16:47 21 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiye shkolniki

Oʻzbekistonda taʼlim islohotlari: bogʻchadan talabalikkacha

© Posolstvo Germanii v Tashkente
Analitika
Havola olish
Anton Kurilkin
90440

Oʻzbekistondagi islohotlarning oʻziga xos hususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular har doim kichik, mansabdor shaxslar ataganiday "tajribaviy" qadamlar bilan boshlanib tizimda koʻplab oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Keyin esa butun tarmoqni qurilish boshlanadi.

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Xuddi shunday holat maktab taʼlim tizimida sodir boʻldi. Shu yil iyun oyi oʻrtasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi umumtaʼlim maktabidagi sharoitlar bilan tanishgan chogʻida Oʻzbekistonda 11 yillik taʼlimni qayta tiklash taklifini olgʻa surgandi.

Ushbu tajriba butun mamlakat boʻylab tezkorlik bilan tarqalib ketdi. Respublika boʻylab barcha umumtaʼlim maktablarida bitiruvchilar va ota-onalarning ushbu masala yuzasidan fikri oʻrganilgan edi. (Koʻpchilik eski koʻp bosqichli tizimdan voz kechishga ovoz berdi).

Hukumat yangi shakldagi maktablarni tashkil etish loyihasiga kirishgan boʻlsa, Xalq taʼlim vazirligi esa litseylar sonini qisqartirishni boshladi.
Oliy va oʻrta taʼlim vaziri Inom Majidov 2 avgust kuni 144 ta litseylardan 67 ta qoldirish fikrini bildirdi. Vazir soʻzlariga koʻra, bunday yondoshuv taʼlim muassasalar bilan universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida qilinmoqda.

"Biz endi har bir oliygohga faqatgina bitta litsey biriktirilishidan kelib chiqmoqdamiz. Mamlakatda 60 oliygohlar mavjud, bu 60 litsey boʻladi degani. Bundan tashqari, ayrim xorijiy oliygohlar, shulardan RDUning Gubkin nomidagi neft va gaz filiali, Xalqaro Vestminster va Turin politexnika universitetlari va boshqa ayrim oliygohlar oʻz litseylariga ega emas. Ularning soni 7 tani tashkil qiladi, yuqoridagi raqamlar mana shundan kelib chiqqan", — degan vazir.

Hukumat tomonidan nafaqat litseylar soni qisqartildi, balki oʻqish muddati ham qisqartirildi. Endi shu shakldagi muassasalarda talabalar 3 yil oʻrniga 2 yil taʼlim oladilar.

Shunday boʻlsa ham, oʻqituvchilar yetishmasligi tufayli 11 yillik taʼlimga tezlik bilan oʻtib boʻlmaydi. Kadrlar yetishmasligi muammosi sentyabr oyida yuz bergan mojaro dolzarb ekanligini namoyon qildi. Ushbu mojaro darslar ayrim hollarda kutubxonachi, farrosh boʻlib ishlayotgan xodimlar yoki katta sinf oʻquvchilar tomonidan olib borilganligi boʻyicha yuzaga kelgan.

Oʻqituvchilarning yetishmasligi 10 va 11 sinflarni tashkil etilishi bilan yuzaga kelganligini Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov taʼkidladi. Ushbu islohot tufayli qoʻshimcha tarzda 22 ming oʻqituvchilarni ishga olish ehtiyoji yuzaga keldi. Faqat litsey xodimlarni qisqartirish hisobiga yuzaga kelgan ehtiyojni toʻldirib boʻlmaydi, ushbu ish oʻrinlarni oliygoh bitiruvchilari bilan ham toʻldirish kerak boʻladi.

Oʻqituvchilar sonini koʻpaytirish qayta tayyorlash dasturi hisobidan amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Joriy yil avgust oyida prezident pedagogik yoʻnalishi boʻyicha 15 ta oliy taʼlim muassasalarida sirtqi boʻlimlarni ochilishi haqida qaror imzolangandi.

Oʻqituvchilar sifati va soni bilan bogʻliq muammolardan tashqari sinf xonalar yetishmasligi muammosi ham bor. Shuning uchun koʻp maktablarda ikkinchi smenalar joriy etishgan.

Oʻqituvchini oʻqit

Respublikada yangi oʻqituvchi kadrlar tayyorlashdan tashqari, ishlayotgan oʻqituvchilarning malakasini oshirishga astoydil kirishish ham nazarda tutilgan. Bugungi kunda, mansabdor shaxslar fikriga koʻra, oʻqituvchilar ilmiy-tadqiqot ishlar bilan kam shugʻullanadi. Ularning oʻqituvchilik faoliyatlarini baholab boʻlmaydi.

Oʻqituvchilar uchun qoʻshimcha taʼlimini takomillashtirish maqsadida hukumat tomonidan qayta tayyorlash malaka oshirish boʻyicha maxsus mintaqaviy oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilingandi.

Yangi tarkibiy tuzilma Toshkent davlat pedagogika universitetiga boʻysunib, uning asosiy oliygohi boʻladi.

Xalq taʼlim vazirligi faoliyatining yana bir yoʻnalishi — bu poraxoʻrlik va taʼmagirlik bilan kurashishdir. Oʻquv yili boshlanishidan avval Xalq taʼlimi vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Kenjayevning fikriga koʻra, "maktab ehtiyojlari" uchun pul yigʻishlarga qarshi kurashishga ota-onalarni chaqirgandi.

Biroq, Dilshod Kenjayev ushbu masalada aybni direktor va oʻqituvchilarga emas, balki ota-onalar qoʻmitalariga toʻnkagandi. Uning soʻzlariga koʻra, "qulay" shart-sharoitlarni yaratish uchun mablagʻlarni maktab xodimlari tomonidan emas, balki ota-onalar tashabbusi bilan yigʻilayapti.

Lekin, oliygohlarga oʻqishga qabul qilish jarayoni shuni koʻrsatdiki, taʼlim tizimidagi korruptsiyaning asosiy ildizi bu oʻqishga kirish imtixonlaridir. Shu yil yozida respublikaning IIV va MXX xodimlari tomonidan talabalikka pora evaziga kiritib qoʻyishga harakat qilgan institut va universitet xodimlarini "pachkalab" qoʻlga oldilar. "Bunkerlar" ochilishi va topshiriqlarni pul evaziga yechib berilishi oʻqituvchilar bilan alohida janjallarni keltirib chiqargandi.

Ushbu muammoni keskin usul bilan hal qilishga qaror qilindi. Yaʼni eski tizimdan mutlaqo voz kechib, har bir oliygoh oʻzining qabulini tashkil etadigan boʻldi. Endi butun respublika boʻyicha Rossiya, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlari singari markazlashgan holda topshiriladigan Yagona davlat imtihonlar joriy etiladi.

Maktab bogʻchadan boshlanadi

Maktab yoshigacha boʻlganlar ham chetda qolmadi. Yosh bolalarni tarbiyalash va bogʻchalar ish faoliyati bilan alohida vazirlik shugʻullanadi. Xalq taʼlimi vazirligining vakolatlarning bir qismini yangi davlat tuzilmasiga oʻtkazib berildi.

Bolalarni bogʻchalarga qabul qilish yoshini 2 yoshdan 3 yoshgacha koʻtarishdi. Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatovning fikriga koʻra, 3 yoshdan bogʻchaga qabul qilish — jahon yetakchi amaliyotlariga toʻliq javob beradigan eng maqbul qarordir.

"Barcha rivojlangan mamlakatlarda bogʻchalarga qabul qilish yoshi 3 yoshdan boshlanadi. 3 yoshgacha bolalar koʻp kasal boʻladilar va jamoat joylariga qiyinchilik bilan koʻnadilar. Shu yoshdagi bolalar bilan taʼlim va tarbiyasi ota-onalari bilan birgalikda uyda oʻtkazishsa maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv ijobiy natijalarni bermoqda", — deb taʼkidladi vazir.

Kelgusi vaqtlarda bogʻchalar soni oshirish rejalashtirilmoqda. Respublikada 50 ta yangi maktabgacha tarbiya muassasalari ochiladi. Shuningdek, 1167 ta bogʻchalar qayta va 983 tasi kapital taʼmirlanadi.

Endi bolalarni tarbiyalash va maktabga tayyorlash nafaqat davlatga suyanish kerak boʻladi. 2018 yilda Oʻzbekistonda xususiy bogʻcha va maktablar tashkil etilishi mumkin. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham joriy etiladi.

Islohotlarning natijadorligi haqida bir necha yillardan soʻng, yaʼni 11 sinflarini birinchi bitiruvchilari chiqqan paytda sarhisob qilsa boʻladi. Xususiy maktablar va yangi bogʻchalar tizimi esa bir necha oʻn yil vaqt oʻtgandan soʻng birinchi natijalarini baholash mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular