20:10 23 Noyabr 2017
Efir
Glava Chechni Ramzan Kadыrov

Ekspert Ramzan Qodirov Oʻzbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi

© Sputnik/ Said Tsarnayev
Analitika
Havola olish
Ramzan Qodirovning Oʻzbekistonga safari (8)
11521223

Chechenistonning Grozniy shahridagi markaziy masjidni paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning kosalari bezab turibdi. 1400 yillik tarixga ega bu muqaddas va oʻta noyob yodgorlik Ramzan Qodirovning saʼyi-harakatlari oʻlaroq Londondan maxsus reys bilan olib kelingan

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Chechenistonda saqlanib kelinayotgan, musulmonlarning aksariyati koʻzida yosh bilan tomosha qiladigan noyob yodgorlik haqida bejizga esga olmadik. Chunki Checheniston rahbari paygʻambar Muhammad (s.a.v.)dan keyin qolgan koʻpgina noyob yodgorliklar sohibi hisoblanadi. 

Glava Chechni Ramzan Kadыrov poobщalsya s musulmanami v Tashkente
Glava Chechni Ramzan Kadыrov poobщalsya s musulmanami v Tashkente

Qayd etish joizki taniqli siyosatchi, davlat rahbari boʻlmish Ramzan Qodirovning Oʻzbekistonga birinchi safari internet foydalanuvchilari orasida keng muhokama qilindi. Qodirovning Oʻzbekistonga tashrifiga har kim oʻzicha baho berdi.

"Ramzan din arbobi emasku, nega u Oʻzbekistonga qilgan tashrifiga diniy tus berishga harakat qildi", deya savol beruvchilar ham topildi.

Ramzan nega samolyotdan tushishi bilanoq otasining ustozi qabriga yoʻl oldi? Ramzan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida qanday fikr bildirdi? Nega u aynan Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qildi? degan savollarga Checheniston rahbarining oʻzi hamda siyosatshunos javoblarini eʼtiboringizga havola qilamiz. 

Checheniston rahbari boʻynidagi qarz

Checheniston rahbari samolyot Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻnishi bilan toʻgʻri otasining ustozi — butun musulmon olamining eng taniqli shaxslaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qabrlarini ziyorat qilish uchun yoʻl oldi.

 

Shayx Ramzan Qodirovning otasi — Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad-Hoji Qodirovning eng yaqin doʻsti boʻlgan. Ramzan Qodirovning aytishicha, ular oʻrtasidagi doʻstlik Ahmad-Hoji Qodirov imom Buxoriy nomidagi islom institutida tahsil ola boshlaganida yuzaga kelgan. Shayx Muhammad Sodiq Ramzanning otasini ustozi boʻlgan. "Shayx soʻnggi kunigacha otam haqida xotiralarni saqlab kelgan, barcha tadbirlarimizga kelardilar, oilamizdan xabar olib turardilar", — deydi bu borada Ramzan Qodirov.

Checheniston rahbari shu boisdan ham Oʻzbekistonga qilgan birinchi tashrifi davomida oʻz boʻynidagi qarzdan xalos boʻlishni ezgu maqsad qilib qoʻyganligini yashirmadi. Ramzan Qodirov bu borada oʻz Instagrammida quyidagilarni bildirdi:  

"Assalamu alaykum! Mehribon Yaratgan inoyati ila Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshkent shahrini ziyorat qildim. Aziz OTAM, Checheniston Respublikasining Birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirovning oʻqish yillaridagi xotiralari shu shahar bilan bogʻliq. U kishi imom Al-Buxoriy nomidagi Islom institutida tahsil olganlar. Men Islom tsivilizatsiyasi markazi hisoblanmish Hazrati imom majmuasidagi masjidda namoz ado etdim. 

Yirik masjid namozxonlar bilan deyarli toʻlgani meni bagʻoyat xursand qildi. Bir umrlik orzuim vojib boʻldi — muqaddas Qurʼoni Karimning xalifa Usmon nusxasini koʻrdim. Maʼlumki, Qurʼonning qadimgi nusxasi hisoblanmish bu muqaddas kitobda xalifaning qoni bor. Men, shuningdek, Toshkent Islom instituti rektori va Ahmad-Hojining ustozi, buyuk islomiy olim va faylasuf, zamonaviy Oʻzbekistonning birinchi muftiysi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasi oldidagi qarzimni ado etdim — Toshkentda u kishining qabrini ziyorat qildim. Shayx bizning oilamizning va chechen xalqining yaqin doʻsti edilar. Yaratgan Allohning inoyati bilan 2015 yilning mart oyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf abadiy jannat bogʻlari bor taqvoli dunyoga yoʻl olish uchun ushbu Gunohga botgan dunyoni tark etdilar".

Eslatib oʻtamiz, 2015-yilda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan Ramzan Qodirov "shayx oʻzining bebaho bilimlarini butun dunyo boʻyicha shogirdlari bilan boʻlishgan" deya eʼtirof etib, Chechenistondagi koʻchalardan biriga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishini maʼlum qilgan edi.

Ramzan Qodirovning Oʻzbekiston haqida taassurotlari

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻz Instagramida Oʻzbekistonga safaridan olgan taassurotlari bilan boʻlishdi.

Qodirov Oʻzbekiston haqida bu shunday davlat va xalqki "oʻz qadimiy tarixiga ega, oʻz oldiga qoʻygan maqsadi bor va bu maqsad sari intilmoqda", — deb yozgan.

Ramzan Qodirov
Press slujba upravleniya musulman Uzbekistana

Ramzan Qodirov Oʻzbekiston kelajakda eng taraqqiy etgan va gullab-yashnayotgan davlatga aylanishiga shubha qilmaydi.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv hamda mamlakat regionlari boʻylab amalga oshirgan safarlarimdan soʻng bunga qatʼiy ishondim. Prezident yaqin kelajak uchun belgilangan dasturlar va istiqbollar haqida soʻzladi. Iqtisod, ijtimoiy soha, madaniyat. Ammo maʼrifat, ilm va maʼnaviy barkamollikka alohida eʼtibor berildi", — deb yozgan Checheniston rahbari.

Qodirov oʻz taasurotlarida internet foydalanuvchilariga Oʻzbekiston prezidenti hadisshunoslik boʻyicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqot markazini qurishni rejalashtirayotgani haqida habar qilgan.

Mahalliy ekspert fikri

Sputnik Oʻzbekiston nashrining siyosatshunos manbasi fikriga koʻra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekistonga, eng avvalo, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilayotgan Islom tsivilizatsiyasi markazini oʻz koʻzi bilan koʻrish va unga munosib baho berish uchun tashrif uyushtirgan.

"Ramzan Qodirovning Oʻzbekistondagi din markazlari hisoblanmish yirik shaharlarga safari ham shu bilan izohlanadi", dedi ekspert.

Suhbatdosh, shuningdek, Checheniston rahbari terrorizm balosiga qarshi kurashda salmoqli tajribaga ega ekanligi hamda bu borada oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishi mumkinligini ham alohida eʼtirof etib oʻtdi.

"Ramzan Qodirovning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi davomida yirik hajmdagi kelishuvlar imzolanmaganidan kelib chiqib, ushbu tashrif tagzamiri iqtisodiy maqsadlardan koʻra, "maʼnaviy-maʼrifiy tashrif"ga ancha yaqin boʻldi deyish mumkin", deya oʻz fikriga yakun yasadi siyosatshunos.

Mavzu:
Ramzan Qodirovning Oʻzbekistonga safari (8)

Asosiy mavzular