Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obro‘ga ega bo‘lgan? - Xos soqchi xotiralari

© Foto, Iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaSadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov
Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xos soqchi Sadullo Murodilloyevich Sharof Rashidov va va Leonid Ilich Brejnev o‘rtasidagi munosabatlar, hamda Sharof Rashidovning jahondagi obro‘-e’tibori haqida gapirib berdi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Sharof Rashidovning xos soqchisi Sadullo Murodilloyevich Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda 24-yil davomida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari, shundan 23-yil davomida Ittifoq Partiya Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Burosi a’zoligiga nomzod bo‘lgan Rashidov Markaziy Osiyo, umuman, butun sovet Ittifoqi bo‘yicha juda katta obro‘ga ega bo‘lganini ta’kidladi.

Xos soqchi Sadullo Murodilloyevich - Sputnik O‘zbekiston
O‘ttiz to‘rt yillik sir: Sharof Rashidovning xos soqchisi bilan intervyu

"Men shuni ta’kidlashim mumkinki, O‘zbekiston uchun Sharof Rashidov — tarixiy shaxs bo‘lgan. Chunki u barcha muammolarga: u qaysi soha bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodmi, qishloq xo‘jaligimi, aviaquruvchilikmi yoki kosmonavtikami tezkorlik, puxtalik va aniqlik bilan yechim topar edi.

Sharof Rashidovichni tanqidiy ma’noda Leonid Ilich Brejnev bilan "juda yaxshi" munosabatda bo‘lgan, deya ko‘p yozishgan. Men shu narsani yozganlarga savol bilan murojaat qilishni xohlardim: aytingchi, respublika birinchi sekretari Bosh sekretar bilan yomon munosabatda bo‘lishi mumkinmidi? Buning iloji bormidi?

Albatta, yo‘q.

Sharof Rashidovich 24-yil davomida nafaqat Brejnev, balki Brejnevdan oldin bo‘lgan Xrushchev bilan ham, qolaversa, Ittifoqning barcha rahbarlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan", — dedi suhbatdosh.

Sharof Rashidovich rahbarlik qilgan paytda O‘zbekistonning xalqaro sahnadagi nufuzi qanday bo‘lgan degan savolga javob berar ekan, Saudullo Murodilloyevich quyidagilarni aytdi:

Fidel Kastro (sleva) i perviy sekretar SK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
"Sharof Rashidovich ham Ittifoq Partiya Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Burosi a’zoligiga nomzod bo‘lgani uchun goh Kommunistik partiya syezdlari, xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlarda, boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etadigan aniq bir muammolarning oldini olishga qaratilgan muzokaralarda ham qatnashar edi.

Afsuski, u kishining tashqi siyosatdagi faoliyatini, aksariyat odamlar yaxshi bilmaydi. 1966-yili Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy bitimga erishishda, AQSh va SSSR o‘rtasida yadro urushiga olib kelishiga bir bahya qolgan "Karib tangligi" muammosini bartaraf etishda, Kuba rahbarlari bilan muzokaralar olib borishda faol qatnashgan. Ko‘plab mamlakatlarga safarlarda SSSR delegatsiyalariga rahbarlik qilgan edi. Bunga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Sharof Rashidovich ijro nuqtayi nazaridan o‘z ishlarini vijdonan bajarib kelgan va bir vaqtlar BBSda aytilganidek, u uchinchi dunyo mamlakatlaridagi "Kremlning qo‘li" bo‘lgan".

Yangiliklar lentasi
0