14:39 23 Oktyabr 2017
Efir
Flag na posolstve Kыrgыzstana

AQSH Qirgʻizistondagi saylovlarga tashqaridan aralashmoqda — ekspert

© Sputnik/ Aleksey Nichukin
Analitika
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
86110

Ekspertning fikricha, AQSH jahon siyosatiga, xususan, Markaziy Osiyodek muhim mintaqaga taʼsir koʻrsatish imkoniyatidan hech qachon voz kechmaydi

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qirgʻiziston TIV Diplomatik akademiyasining xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Azamat Karagulov AQSH jahon siyosatiga u yoki bu tarzda taʼsir koʻrsatadi, deb hisoblaydi.

U jamoatchilik fikrini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi Frantsiyaning IFop kompaniyasi oʻtkazgan soʻrov natijalariga izoh berdi. Soʻrov natijalariga koʻra, yevropaliklarning aksariyat qismi boshqa mamlakatlardagi saylovlarga Rossiya emas, AQSH aralashadi deb hisoblaydi.

Karagulov soʻrov natijalari haqiqiy vaziyatni ifodalashini, bunga qoʻshilish mumkinligini bildirdi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

"AQSH ulkan siyosiy, zaxira va boshqa salohiyatlarga ega. U albatta jahondagilarning fikrlashiga taʼsir koʻrsatadi va u yoki bu davlatdagi jarayonlarga qandaydir tarzda aralashadi. Bu yangilik emas va ushbu siyosat davom etishi tushunarli", — dedi Karagulov.

Uning soʻzlariga koʻra, AQShning Markaziy Osiyodagi faolligi soʻnggi vaqtda susaygan.

"2005 yildan buyon faollik susaymoqda. Gansi aviabazasining yopilishi AQShning Qirgʻizistonga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri susayishiga olib keldi. Koʻpchilikda hatto amerikaliklar biz haqimizda unutib qoʻydi degan tasavvur hosil boʻlmoqda", — dedi ekspert.

U bunday fikr xato ekanligini aytdi – AQSH jahon siyosatiga, xususan, Markaziy Osiyodek muhim mintaqaga taʼsir koʻrsatish imkoniyatidan hech qachon voz kechmaydi.

"Qirgʻizistonda prezidentlik saylovlari arafasida AQShning siyosiy jarayonlarga u yoki bu tarzda taʼsiri mavjud. Albatta, hozirda bu taʼsir koʻrsatuvchi agentlar, nohukumat tashkilotlari va boshqa vositalar orqali qilinmoqda", — dedi Karagulov.

Ekspert amerikaliklar Yevropadagi vaziyatni ham diqqat bilan kuzatishlarini taʼkidladi.

"Hozirda AQSH Yevropadagi jarayonlarga nisbatan taʼsirni pasaytirdi degan fikrlar yangrayotgan boʻlsa-da, aslida bunday emas. Amerikaliklar barmogʻi Yevropa tomirida turadi va birinchi boʻlish borasidagi global maqsadlaridan voz kechishmaydi", — dedi ekspert.

U Gʻarb mamlakatlarida Rossiyani dushman sifatida koʻrish odati mavjudligini, Rossiyani barcha gunohlarda, jumladan AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblashlarini eʼtirof etdi.

"Bu Gʻarb manfaatlari yoʻlida ishlatiladigan taktik usul ekanligi tushunarli. Bunda Kreml aytayotgan tashqi siyosat tamoyillari shunchaki rad etiladi. Bu AQSH va Rossiya qarama-qarshiligi natijasi ekanligi aniq-ravshan", — dedi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, soʻrovnomada  Germaniya, Buyuk Britaniya va Polshadan yoshi 18dan katta boʻlgan 3228 nafar kishi ishtirok etgan.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular