23:42 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite YevrAzES

Leonid Vardomskiy: MDH oʻz faoliyatini davom ettiradi

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Analitika
Havola olish
Lev Rыjkov
62521

Sochi shahrida oʻtkazilgan MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq sammitlarida qator davlat rahbarlari oʻz fikrlarini bildildilar. Bu fikrlar ortiqcha maqtovlarsiz va davlatlararo hamkorligining turli sohalariga tegishli boʻldi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik, Lev Rijkov. Davlat rahbarlarining fikrlariga izoh olish maqsadida Sputnik tahririyati iqtisodiyot institutining sobiq Sovet tadqiqotlar markazi rahbari Leonid Vardomskiyga murojaat qildi.

Integratsiya muammolari

— Sammitda MDH zamonaviy voqeliklarga javob berish zarurligi aytildi. Prezident Lukashenko ushbu tashkilotning samarasizligini keskin tanqid qildi. Bugungi kunda unga aʼzo boʻlgan davlatlarga MDH kerakmi hamda bu tashkilot ular iqtisodiyotiga nimalarni bermoqda?

— Prezidentlar doim haqdirlar. Bu shak-shubhasiz faktdir, bu bilan hisoblashish kerak. Yuqori darajadagi rahbarlar chiqishlarida doim oqilona tanqid va har tomonlama asoslangan takliflar qayd etiladi. Chunki ular maslahatchilar, muammolarni tatqiq qiluvchilar, amaliyotchilar fikrlariga tayanib, umumlashtiriladi va bularning barchasi hosil boʻlgan fikrlarni jamoatchilik koʻrib chiqilishi va oʻz fikrini shakllashtirilishi uchun havola etiladi.

Haqiqatdan, hozir MDH tashkilot sifatida qiyin ahvolda qoldi. Chunki tashkilotga aʼzo boʻlgan mamlakatlar turli integratsiya yoʻnalishlariga ega. Mamlakatlarning bir qismi Yevroosiyo ittifoqiga aʼzo mamlakatlarga, qolgan mamlakatlar, Yevropa interatsiyasiga yoʻnaltirilgan. Uchinchi qism betaraf pozitsiyaga ega boʻlgan mamlakatlardir. Shuning uchun, Rossiya va Yevropa Ittifoqi, geosiyosiy mojarolar, Ukraina masalasini hisobga olgan holda hamma mamlakatlarini birlashtiradigan biror kun tartibini oʻylab topish juda qiyin.

Oʻylaymanki, shu bilan birga barcha mamlakatlar Ukraina bilan sherikchilik saqlab qolinishidan manfaatdor. Ayniqsa, ularning koʻpchiligida MDH doirasidaga erkin savdo hududi amal qiladi. Ushbu birlashmaning aʼzosi boʻlgan birgina Rossiya Ukraina bilan erkin savdo zonasi tartibi amal qilinishini muzlatib qoʻygan. Qolgan davlatlar muzlatmagan.

- Bugungi kunda davlatlararo yirik loyihalar boʻlishi mumkinmi?

— Dargumon. Bu tushunarli. Lekin Yevroosiyo ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bor. Va u MDH mamlakatlari uchun ochiqdir. Bularga raqamli iqtisodiyot, texnologik platformalar, transport, energetika sohalarida hamkorlik masalalari kiradi. Barcha mamlakatlar buni biladi. Lekin qandaydir sabablarga koʻra, turli darajada faollik koʻrsatmoqda. Shu bois shunday qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda. Va hozir chamasi Yevropa Ittifoqi va Rossiya bilan munosabatlar yoʻlga tushmaguncha Yevroosiyo va Yevropa integratsiyalari oʻrtasida vositachi boʻlgan MDH missiyasini oʻylab topish kerak boʻladi. Lekin hozircha siyosiy shart-sharoitlar paydo boʻlmadi. Shuning uchun bori shu. Oʻylaymanki, MDHni yopish kerak emas. Agarda ovozga qoʻyiladigan boʻlsa, koʻpchilik Hamdoʻstlik tarqatib yuborilishiga qarshi ovoz beradi. Ishni shunday tashkil qilish kerakki, barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur.

Qardosh xalqni qoʻllab-quvvatlash zarur

— Moldova prezidenti Igor Dodon MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq mavjudligi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi. Qanday qilib bu integratsiya Moldova tomonidan imzolangan Yevropa ittifoqi bilan assotsiatsiya toʻgʻrisidagi bitimga mos keladi?

— Moldova etnik tarkibi va madaniy anʼanalari jihatidan ancha murakkab mamlakatdir. Aholining bir qismi Ruminiya tomon intiladi va ular Yevropa Ittifoqi orqali ushbu tarixiy orzuni amalga oshirishga umid qiladilar. Boshqalar esa Ruminiya tarkibida boʻlishni xohlamaydilar. Ular Yevropa ittifoqi, Yevroosiyo ittifoqi hamda MDH bilan muvozanatga keltirilgan munosabatda boʻlishni xohlashadi.

Moldovada jamiyat boʻlinib qolgan. Prezident koʻptomonlama hamkorlik va muvozanatli siyosatni qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor boʻlgan qismini ifodalaydi. Hukumat va parlament Yevropaga xayrixoh boʻlmoqda. Shu sababli qarama-qarshiliklar yuzaga kelmoqda.

Aholining katta qismi prezidentni qoʻllab-quvvatlashiga qaramasdan uning vakolatlari oz. Siyosiy tomondan davlat boshqaruv organlarida aholi vakillari kamchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun bunday qarama-qarshi qarashlar yuzaga kelmoqda. Bunga katta urgʻu berish kerak emas, deb oʻylayman. Mamlakatdagi ogʻir vaziyatni inobatga olgan holda imkon borich prezidentga yordam berish kerak. Qardosh Moldova xalqini qoʻllab quvvatlash zarur.

Bitkoynlar bilan toʻlaymizmi?

— Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida mamlakat rahbarlari 2025 yilgacha qoʻshma raqamli kun tartibi toʻgʻrisida bitim imzolashdi. Sizning fikringizcha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida internet-iqtisodiyot va raqamli savdo qanday pul birligida hisob-kitob qilinadi? Ilgariroq Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Vladimir Semashko hisob-kitoblar Rossiya rubliga oʻtish mumkinligi haqida aytgan edi.

— Bu texnik masala, deb oʻylayman. Rossiya va Belarus oʻrtasida katta miqdordagi savdo hajmi milliy valyutalarda amalga oshiriladi. Qozogʻiston bilan ham shunday. Shuning uchun bu yerda muammolar yoʻq. Savdo-sotiq qilishga narsa boʻlsa boʻldi!

Oʻylaymanki, bu yerda Xitoy katta oʻrin egallaydi. Agarda Xitoy mahsulotlari bilan internet-doʻkonlar orqali savdo qilinsa, qanday farqi bor?

Elektron savdo kanallari boʻyicha milliy tovarlar sotilsa bu boshqa gap. U holda boʻlsa vaziyat boshqacha boʻladi. Unda valyuta qandaydir rol oʻynashi mumkin. Shuning uchun, bu yerda eng asosiysi: a) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari aholisi talabgor boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish sanoatini yoʻlga qoʻyish zarur; b) elektron savdoning zamonaviy tizimini yaratish kerak. Lekin bular yetarli emas.

Raqamlashtirish keng koʻlamli qoʻllash imkoniyatlariga ega. Gap kompyuter va informatsion texnologiyalar yutuqlarini boshqaruv va biznesda, uy-roʻzgʻorda joriy etish haqida bormoqda. Elektron savdo — bu raqamlashtirishning faqatgina bir qismi. Bu kelishilgan, rejalashtirilgan va hamkorlikda tatbiq etiladigan jarayondir. Masalan, Belarus nimadir joriy etdi, Qirgʻiziston ortda qoldi. Ana shunda davlatlar turli tilda gaplashadigan boʻladi. Ushbu jarayon bir tekisda, ravon tarzda, barcha aʼzo mamlakatlarni qamrab olgan holda kelishi lozim. Texnologik sohada oldinga chiqqan mamlakat texnologik ustunlikni qoʻlga kiritadi. Va bu yerda, qanday valyutada olish farqi yoʻq, baribir ular ustunlikka ega boʻladilar.

- Nima bilan toʻlash — bu oʻninchi darajadagi ishmi?

— Oʻylaymanki, agarda mahsulot boʻlsa, isteʼmolchilar har doim qanday toʻlash yoʻlini topadilar. Agarda valyuta ozmi koʻpmi barqaror boʻlsa unda farqi yoʻq. Lekin, albatta siyosiy jihat ham bor. Nima uchun boshqa davlat moliviy tizimini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak, agar oʻzimiznikini qoʻllab-quvvatlashimiz mumkin boʻlsa?

- Bitkoynlar boʻlishi mumkinmi?

— Bitkoynlar koʻproq xizmatlar sohasida rivojlanadi. Qayerda kerak boʻlsa va maqsadga muvofiq boʻlsa. Xizmatlar sohasi markazlashmagan  boʻladi va davlat tomonidan qattiq nazorat qilinmaydi. Strategik tovarlar: koʻmir, neft, gaz — bular bitkoynlar bilan hisob-kitob qilinishi dargumon.

Asosiy mavzular