va "Vodino" oʻquv majmualarda garovga olinganlarni ozod qilish, yuqori qavatlardan jarohatlarganlarni qutqarish, shturm qilish va minalardan tozalash boʻyicha taktik harakatlarni namoyish qilishdi.

Bu goʻyoki oddiy holatdir, lekin undan avval Oʻzbekiston Rossiya bilan harbiy texnikaviy hamkorlikni deyarli toʻxtatib qoʻygan edi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yaratilishiga olib kelgan Kollektiv hamkorlik boʻyicha shartnoma tashkiloti (ODKB) tarkibidan chiqib ketib, integratsiya jarayonidan voz kechgan edi.
Shu oʻrinda aytib oʻtamizki, Oʻzbekiston rahbariyatining Amerika Oq uy bilan munosabatlar ham yurishib ketmadi. 2005 yil kuzdagi Andijondagi isyon bostirilgandan keyin va AQSH Davlat departamenti "Oʻzbekistonda inson huquqlari buzilishi va siyosiy mahbuslar borligi" haqida bayonnotlaridan soʻng Yevropa Ittifoqi respublikaga qurol yetkazish boʻyicha embargo joriy etgan edi. Oʻsha paytda Toshkent AQSH va Rossiya integratsiyasidan xoli boʻlgan oʻzbek xalqining oʻz yoʻli toʻgʻrisida maʼlum qilingan edi. Haqiqatda esa, Moskva Andijondagi inqirozni kuch bilan hal etilishidagi Oʻzbekiston huqumatini harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Ehtimol, shuning uchun koʻp oʻtmay Sovet Ittifoqidan soʻnggi tarixda ilk bor 400 harbiylar ishtirokidagi Rossiya-Oʻzbekiston oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazilgan edi. Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti ishidan oʻz ishtirokini jadalllashtirdi. 2007 yil sentyabrda Chelyabinsk viloyatida "Chebarkoʻl" Rossiya harbiy poligonida "Tinchlik missiyasi" doirasida koʻp tomonlama aksilterrorchilik oʻquv mashgʻulotlarda SHHTga aʼzo boʻlgan davlatlar qatori Oʻzbekiston ham ishtirok etdi.

Baribir Toshkent interatsiya jarayonlaridan chetga burilib, "Tinchlik missiyasi" oʻquv mashgʻulotlariga harbiylarni yubormay qoʻydi. 2012 yilda Oʻzbekiston Kollektiv hamkorlik toʻgʻrisida shartnomasi tashkilotidan chiqib ketdi.

Integratsiyaning oʻziga xos xususiyatlari

Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlar 1999 yil 11 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrif chogʻida imzolangan "Strategik hamkorlik toʻgʻrisida Shartnoma" va "Iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi shartnoma" talablari asosida tartibga solingan. Harbiy hamkorlik doirasida Moskva Toshkentga Oʻzbekiston Islom harakati jangarilariga qarshi operatsiyada yetishmagan oʻqchi qurollarni yetkazib bergan. Ammo 2000 yilda ikki davlat oʻrtasida munosabatlar sezilarli muzladi.

Tebrangich boshqa tomonga silkinib ketdi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Rossiyaning geosiyosiy raqiblari — AQSH va Turkiya bilan harbiy sohada hamkorlik qilishga intildi.

Toshkent va Vashington bilan munosabatlar AQShda 2001 yil 11 sentyabrda sodir boʻlgan teraktdan soʻng jadallashdi. Oʻzbekiston amerikaliklarda Afgʻonistonda operatsiyasini oʻtkazish uchun oʻzining Xonobod aviabazasini taklif qildi. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari vaqtinchalik 2004 yilda (Anjijon voqealaridan oldin) jonlandi. Oʻsha vaqtda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Ivanov va Xavfsizlik kengashi kotibi Igor Ivanov tashrif buyurdilar.

Maydonda yolgʻiz jangchi — jangchi emas, eski doʻst yangi ikkita doʻstdan yaxshiroqdir. Markaziy Osiyoda vaziyat vahimali. Afgʻoniston narkotrafigi ortib bormoqda. Narkotik savdogarlarining foydasi yiliga 30 mlrd dollarni tashkil etadi. Ushbu mablagʻlar terrorizm va diniy ekstremizmni taʼminlashga sarflanmoqda. Togʻ tizmalari orqali Oʻzbekiston janubiy chegarasi yaqinida Tojikiston hududidan bir necha bor Oʻzbekiston Islom harakati jangarilari hujum qilishgan.

Mintaqada oʻzbek va tojik aholisi aralashib ketgan, etnik toʻqnashuvlar boʻlishi mumkin.

Toshkentning Moskva bilan harbiy-texnik hamkorligi respublika hududida rossiyalik harbiylarni oʻquv mashqlarda ishtiroki qoʻshimcha barqarorlikni taʼminlaydi.

Teng uzoqlik strategiyasi

"Kuch markazlari"ning Toshkent bilan birodarlik qilish borasida siyosiy kurashi toʻxtamayapti. Oʻzbekiston huqumati yetarli darajada taʼminlangan, lekin AQSH avvalgidek respublikani oʻz quroliga moslashtirmoqchi: AQSH Davlat departamenti bu yerda qurol eksport qilish darslarini oʻtmoqchi. Undan avval Toshkentda NATOning mintaqaviy vakolatxonasi ochilgan edi. AQSH Oʻzbekiston harbiy islohotlarida oʻz ishtirokini belgilab qoʻydi.

Yaqin Sharqdagi koʻp yillik chorasizlik sharoitida AQSH Afgʻonistonda harbiy operatsiyalarni davom ettirish uchun Oʻzbekiston amerikaliklarga qulay va nisbatan xavfsiz boʻlgan hudud hisoblanadi.

AQSH Havo harbiy kuchlari Xonobod aviabaza foydalanishi davrida (2001-2005 yillar) u yerda bir yarim ming harbiylar boʻlgan 10-chi harbiy diviziya, F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlar va yuk tashish samolyotlari joylashgan. Yer va havo orqali oziq-ovqat taʼminoti va moddiy-texnik vositalarini ittifoqdosh kuchlarga yetkazish borasida muhim logistik markaz hisoblangan. AQShning "quloqlari koʻrinib turgan" Andijon voqealaridan soʻng, Oʻzbekiston senati amerikalik harbiylarga Xonoboddan foydalanishni taqiqlab qoʻygan edi. Toʻgʻrisini aytganda, NATO Xalqaro koalitsiya (ISAF) tarkibida boʻlgan Germaniya harbiy aviatsiyasi 2002 yildan hech qanday toʻsiqlarsiz Termezdagi oʻzbek bazasidan foydalgan. Bu AQSH samolyotlarini ishtirok etishi ehtimolidan xoli emas. Ammo Qirgʻizistonda Manas aviabazani yoʻqotilgandan keyin amerikaliklar ancha tang holatda qolishdi. Barcha harbiy-diplomatik usulllar bilan Oʻzbekistonga qaytishmoqchi.

Markaziy Osiyoda AQShning sudraluvchi ekspansiyasi davom etmoqda. Rossiyaning ushbu hududda boʻlishi tarozining boshqa pallasini bosishi va mintaqada barqarorlik kafolati boʻlishi mumkin. Bundan xulosa shuki, Moskva va Toshkentning oʻzaro manfaatli harbiy hamkorligi istiqbollari porloq.

Muallif fikri tahririyat nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin.

Asosiy mavzular