14:42 23 Oktyabr 2017
Efir
Aktivistы molodejnogo dvijeniya Kamolot

Oʻzbekiston yoshlarini eng tashvishlantiradigan muammolar maʼlum boʻldi

© Stranitsa "Kamolot" v Facebook
Analitika
Havola olish
60710

Oʻzbekiston yoshlari oldidagi eng keskin muammolar ishga joylashish, oliy oʻquv yurti, kollej, litseyga oʻqishga kirish, moddiy ahvolni yaxshilash, uy-joy muammosi ekan

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi oʻtkazgan tadqiqotdan maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston yoshlarini diniy ekstremizm, jinoyatchilik, giyohvandlik singari illatlar koʻproq tashvishlantiradi. Bu haqda tadqiqot natijalariga tayanib "Vatanparvar" gazetasi maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, soʻrovnoma qatnashchilarining 76,5 %i oliy maʼlumot olishni istaydi.

Kasblar borasida esa birinchi oʻrin pedagogik, ikkinchi oʻrin tibbiy, uchinchi oʻrin esa moliya bilan bogʻliq mutaxassisliklar ekanligi oydinlashdi.

Soʻrovnomada ishtirok etganlarni yoshlar oʻrtasidagi diniy ekstremizm (52,1 %), jinoyatchilik (47,5 %), giyohvandlik (36,7 %) singari illatlar koʻproq tashvishlantirar ekan.

Shuningdek, amaldorlarning byurokratizmi (24,9 %), ijtimoiy adolatsizlik (23,5 %), aholi turli tabaqalari oʻrtasida daromadlarning oshib ketishi (21,3 %), guruhbozlik va mahalliychilik (17,9 %) hamda mahalliy hokimiyat idoralarining qonunlarni mensimasligi (14 %) kabi ijtimoiy illatlar ham yoshlarda tashvish uygʻotgan.

Oʻzbekiston yoshlari oldidagi eng keskin muammolar esa ishga joylashish (79,2 %), oliy oʻquv yurti, kollej, litseyga oʻqishga kirish (38,1 %), moddiy ahvolni yaxshilash (35,7 %), uy-joy muammosi (24,6 %) ekanligi maʼlum boʻldi.

Yoshlar xalq qudratini belgilovchi omillar deganda birincha navbatda iqtisodiyotni (70,1 %) tushunishadi. Keyingi oʻrinlarda siyosat (52,9 %), armiya (49,6 %), maʼnaviyat (45,5%) va ilm-fan (39,2 %) degan javoblar joylashdi.

Yoshlar nazarida Vatan – "inson tugʻilgan joy" (55,5 %), "oʻzi oʻsgan uy, mahalla" (25,5 %), "mustaqil Oʻzbekiston" (18, 4 %) boʻlib, ular vatanparvarlik deganda "Vatanga muhabbat" (71 %), "Vatanga fidokorona xizmat qilish" (60,2 %) va "Vatan himoyasiga tayyorlik"ni (43,9 %) tushunishadi.

Asosiy mavzular